Tolalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi




Download 49,05 Kb.
bet3/8
Sana31.01.2024
Hajmi49,05 Kb.
#149072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlar

Tolalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi hamma organik tolalar yuqori molekulali moddalarga kiradi ya’ni, ular polim er deb ham ataladi. «Poli» — ko‘p, «тег» — zarracha degan m a’noni anglatadi. Tola moddalarining molekula tuzilishi uch omil bilan belgilanadi. 1. Tolani tashkil etuvchi elementlar. 2. Shu elem entlarning bir-biri bilan bog‘lanishi. 3. Elementlarning o ‘zaro joylanishi. Tolalarni tashkil etuvchi elem entlar quyidagilardan iborat:
1. Molekula — tolalar uchun makromolekula (makroskatta) deb ataladi. Masalan: C H 2= C H 2 etilen oddiy modda, polim er bo‘lsa, polietilen b o ia d i (-C H 2-C H 2-)p, p-polimerlash koeffitsienti.
2. Mikrofibrill — bir qancha makromolekula birlashmasi.
3. Makrofibrill — katta fibrill.
4. Tola qatlam i — fibrill qatlami.
Elementlarning o‘zaro boglanishi ikki xil bo‘ladi. a) Elem entar kimyoviy bog6 bilan yoki vodorod bog6i bilan birlashadi. b) M olekulalar o‘zaro tortish kuchi bilan yoki Vander-Vaals (Niderland fizigi) kuchi bilan bog‘langan bo‘ladi.
Vander-Vaals kuchi uch xil boladi. 1. Orentatsiya kuchi — bu nochor qutblangan (dipol) molekulalarga oid. 2. Induksion kuchlar — bu ikki molekula zaryadlarini bir-biriga ta ’siri hosil boiadi. 3.Dispersion kuchlar — bu kuch ikki yaqinlashgan molekula elektronlarining tortish kuchi. Eng katta kuch kimyoviy bog6 hisoblanadi. Bu kuchlarni quw at bilan oich asak kimyoviy b o g ia r —80—800 kj/ mol, vodorod bogiar – 20-40 kj/m ol, Vander-Vaals kuchi - 0,8-8 kj/mol. Molekulalarda elementlarning joylanishi. Polimer moddalarning molekula tuzilishi 3 xil b o la d i. Agar har xil elem ent turini А, В, С deb belgilasak molekula tuzilishini quyidagicha yozish mumkin. 1. Chiziqli tuzilish —_har bir qoldiq yon tom onidan birlashib, chiziq bo‘yicha joylashadi. -A -A-A-A-A-A—gomopolimer -A -B -A -B -A -B —sopolimer -A-A-A- В- В- B—blokpolimer 2. Tarmoqli tuzilish — asosiy zanjirlardan yon tomonga tarm oqlangan boladi. -E -E -E - -C -C -D -C -C -D -C -C - oqsil moddalar molekulasi I -E -E -E –

  1. To‘rsimon tuzilish — bu tuzilishda har bir element to ‘rt tom ondan bir-biri bilan bog`langan. Bu tuzilishdagi polimerlardan tola olib bo‘lmaydi. Bu polimerlar plyonka, plastmassa olishda ishlatiladi. -A-A-A- -A-A-A- -A-A-A. Folimer moddalar molekulasi ikki xil holatda bo‘ladi: amoif va kristall holat. Am oif holatda joylashgan molekulalar yo‘nalishi va molekulalar orasidagi masofa har xil bo‘ladi, ya’ni molekulalar tartibsiz holatda joylashadi. Bunday tolalarning cho‘ziluvchanligi katta, mustahkamligi kam bo‘ladi. Kristall tuzilishdagi molekulalar kristall panjarasini hosil qiladi va molekulalar tartibli holatda joylashgan boiadi. Molekula yo‘nalishi va ularning orasidagi masofa bir xil boiadi. Paxta va ipak tolalarining molekulasi ikkita tuzilishning aralashmasidan iborat. Jun tolasi amorf tuzilishda boladi.

