|
TABIIY TOLALARNING OLINISHI, TUZILISHI VA XOSSALAR
|
bet | 4/8 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 49,05 Kb. | | #149072 |
Bog'liq Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlarTABIIY TOLALARNING OLINISHI, TUZILISHI VA XOSSALAR
Tabiiy tolalarning olinishi, tuzilishi va xossalari. Paxta — g‘o‘za o‘simlik urug‘ini (chigitni) qoplab turadigan ingichka tolalar bo‘lib, o‘rta tolali paxta tolasining uzunligi 26—35 mm, chizqli zichligi 0,17—0,22 teks, uzun tolali paxta tolasining uzunligi 35—50 mm, chiziqli zichligi 0,13—0,15 teks.
Paxta tolasining olinishi. Paxta tolasi g‘o‘za o‘simligining 4 xil botanik turidan olinadi. 1. 0‘rta tolali g‘o‘za. 2. Uzun tolali g‘o‘za. 3. 0‘tsim on g‘o‘za. 4. Daraxtsimon g‘o‘za. Bu g‘o‘zalardan olingan paxtalar tolasining uzunligi, nisbiy mustahkamligi, yo‘g‘onligi va pishib yetilish muddati bilan farq qiladi. 0‘zbekistonda, asosan, o‘rta tolali (97—98 foiz) va uzun tolali paxta yetishtiriladi.
O‘rta tolali paxta 0‘zbekistonning hamma viloyatlarida ekiladi. Uzun tolali paxta faqat janubiy viloyatlarda yetishtiriladi. 0‘tsimon va daraxtsimon paxta 0‘zbekistonda yetishtirilmaydi. Paxtaning bu turlari Xitoy, Braziliya, Hindiston va boshqa davlatlarda ekiladi. 0‘zbekistonda ekiladigan o‘rta tolali paxtaning seleksion navlariga quyidagilar kiradi: Namangan-77, S-6524, T-6, 175-F, Oqqo‘rg‘on-2, A N -B ayovut-2, Buxoro-6, tezpishar Chimboy-3104.
Bargi o‘zi to ‘kiladigan va yangi navlarga «Mehr», «Orzu», «M ehnat» kiradi. U zun tolali paxtaning seleksion navlari: A SH -25, Termez-7, Termez-14, 5904-Y va boshqalar. Hozirgi vaqtda 0‘zbekistonda 29—30 ga yaqin seleksion navlar mavjud. Shundan har bir viloyat o‘zining sharoitiga moslashgan 3—4 seleksion navlarini ekadi. Qishloq xo‘jaliklarda yetishtirilgan chigitli paxta zavodlarga topshiriladi. Paxta zavodlarda quyidagi texnologik tizim bo‘yicha chigitli paxtaga dastlabki ishlov berib tolasini ajratib oladi (2-rasm ). Chigitli paxtadan olinadigan asosiy mahsulotlar 3-rasmda keltirilgan. Undan to ‘qimachilik sanoati xomashyosi — uzun tolaning chiqishi 35—35 foiz ekanligini ta ’kidlash lozim. O’zDSt 604-2001 bo‘yicha paxta tolasi 5 navga bo‘- linadi — 1, 2, 3, 4, 5. Tolaning navi tashqi ko‘rinishi va rangi bo‘yicha aniqlanadi. Tolaning shtapel massa uzunligi va chiziqli zichligi bo‘yicha paxta 9 tipga bo`linadi: l a; l b; 1; 2; 3; 4; 5; 6; 7, shulardan l a; l b 1; 2; 3-tiplari uzun tolali paxtaga kiradi. 4; 5; 6; 7-tiplari o‘rta tolali paxta hisoblanadi. Tola tarkibidagi iflos aralashm alar va nuqsonlar yigMndisi bo‘yicha paxta tolasi 5 sinfga bo`linadi: oliy; yaxshi; o ‘rta; oddiy va iflos.
