|
TO`QIMACHILIK IPLARINING TUZILISHI VA XOSSALARI
|
bet | 5/8 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 49,05 Kb. | | #149072 |
Bog'liq Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlarTO`QIMACHILIK IPLARINING TUZILISHI VA XOSSALARI
Tolalarni yigirish jarayoni. Yigirish jarayonida paxta, zig‘ir, jun, ipak chiqindilari, kimyoviy shtapel tolalar, ya’ni uzunligi chegaralangan tolalarni bir-biriga eshish natijasida iplar olinadi. Q oilaniladigan mashinalar ketm a-ketligi va bajariladigan jarayonlar birgalikda yigirish tizimi deb ataladi. Yigirish tizim i ishlatilayotgan tolalam ing uzunligi va yo‘g‘onligiga ham da olinayotgan ipning chiziqli zichligiga, nima uchun ishlatilishiga va turiga qarab tanlanadi Yigirish mashinalari ip shakllantirilishi usuliga ko‘ra halqali (urchuqli) va pnevmomexanik (kamerali) turlarga ajratiladi. Ulardan olingan iplar mos ravishda halqali usulda va pnevmomexanik usulda yigirilgan iplar deb tavsiflanadi. Pnevmomexanik iplar o ‘rtacha chiziqli zichlikda ip ishlab 45 chiqarishda qoMlaniladi, texnologik o ‘tim lar qisqarishi (yigiruv oldi jarayoni boMmaydi), olingan ip hajmdorroq, mustahkamligi (15—25%) kamroq, lekin bir tekisligi yuqori, tukdor boMishi bilan farqlanadi. Zig‘ir tolalarini taroqli yigirish va tarandilarni yigirish tizimlarida yigiriladi. Jun tolalarini yigirish uchun apparat, qayta tarash va kamvol tizimlari qoMlaniladi. Tabiiy ipakning chiqindilari uchun qayta tarash, tarandilarni yigirish va apparat tizimlari qoMlaniladi. Shtapel tolalar, asosan, paxta tolasining karda tizimida yigiriladi. Paxta tolalari karda (oddiy), qayta tarash va apparat tizimlarida yigiriladi. Yigirilgan iplardan yuqori sifatli, chiroyli gazlama to ‘- qish, trikotaj, g‘altak iplari va boshqa buyumlar olish uchun ular m a’lum ingichkalikda va ingichkaligi bo‘yicha bir tekis bo`lishi, mustahkamligi talab qilingandan past bo`lmasligi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ham bir tekis bo`lishi, ma`lum uzayishga ega bo`lishi ham da maMum darajada pishitilgan bo`lishi lozim. Turli mahsulot ishlab chiqarish uchun yigirilgan iplarga har xil talablar qo‘yiladi. Masalan, trikotaj sanoatida ishlatiladigan iplar yumshoq va kam roq eshilgan, chiziqli zichligi bo‘yicha notekisligi kichik boMishi kerak. G ‘altak iplarini olish uchun yigirilgan iplar m ustahkam , silliq va yaxshi eshilgan boMishi lozim.
Iplarning tasnifi. Yigirish usuliga ko‘ra paxta ipi apparat, qayta tarash va karda ipiga, jun ipi — apparat va qayta tarash ipiga, ipak ipi — ipakdan yigirilgan apparat va qayta tarash ipi va tarandilardan yigirilgan ipga, zigMr ipi texnik tolalardan va tarandilardan yigirilgan hamda ulardan hoMlab yigirilgan iplarga bo`linadi. Tolalaning tarkibiga ko`ra — iplar bir xil tolalardan tashkil topgan bir jinsli va turli tolalardan tashkil topgan aralash xillarga boMinadi. Pardozi va bo‘yalishiga qarab iplar xom (pardozlanmagan), oqartirilgan, bo‘yalgan, merserizatsiyalangan, melanj va boshqa xillariga bo`linadi. Tuzilishiga qarab — yakka, pishitilgan, eshilgan, shakldor va boshqa xillarga ajratiladi. Elementar iplar deb, uzunligi bo‘yicha bo`linmaydigan yakka iplarga aytiladi. Ular kompleks iplarni tashkil etadi. Elementar iplar ko‘ndalang kesimi har xil shaklda bo`lishi mumkin. Oddiy iplarning ko‘ndalang ko‘rinishi silindr shaklda, elem entar iplar esa har xil shaklda boMishi mumkin. Bundaў iplarning mexanikaviy xususiyatlari yaxshi boMadi, chunki ishqalanish kuchi ortadi. Elementar iplar bir xil va har xil polimer moddalardan olinishi mumkin. Monoiplar uzunligi bo‘yicha