  2. Sellulozaning tuzilishi. Selluloza o‘simlik tolalarining asosiy moddasi hisoblanadi. Selluloza ayrim sun’iy kimyoviy tolalarni (viskoza, atsetat, m is-am m iak) olishda ham ishlatiladi. Selluloza hamma o‘simliklarda uchraydi. Biroq sof holda uchramaydi. 0‘simliklarda selluloza boshqa moddalar bilan qo‘shilgan holda uchraydi. Sellulozaning yoidoshlariga pentozan, geksozan, lignin, pektin m oddalari kiradi. Kimyoviy sun’iy tolalarni olishda, asosan, archa yog‘ochlaridagi va paxtaning kalta tolasidagi sellulozadan foydalaniladi. Selluloza glukozaning qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lib, uning em pirik formulasi quyidagicha:

-C6H 10O5-]„ yoki [-C6H 70 2(0H ),-1
bu yerda: -C 6H 10O5- sellulozaning elementar halqasi; n — polimerlash koeffitsienti, ya’ni selluloza molekulasidagi halqalar soni. Qanchalik n katta bo‘lsa, shunchalik tolalardagi sellyuloza molekulasi uzun bo‘ladi. Pishgan paxta tolasi uchun n= 10000, pishm agan paxta tolasi uchun n=500, zig‘ir tolasi uchun esa n=20000—30000.
Tolalarning asosiy xossalari jumlasiga uzunligi, chiziqli zichligi, m ustahkam ligi, ch o ‘zilishdagi uzayishi, fizik xossalari kiradi. Tolalar uzunligi — tekislangan tolaning ikki uchlari orasidagi masofani bildiradi. To‘qimachilik tolalarning uzunligi har xil bo‘ladi. Masalan: o ‘rta tolali paxtaning uzunligi 25—35 mm, uzun tolali paxtaning uzunligi 35—50 mm, zig‘irning elem entar tolasi 15—20 mm, texnik tolasi 500—750 mm, junning ingichka tolasi 50—100 mm, dag‘al tolasi 50— 200 mm , kanopning-elem entar tolasi 2—20 mm, texnik tolasi 1000—3000 mm, kimyoviy shtapel tolalarning uzunligi ishlatilish maqsadiga bog‘liq bo‘ladi. 13 Agar paxta bilan qo‘shib ishlatilsa ularning uzunligi 34—38 mm bo‘ladi. Jun tolasi bilan 65—70, 75—90 mm bo‘ladi. Tola uzunligining ahamiyati. Tolalarning uzunligi iplarni ishlab ch iq arish tcxnologiyasi u ch u n k atta ahamiyatga ega. Masalan: uzun tolali paxta — qayta tarash, o‘rta tolali paxta uchun karda, kalta tolalar uchun apparat usuli ishlatiladi. Tolalarning uzunligiga nisbatan ip yigirish tizimidagi m ashinalarning tarkibi har xil bo‘ladi. Paxta tolasidan yigiriladigan iplarning asosiy xususiyatlari tolaning uzunligiga bog‘liq. Uzun tolalardan ingichka, mustahkam va silliq iplar olinadi. O ’zDst 604-2001 standartiga asosan paxta tolasining uzunligi uchta usul bilan aniqlanadi: 1. Jukov va M PRSH-1 asboblarida paxta tolasidan tayyorlangan shtapelni m a’lum oraliqda guruhlarga ajratib, guruhlarning massasi orqali quyidagi form ulalar bilan modal massa uzunlik va shtapel massa uzunliklar aniqlanadi.