Paxta tolasining tuzilishi. Paxta tolasi bitta o ‘simlik hujayrasidan iborat bo‘lib, uchta qatlamdan tashkil topgan. Birinchi qatlami kutikula deb ataladi (4-rasm). Bu qatlam o‘z tarkibida yo g \ mum va boshqa moddalar bilan birikkan sellulozadan iborat. U tolani tashqi namlik va mexanik ta ’sirlardan saqlaydi. 4-rasm. Tolaning qatlam lari va pishganligini aniqlovchi o ‘lchamlari: / —kutikula; 2— birlamchi devor; J—burmalagan qatlam: 4—selluloza spiralining buralishi; 5—quvur; 6—ikkilamchi devor. Tolaning ikkinchi qatlami sellulozadan tashkil topgan bo‘Iib, tolaning asosiy qatlami hisoblanadi, chunki uning xossalari shunga bog‘liq. Uchinchi qatlam tolaning o‘zagida joylashgan va u protoplazmadan iborat bo‘lib, qurigandan keyin tola ichida bo‘shliq hosil qiladi. Paxta tolasining rivojlanishi ikki davr ichida bo‘lib o‘tadi. Birinchi davr 25—30 kun davom etadi. Bu davrda tolalar bo‘ylamasiga o ‘sadi va oxirida o‘z maksimal uzunligiga yetadi. Ikkinchi davr ham 25—30 kun davom etib, tola pishib yetiladi. Tolaning pishgan-pishmaganligi uning tarkibidagi selluloza miqdori bilan ifodalanadi. Tolaning ichida selluloza qancha ko‘p yig‘ilgan bo‘lsa, tola shuncha yaxshi pishadi va diam etri o ‘zgarm aydi. Ichki bo ‘shliq diam etri esa kamayadi. Tolaning pishganlik koeffitsientini topishda tashqi diametrining ichki diametriga nisbati olinadi. Tola mutlaqo pishmagan bo‘lsa, bu nisbat 1,05 ga va eng pishgan tolada 5,0 ga teng. Ham m a tolalar pishganligi jihatidan 11 ta koeffitsientga bo‘linadi: 0,0; 0,5; 1,0; 1,5; 2,0; 2,5; 3,0; 3,5; 4,0; 4,5; 5,0. 2
Koeffitsient 0,0 — xom tola, koeffitsient 5,0 — yaxshi pishgan tola. 5-rasmda pishmagan paxta tolalari yassi, tasmasimon, yupqa devorli ekanligi va o‘rtasida keng bo‘shliq borligi ko‘- rinadi. Tolalar pishgan sari devorlariga selluloza miqdori yigiladi va qalinlashadi, bo‘shlig‘i torayadi, tolalar buram - dor bo‘lib qoladi. Agar tolaning 1 sm uzunligida 70—120 buralish bo‘lsa, bunday tola yuqori sifat ko‘rsatkichlariga ega. Pishmagan tolalarda buralish kam va betartib joylashgan. Tolalaming pishganligi va buralishi faqat paxta tolasiga mos xossalardir. Paxta tolasining afzalligi issiqlikni kam o ‘tkazadi, turli bo‘yoqlarda yaxshi bo‘yaladi, ishqor va boshqa kimyoviy m oddalar ta ’sirida buzilmaydi, ishqalanishga chidamli bo‘ladi. Paxtaning gigroskopikligi ancha yuqori. M e’yoriy (havoning nisbiy namligi 65 foiz, harorati 20°C) sharoitda pishgan tolaning nam ligi 8—9 foiz boMadi. Havoning nisbiy namligi oshgan sari paxtaning namligi oshadi.