bo`linmaydigan bevosita to'qim achilik mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan yakka iplardir. Monoiplarga, asosan, kimyoviy sintetik iplar (kapron, polipropilen, poliuretan) kiradi. Tilimlab olingan iplar yakka iplarga kiradi. Lekin bu iplar sintetik plyonkalarni va metall plyonkalarni to‘g‘riburchakli ingichka qilib kesib olinadi. Bu iplar bitta m oddadan yoki aralash m oddalardan olinishi mumkin. Har xil ko‘rinishdagi kesilgan iplarni yelimlab iplar olinadi. Birlamchi iplarni olish uchun dastlabki iplar ishlatiladi. Tabiiy va kimyoviy tolalarni yigirish usuli bilan olingan iplar ham birlam chi iplarga kiradi. Kompleks iplar bir qancha elem entar iplardan tashkil topgan bo`ladi. Kompleks iplarni ishlatish maqsadiga nisbatan elem entar iplarning soni 6—120 tagacha boMishi mumkin (texnikada ishlatiladigan iplardan tashqari). Kompleks iplar asosan kimyoviy elem entar iplardan tashkil topgan bo`ladi. Tabiiy ipak ipi ham kompleks iplarga kiradi. Kimyoviy kompleks iplarga qolshimcha ishlov berib uning tuzilishi o‘zgartirilsa katta hajmli iplar olinadi (elastik 47 iplar). Kompleks iplar odatda eshilgan holatda ishlatiladi. Ularga katta bo‘lmagan (k=30—130) buram beriladi. Yakka yigirilgan ip-tolalarni tozalab, tekislab eshib olinadi. Pishitilgan ip ikki yoki undan ko‘p iplarni qo‘- shim cha eshib tayyorlanadi. Shakldor ip m a’lum tashqi effektli ip. Yuqori hajm dor ip har xil darajada kirishadigan sintetik tolalardan tayyorlanadi. Bunday ipning cho‘ziluvchanligi 30 foiz va undan ortiq bo‘ladi.
Tikuvchilik iplari. Asosiy biriktiruvchi materiallarga g‘altak iplar (tikuvchilik iplari) kiradi. Tikuvchilik iplari paxta, zig‘ir, ipak, viskoza, kapron, anid, lavsan, ftorlon, propilen iplaridan tayyorlanadi. Paxta tolali tikuvchilik iplari. Tikuvchilikda, asosan, (80 foizgacha) paxta tolalaridan tayyorlangan g‘altak iplar ishlatiladi. U lar 2, 3, 4, 6, 9 va 12 ta yakka iplarni pishitib olinadi. T ikuvchilik sanoatida asosan 3 -q o ‘shim li va 6 -q o ‘shim li iplar ishlatiladi. Bu iplar m ustahkam ligi, cho‘ziluvchanligi va bu xossalar tekisligi bo‘yicha Ekstra, Prima va Maxsus savdo markali boMadi. Yo‘g‘onligiga ko‘ra esa quyidagi savdo nom erlarida boMadi: 3-qo‘shimlilari - 10,20,30,40,50,60,80,100; 6-qo‘shimlilari — 10,20,30,40,50,60,80; 9-qo‘shimlilari — 0, 1, 3, 4, 6; 2-qo‘shimlilari — 00. Paxta tolali iplarning nom eri tikiladigan m atolarning qalinligi va pardozi, bajariladigan ishiga qarab tanlanadi. Pardozlanishiga ko‘ra paxta tolali tikuvchilik iplari xom, qora, oq va rangli hollarda ishlab chiqariladi. Tayyor iplar sutrang va yaltiroq qilib chiqariladi. Qattiqligi jihatidan mayin yoki qattiq qilib pardozlanadi. Tikuvchilik sanoati uchun paxta tolali iplar g‘altaklar yoki qog‘oz naychalarga o ‘ralib chiqariladi. G ‘altakli iplarning uzunligi 200 m, naychalardagi ipning uzunligi 48 400, 500, 1000, 2500 va 6000 m b o ia d i. Tikuvchilik iplarining eshilishi o ‘ng yoki chap yo‘nalishida boiadi. Eshilishning yo‘nalishi tikuv mashinasida qaviq hosil bolish jarayoniga ta ’sir qiladi. Eshilishning yo‘nalishi noto‘g‘ri tanlansa, tikuv mashinalarida iplarning eshilishi bo‘shashib ketadi va ular uziladi. Tikuvchilik iplarining sifatini ularning mustahkamligi, ch o ‘ziluvchanligi, qayishqoqligi, oq iplar uchun oqlik darajasi, bo‘yoqli iplar bo‘yog‘ining mustahkamligi, tashqi ko‘rinishida nuqsonlari b olm asligi, m ustahkam ligi va yo‘g‘onligi bo‘yicha bir tekisda boiishi, eshilishning muvozanatli boiishi tavsiflaydi. Ipak iplari. Ipak iplari tikuvchilikda kamroq ishlatiladi. Ular qim