To'qim achilik tola , iplarning chiziqli zich ligi. Tolalarning chiziqli zichligi ularning yo‘g‘onligini bildiradi. To'qim achilik tola, iplarning yo'g'onligi bevosita ko'ndalang miqdorini o'lchash bilan aniqlanmaydi. Chunki, ularning ko'ndalang ko'rinishi silindrik shaklga ega emas. Undan tashqari ko‘p tola, iplarning ichida bo'shliq (g'ovaklik) bo'ladi. Shuning uchun ularni to'g'ridan-to'g'ri tashqi o'lchovi bo'yicha, ya’ni diametri orqali aniqlash noto‘g‘ri natija beradi. Agar tola, iplarning yo‘g‘onligi yuza«S» orqali aniqlansa to‘g‘ri natija olinar edi. Lekin, yuza «S» ni aniqlash uchun ko‘p vaqt talab qiladi.Shuning uchun tola, iplarning yo‘g‘onligini nisbiy ko'rsatkich chiziqli zichlik bilan aniqlanadi. U «teks» deb ataladi («tekstil» so'zidan olingan). Teks — 1 km uzunlikka to ‘g‘ri kelgan tola, ipning massasiga aytiladi. Tolalarning chiziqli zichligining ahamiyati. Ingichka tolalardan ingichka, m ustahkam , silliq iplar olinadi. Ingichka iplardan yupqa-nafis matolar ishlab chiqariladi. Tola yo‘g‘onligini aniqlash usullari — tolalarning yo‘g‘onligi, asosan, ikkita usul bilan aniqlanadi. Birinchi usulda paxta, yuvilgan jun tolasining yo‘g`onligi mikroneyr asbobi bilan aniqlanadi. Bu asboblarda tolaning yo‘g‘onligini aniqlash ularning havo o‘tkazuvchanligiga asoslangan. Asbob kamerasiga ma’lum og‘irlikda va zichlikda joylashtirilgan tolalar qancha ingichka bo‘lsa, ular shuncha havoning o‘tishiga katta qarshilik ko‘rsatadi. Asbobda ko‘rsatilgan bosim miqdori orqali tolalarning yo‘g‘onligi grafikdan yoki jadvaldan olinadi. Ikkinchi usulda tola namunasidan preparatlar tayyorlab, mikroskop bilan sanaladi, sanalgan ham m a preparatdagi tolalarni bir joyga yig‘ib, o‘rta qismini kesib, uning uzunligi va massasi orqali quyidagi formula bilan tolalarning chiziqli zichligi aniqlanadi: 1 Tolalarning mustahkamligi. Tolalarning uzilishiga qadar ko‘targan yuk miqdori bilan uning mustahkamligi ifodalaniladi va ularning sifatini baholashda asosiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib hisoblanadi. M ustahkam toladan chidamli iplar olinadi. Lekin tolalarning mustahkamligi ularning yo‘g‘onligiga bog‘liq. Odatda yo‘g‘on tolalar mustahkam bo‘ladi. Shuning uchun har xil yo‘g‘onlikdagi tolalarning m ustahkam ligini taqqoslash uchun nisbiy mustahkam lik ko‘rsatkichi (Pn) ishlatiladi.
Tolalarning 18 nisbiy mustahkamligi mutlaq mustahkamlik (P m)ni tola p fcH yo‘g‘onligi ( 7)ga nisbati bilan aniqlanadi:
P„ = —^ , ----- 7 у teks,
Tolalarning mustahkamligi, asosan, uzish mashinalarida, ya’ni dinam om etrlarda aniqlanadi. Tolalarni uzish 2 usul bilan bajariladi: 1. Yakka tolalarni FC-01 asbobida uzish — bu usul ilmiy ishlarda foydalaniladi. 2. Yassi tutam tolalarni (shtapelni) DSH -3M asbobida uzish usuli. Bu usul amaliy ishlarda foydalaniladi.
Standartlarda kanop, zig ir tolalarining mustahkamligi m a’lum uzunlikdagi (27 sm) tolalarning massasiga (0,42 g) to ‘g‘ri kelgan uzish yuki bilan baholanadi. Qolgan tolalar esa nisbiy mustahkamlik bilan baholanadi. Tolalarning cho‘zilishdagi uzayishi. To‘qim achilik tolalar qayishqoq, cho‘ziluvchanlik xususiyatga ega. Tolalarning pishiqligini aniqlaganda to ‘liq cho‘ziladi. Bu xususiyatni uzilishdagi uzayish deb ataladi. Uning miqdori uzish asboblaridan olinadi. To‘qimachilik tolalarni qayta ishlab ulardan mahsulot olganda hech vaqt uzilguncha cho‘zilmaydi, chunki tolalarga