Havoning namligi 100 foiz bo‘lganda, paxta namligi 20 foizga yetadi. Paxta namni tez shimadi va tez yo‘qotadi. Suvga botirilganda shishadi, shu holatda uning mustahkamligi 15—17 foizga oshadi. Tolalaming rangi oq yoki biroz sarg‘ish rangda bo‘ladi. Ba’zi g‘o‘za navlaridan to ‘q sariq, sarg‘ish va boshqa tabiiy rangdagi tolalar olinadi. Bunday tolalam ing kutikulasi tarkibida bo‘yovchi pigment moddalari bo‘ladi. Paxta tolasi sargish alanga berib yonadi va to ‘liq yonib kulrang kul hosil qiladi. Tolalarni kuydirganda ulardan kuygan qog‘ozning hidi keladi. Paxta tolalaridan olinuvchi mahsulot tikuvchilikda keng qoilaniladi. Uzun tolali paxtadan g‘altak tikuv iplari olinadi. Ular yuqori mustahkamligi va chiziqli zichligi ham da mustahkamligi bo‘yicha bir tekisligi bilan tavsiflanadi. Paxtadan olingan g‘altak iplar har xil ranglarga bo‘yalgan bo‘lib, ular kiyim qismlarini biriktirish uchun tikuvchilik sanoatida ishlatiladi. Paxta tolasidan yigirilgan iplardan har xil kiyimlar tikish uchun gazlamalar, trikotaj mahsulotlari va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Kalta tolali paxtani qayta ishlab yo‘g‘on va tukdor ip olinadi. U ndan flanel, bumazey va bayka gazlamalari olinadi. 0 ‘rta tolali paxtadan yigirilgan iplar trikotaj mahsulotlari, chit, satin, surp, choyshapbop, tukli chiyduxoba kabi gazlamalar ishlab chiqarish uchun keng qo‘llaniladi. Uzun tolali paxtadan yigirilgan iplardan nafis va yupqa gazlamalar — batist, markizet, shifon va boshqalar tayyorlanadi. Zig‘ir. Zig‘ir tolasi zig‘ir o ‘simligining poya po‘stlog‘idan olinadigan tolalar gumhiga mansubdir. Zig‘ir bir yillik ko‘katsimon, balandligi 100 sm. gacha, yo‘g‘onligi 0,8— 1,4 mm. ga teng bo‘lgan o‘simlik hisoblanadi. Ulardan olinadigan tolalar elem entar va texnik tolalarga bo‘linadi. Elementar tolalam ing uzunligi 1 Oh-25 mm. gacha boiadi. Ular lignin va pektin moddalari yordamida birikib texnik tolalarni hosil qiladi. Bitta texnik tola 10—40 ta elementar toladan tashkil topgan. Elementar tolalar ikki uchi berk urchuqsimon ko‘rinishda bitta 0‘simlik hujayrasidan iborat. Ko‘ndalang kesimi oval yoki ko‘p qirrali ko‘rinishda bo‘ladi. Tuzilishida uchta qatlam ishtirok etadi (6-rasm): kutikula, selluloza va bo‘shliq.
ZigMr tolalarining rangi och kulrangdan to‘q kulranggacha bo‘lib, o‘ziga xos tovlanib turadi, chunki tolalaming sirti silliq bo‘ladi. Zig‘ir tolalariga kislota va ishqorlar ta’sir qilsa xususiyati xuddi paxta tolasi kabi o‘zgaradi. Shuningdek, tola sarg‘ish alanga berib yonadi va to ‘liq yonib kul hosil qiladi. Tolalar yondirilganda ulardan kuygan qog‘ozning hidi keladi. Uning tarkibida 80 foiz selluloza va 20 foiz boshqa aralashmalar mavjud. Bularga moy, mum, m a’dan moddalar, pektin, lignin (hujayraning yog‘ochlanish mahsuloti) va boshqalar kiradi. M e’yoriy sharoitda zig‘irning m e’yoriy namligi 12 foiz. Zig‘ir namni tez shimadi va tez o‘zidan chiqaradi. Issiqni ham tez o ‘tkazadi. Zig‘iming bunday