m atbaho xom ipakni ikki marta pishitib olinadi. Xom ipakning chiziqli zichligi 3,22 yoki 4,56 teks boiadi. Pishitilgan iplar qaynatiladi va oq iplar oqartiriladi, rangli iplar bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Ipak iplarini 9, 13, 18, 33, 65 savdo nomerli qilib ishlab chiqariladi. Ularni g‘altak yoki naychalarga 100, 200, 500, 700 va 1300 m uzunlikda o ‘raydi. Savdo nomeri 65 va 33 b o lg an ipak iplari ayollar va erkaklar ko‘ylaklari, ayollar bluzkalarini va boshqa buyumlarni tikishda, nomeri 18 va 13 bolgan iplar esa tugm a iladigan teshiklarini yo‘rmalashda va tugmalarni buyumga mahkamlab qo‘yishda ishlatiladi. Tugma teshiklarini q o ld a yo‘rm alashda, tu g m alarn i m ahkam lab qo‘yishda, bezak baxiyalar uchun yo‘g‘on 3 va 7 nomerli gams ishlatiladi. Kimyoviy ip va tolalardan olinuvchi tikuvchilik iplari. Kimyoviy kom pleks ip lar va to la la rd a n olinuvchi tikuvchilik iplarining turlari yildan-yilga kengaymoqda. Kimyoviy tolalardan birikkan, shakldor, o‘zakli armaturalangan; shtapel tolalaridan olingan, tiniq va suvda eriydigan tikuvchilik iplari ishlab chiqariladi. Birikkan tikuvchilik iplari viskoza, poliamidli, poliefirli va boshqa kompleks ip turlaridan olinadi. 4 - 168 49 Viskozali iplar tugma teshiklarini yo‘rmalashda tabiiy ipakdan olingan iplar o‘rniga ishlatiladi. Sintetik m atolar, charm, plyonka qoplamali m atolardan tikiladigan buyumlarni tikishda savdo nomeri 50-К deb belgilanadigan kapron birikkan iplari ishlatiladi. Paxta tolali iplarga nisbatan ularning mustahkam ligi, ishqalanishga chidam liligi ancha katta, lekin ular issiqqa chidam aydi. Minutiga 2000—2200 qaviq hosil qilib tikilganda igna teshigiga ishqalanib eriydi va uziladi. Lavsan birikkan iplari kapron iplardan ko‘ra issiqqa chidamliroq bo`ladi. Ularni minutiga 3000 qaviq hosil qilib tikkanda ham ishlatsa bo`ladi. Biriktirma choklarni hosil qilishda savdo nomerlari 22-L, 33-L, 55-L va 90-L bo`lgan lavsan iplar, bo‘rtma choklar uchun esa 4 va 7 nomerli lavsan iplar ishlatiladi. K islota va boshqa kimyoviy m oddalar ta ’siridan saqlovchi maxsus kiyimlarni tayyorlaganda vinilon, ftorlon va propilen tolali birikkan iplar ishlatiladi. M eron, m elan, elastik shakldor iplarni pishitib tikuvchilik iplari ham olinadi. Bu iplar mayinlik, yuqori cho‘ziluvchanlik bilan tavsiflanadi va bo‘rtm a choklar bajarishda hamda trikotaj matolardan ko‘ylaklar va ichki kiyimni tayyorlashda qo`llaniladi. Armaturalangan tikuvchilik iplarining o ‘rtasida joylashgan birikkan kimyoviy ip atrofida paxta yoki polinoz eshilgan bo`ladi. Ular 65 LX, 50 LX, 44 LX, 40 LX, 33 LX, 30 LX, 26 LX. 20 LX nomerlarda belgilanadi va yuqori mustahkamligi va issiq ta’siriga turg‘unligi bilan tavsiflanadi. Bu iplar kiyimlarni tayyorlaganda paxta tolali iplar o‘rniga ishlatiladi. Ustki kiyimlarni va trikotaj m atolardan tikiladigan buyumlarni tayyorlaganda viskoza, polinoz, lavsan va kapron shtapel tolalaridan olinuvchi tikuvchilik iplari ishlatiladi. Tashqi ko‘rinishi bilan bu iplar paxta tolali iplarni eslatadi, lekin ular mayinlik, mustahkamlik, issiqqa turg‘unligi bilan paxta tolali iplardan ancha yaxshi. 50 Oxirgi paytda kapron yakka ipidan olinuvchi tiniq tikuvchilik iplari (xameleon) keng tarqalmoqda. Ularning yo‘g‘onligi 0,09—0,15 mm. ga teng. Bu iplaming afzalligi ular biriktiriladigan materiallaming rangini ola oladi. Vaqtincha choklami hosil qilish uchun suvda eriydigan iplardan foydalaniladi. Bu iplar namlab-isitib ishlov berganda va buyumlarni kimyoviy tozalashda butunlay eriydi. Bu iplar polivinil spirtidan olinadi.
|
| |