ta’sir etuvchi kuchlarning miqdori uzish yukidan kichik bo‘ladi. Tolalarning to‘liq cho‘zilishi uchta qismdan iborat: qayishqoq, elastik va plastik. Qayishqoq qismi tez oltadi, uning tezligi tovush tezligi bilan barobar deb hisoblanadi. Lekin amaliy ishlarda qayishqoq uzayish qismiga shartli ravishda tolaning 1—3 sekund ichida o‘zgargan uzunligi olinadi. Elastik uzayish ma’lum bir vaqt ichida o‘tadi. Amaliy ishlarda elastik uzayish qismiga tolaning 1—3 soat davomida o‘zgargan uzunligi olinadi. Tola uzayishining plastik qismi qoldiq uzayish bo‘lib, qaytmaydi. Tolalarning cho‘zilishdagi uzayishida qaytadigan qismlari ko‘p bo`lsa, ulardan ishlab chiqarilgan kiyim-kechaklar kam g‘ijimlanadi va uzoq muddatga chidamli bo‘ladi. Jun va sintetik tolalarning uzayishida qaytadigan deformatsiyalari katta bo‘ladi. Paxta, viskoza, zig‘ir tolalarida esa plastik qismi yuqori bo‘ladi.
Tolalarning namligi. To‘qimachilik tolalarining atrofm uhit param etriga nisbatan namlikni yutish va o‘zidan chiqarish qobiliyati ularning gigroskopikligi deb ataladi. Tola, iplarning gigroskopikligi ularning namligi, kapillarligi va suv shimuvchanligi bilan aniqlanadi. Namlik deb, tola tarkibidagi suv massasini quruq massasiga nisbati aytiladi. Namlik bo‘yicha quyidagi tushunchalar mavjud: 1. Haqiqiy namlik — Wh, foiz. 2. Muvozanat namlik — Wm, foiz. 3. Konditsion (me’yorlashtirilgan) namlik — Wv foiz. 4. Maksimal namlik — foiz. Haqiqiy namlik — tajriba yo‘li bilan yoki ayrim tola, iplar uchun empirik formulalar bilan aniqlanadi. Muvozanat namlik — ma’lum vaqt ichida (20—24 soat) normal sharoitda (t=20±2°C, (p=65±2 foiz) tola, iplarning muvozanat holatidagi namlik. Konditsion namlik — har bir tola, iplar uchun standart bo‘yicha tasdiqlangan namlik, foizda, paxta tolasi — 8,5; 2 1 paxta ipi — 7; jun — 15; ipak — 11. Bu namlik muvozanat namlikka yaqin. Maksimal (gigroskopik) namlik — havoning namligi 95—100 foiz, harorati t=20°C bo‘lganda tolalarning qabul qilgan namligi. Namlikning ahamiyati Tola, iplarning namligi katta aham iyatga ega. Namlikning o ‘zgarishi bilan ularning xususiyatlari o ‘zgaradi. Sellulozadan tashkil topgan tabiiy tolalarning (paxta, zig‘ir, kanop) namligi oshishi bilan pishiqligi va cho‘zilishi ortadi. Sellulozadan tashkil topgan kimyoviy sun’iy tolalarning (viskoza, atsetat) aksincha mustahkamligi kamayadi. Namlik tolalarning massasiga va chiziqli zichligiga ta’sir qiladi.
Namlikni aniqlash usullari To‘qimachilik tolalarining namligini har xil usullar bilan aniqlanadi. 1. Bevosita usul — quritish usuli. 2. Bilvosita usul — elektr sig‘imi yoki yuqori chastotali elektr tebranishlar orqali aniqlash. 3. £>и/7//7А: formulalar orqali aniqlash (ayrim tola, iplar uchun). Quritish usuli bilan namlikni aniqlash har xil quritish uskunalarida bajariladi.



    1. Download 49,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 49,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tolalarning kimyoviy tarkibi va tuzilishi

Download 49,05 Kb.