qimmatli gigiyenik Texnik tola 3 0 xossalari undan olingan gazlam alardan yozgi kiyimlar tikishga keng imkoniyat beradi. Elementar tolaning nisbiy uzish kuchi 54—72 cH /teks, cho‘zilishdagi uzayishi esa 1,5—2,5 foiz, ya’ni paxtanikidan 3—5 marta pastdir. Tolalar orasida joylashgan pektin va lignin moddalari yog‘ochlik xususiyatini beradi. Shuning uchun zig‘irdan qilingan qat gazlam alar buyum ning shaklini yaxshi saqlaydi. To‘liq uzayishda plastik qismiga 60—70 foiz to ‘g‘ri keladi. Shuning uchun zig‘ir tolalaridan to‘qilgan gazlamalar ancha g‘ijimlanuvchan bo‘ladi. Bunga qaramay, zig‘ir tolasidan bir qator ko‘ylak va kostumbop gazlamalar ishlab chiqariladi, shu bilan birgalikda, zig‘irdan choyshab, dasturxon, sochiq va ichki kiyimlar uchun ishlatiluvchi gazlamalar ham olinadi. Tabiiy ipak. Tabiiy ipak ipi ikki xil ipak qurtidan olinadi. Ulardan birinchisi tut daraxti bargi bilan oziqlanadi, ikkinchisi eman daraxti bargi bilan boqiladi. 0 ‘zbekistonda ipak qurtidan olingan pillalami qayta ishlab, u ndan to ‘qim achilik sanoatida ishlatiladigan qim matbaho iplar olinadi. Pilla qurtining bitta avlodining to‘liq 0‘zgarishi to ‘rtta davrdan iborat: urug‘i («grena» deb ataladi), quit, g‘umbak va kapalak. Pilla qurti tut bargi bilan oziqlanib rivojlanish jarayonida besh marta po‘stini tashlaydi. Beshinchi po‘stini tashlashdan aw al ipak qurti yegan moddasini og‘zidagi bezlar yordamida tashqariga siqib chiqarib, o‘z atrofini to ‘la o ‘rab turuvchi himoya qobig‘i — pillani hosil qiladi. Pilla ipi ikki xil oqsil moddadan iborat. Ipning asosiy moddasi «Fibroin»-80 foizni tashkil etadi. Ikkinchi oqsil modda «Seritsin»-20 foizni tashkil etib yelim vazifasini bajaradi. Seritsin moddasi fibroin ustida joylashib ipni pilla qatlamlariga yelimlaydi. Havoda qurigandan keyin pilla qattiq jismga aylanadi.
Pillaning asosiy ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: 31 1. Pillaning ipakdorligi (I) — pilla qobig‘ining massasi (m q) pilla massasiga (m p) nisbati bilan aniqlanadi / = ^ -•1 0 0 , foiz Bu ko‘rsatkich 48—52 foiz bo‘ladi. 2. Ipak ipini chiqish ko‘rsatkichi (ch.) — chuvib olingan ipning massasini (m u ) pilla massasiga (m p) nisbati bilan aniqlanadi c k = — 100, mn Bu ko‘rsatkich 28—32 foiz boiadi. 3. Chuvaluvchanlik (o ‘raluvchanlik) ko‘rsatkichi (o ‘) 0 < = . ,00 = £ * • . 100, I Bu ko‘rsatkich 60 foizga yaqin boiadi. Bitta pilladan chuvalgan ipning uzunligi ipak qurtining zotiga, boqish sharoitiga nisbatan 1000 m etrgacha boiishi mumkin. Q uit pilla ichida beshinchi po‘stini tashlab g‘umbakka aylanadi. U ikki hafta pilla ichida yotib kapalakka aylanadi. Kapalak og‘zidan ishqor moddasini chiqarib pillani teshib chiqadi. Bir ikki hafta kapalaklar juftlashib urug‘ tashlaydi, keyin o‘ladi. Kapalak urug‘i termostatlarda +2+4°C haroratda bahorga qadar saqlanadi. Pilladan cheksiz uzunlikdagi iplam i olish uchun pillada teshik bo‘lmasligi kerak. Teshigi bor pillalar nuqsonli pilla hisoblanadi. Shuning uchun yangi o‘ralgan pillani ichidagi g‘umbak issiq havo yoki bug‘ bilan o ‘ldiriladi va pilla quritiladi. Quruq pilla pillakashlik fabrikalarga jo ‘natiladi. Fabrikalarda pillalar saralanadi, losi ajratiladi, issiq suvda ivitilib ipning uchi topiladi. Chuvish dastgohlarida 32 pilladan xom ipak olinadi. Bitta pillani ipi ingichka va uzuluvchan bo‘ladi. Shuning uchun topshiriqqa muvofiq 7—11 pillaning ipi birgalikda chuviladi. Pillani chuvish vaqtida chiqindilar hosil bo‘ladi. Ularni yig‘ib quritib, titibtozalab yigirilgan pilla iplari olinadi. Pilladan asosan 4 xil — 1,56 teks; 2,33 teks; 3,22 teks va 4,65 teks yo‘g‘onlikdagi uzun iplar olinadi. 0 ‘zDSt 834-97 bo‘yicha xom ipak asosiy, qo‘shimcha va son ko‘rsatkichlari bo‘yicha 3 navga: I, II, III bo‘linadi. Ipak chiqindilaridan olinadigan yigirilgan iplarning yo‘g‘onligi bo‘yicha quyidagi turlari: 5 teks x 2; 10 teks x 2; 20 teks x 2; va 10 teks yakka ip ishlab chiqariladi. Pilla ipining tuzilishi — pilla iplarini mikroskop bilan ko‘rganda ikkita ipak pilla ipi seritsin moddasi bilan yelimlangan holatda ko‘rinadi. Ipning ko‘ndalang kesim ining ko‘rinishi uchlari tekislangan q o ‘shaloq uch b u rch ak k a o ‘xshaydi (7 -ra sm ). X om ipak ipining mikroskopda bo‘ylama ko‘rinishida parallel joylashgan to ‘da iplarni ko‘rish m um kin. Ularning ko‘ndalang kesim ko‘rinishi bir qanch a q o ‘sh a lo q uchburchaklardan iborat boMadi. Agar ipak ipi shikastlansa ip qatlam larga b o ‘linib, paxm oq ko‘rinishda bo‘ladi. Bu ipni baholashda sifatiga salbiy ta ’sir ko‘rsatadi. T a b iiy ip a k , asosan, yupqa va nafis bo‘lib, ayollarning ko‘ylakbop gazlamalari uchun ishlatiladi. Ipak yuqori baholanishi undan tayyorlanadigan m atolarning tashqi ko‘rinishi chiroyli, mustahkamligi yuqori, bo'yalishi yaxshi, egiluvchan, namlikni oson singdiruvchanligidandir. Tabiiy ipakdan jilvali krep gazlamalar ishlab chiqariladi. Bunday gazlama sirtida to‘lqinsimon mayda shakllar hosil boMadi. Tabiiy ipakning tolali chiqindilaridan yigirilgan iplar asosan milliy to ‘nlar tikish uchun beqasam, banoras kabi gazlamalar, baxmal va duxobalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladi. Yigirilgan ipak iplaridan paxta iplari bilan birgalikda trikotaj mato va buyumlari olishda foydalanish yo`lga qo‘yilmoqda. Undan tashqari, tabiiy ipak kashtachilik, zardo‘zlik, popopchilikda keng qoMlaniladi. Tabiiy ipakdan maxsus texnologiya asosida ishlab chiqarilgan iplarni tibbiyotda, xususan jarrohlikdachok materiali sifatida ishlatiladi. Jun tolasi. Jun tolasi qo‘y, tuya, echki, qoramol va quyonlarning terilari ustidagi tukli qoplamasidan olinadi. Jun tolalari ildiz va tana qismlardan iborat. Ildiz — junning teri qatlami ostidagi, tana — teridan chiqib turgan va oqsil modda keratindan iborat bo`lgan qismi. Jun tolasi tangachasimon, qobiq va bo‘shliq qatlamlaridan iborat. Birinchi qatlam tolani tashqaridan qoplab turgan shoxsimon tangachalardan iborat.
Tolaning turiga qarab tangachalar halqasimon, уarim halqasimon, yalpoq bo‘lishi mumkin. Bu qatlam tola tanasini yemirilishdan saqlaydi, tolani tovlantirib turadi va ularning bosiluvchanlik xossasini yaxshilaydi. Qobiq qatlami jun tolasini hosil qiladigan urchuqsimon hujayralardan iborat bo‘lib, uning mustahkamligi, qayishqoqligi va boshqa xossalarini belgilaydigan asosiy qatlam hisoblanadi. Bo‘shliq qatlam tola o ‘zagidan o‘tadi. U havo bilan to‘lgan hujayralardan iborat. Yo‘g‘onligi va tuzilishiga ko‘ra jun tolalari momiq, oraliq tola, o‘zakli tola va o‘lik tola turlariga bo‘linadi. Momiq mayin junli qo‘ylaming butun jun qatlamini tashkil qiluvchi va dag‘al junli qo‘ylaming terisiga yopishib yotadigan ingichka buram dor tolalardir. Uning tarkibida tangachasimon va qobiq qavatlari bor. 0 ‘zakli tola momiqdan yo‘g‘onroq va dag‘alroq bo‘lib, deyarli buram dor bo‘lmaydi. U yarim dag‘a. l junli va dag‘al junli qo‘ylaming jun qoplamasiga kiradi. U uch qatlamdan iborat. Oraliq tolalar momiq bilan o‘zakli tolalar o ‘rtasida oraliq holatni egallaydi. U uch qatlam — tangachasimon, qobiq va uzuq-uzuq bo‘shliq qatlamlardan iborat. 0 ‘lik tola dag‘al, to‘g‘ri, qattiq tola bo‘lib, yomon bo‘yaladi va qayta ishlash jarayonida uziladi. 0 ‘lik tolada tangachasimon, yupqa qobiq va keng bo‘shliq qatlamlari bor. Hayvonlaming junini qirqish yo‘li bilan olingan tola tabiiy jun deb ataladi. So‘yilgan mollarning terisiga ishlov berish vaqtida yig‘ilgan jun zavodda olingan jun deyiladi. Eski jun laxtaklarini qayta ishlash yo‘li bilan olingan tola esa tiklangan jun deb ataladi. Jun tolalari paxta tolasiga nisbatan uzun, mustahkamligi past, lekin qayishqoqligi yuqori bo‘ladi. Jun tolasi o ‘ziga namlikni yaxshi singdiradi va uzoq vaqtda o ‘z tarkibida tutib turadi. Bug ‘, harorat va bosim ta’sirida jun tolasi o‘z shaklini o‘zgartirishi mumkin. 35 Bu xususiyatga asoslanib tikuvchilik texnologiyasida gazlama va buyumlarga namlab-isitib ishlov berish usuli qo‘llaniladi. Quruq jun tolasi 170°C va undan yuqori haroratda mustahkamligini yo‘qotadi. 130°C haroratda junning xususiyatlari o ‘zgarmaydi. Jun yondirilganda tolalar bir-biriga yopishib jingalak bo‘lib qoladi, alangadan chiqarilganda yonishdan to‘xtaydi, tolalaming uchlari yumaloqlanib, qorayib qoladi, kuygan pat hidi keladi. Jun tolasi issiqni o‘zidan asta-sekin o‘tkazadi. Shu sababli jun tolasidan qishda kiyadigan ko‘ylakli, kostumli, paltoli gazlamalar, trikotaj mato va buyumlari ishlab chiqariladi. Tosh paxta tolasi. Tosh paxta tolasi — tabiiy m a’danlardan olinuvchi tola. Ushbu ma’danlar Kanada, Zim - babve, Janubiy Afrika Respublikasida, Rossiyadagi Tuva viloyatida va Ural tog‘larida, hamda qisman Qozog‘istonda mavjud. Olingan m a’danlar bir necha marta maydalangandan keyin ular alohida-alohida tolalarga bo‘linadi. Tosh paxta, viskoza, paxta yoki boshqa kimyoviy tolalar aralashmalaridan olingan ipdan o‘tdan himoya qiluvchi va kimyo sanoatida qo‘llaniluvchi gazlamalar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, tosh paxta tolasi elektr tokidan himoyalash xususiyatiga ham ega.
|
| |