|
Mavzu: "Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlar"
|
bet | 2/8 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 49,05 Kb. | | #149072 |
Bog'liq Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlarKurs ishining maqsadi o`quvchilarga materialshunoslik fani bo`yicha kerakli ma`lumotlarni berish va amaliyotda ulardan foydalanishni ko`rsatishdan iboratdir.
Kurs ishining vazifalari:
to‘qimachilik tolalarining tasnifi, tuzilishi va xossalari haqida o`rganish
to ‘qimachilik iplarining tuzilishi va xossalari haqida o`rganish
to ‘qim achilik m atolarining tuzilishi va ko‘rsatkichlari haqida o`rganish
to‘qimachilik m atolarining m exanik xususiyatlari haqida o`rganish
to‘qimachilik matolarini va tayyor to ‘qimachilik buyumlarini ishlab chiqarish haqida o`rganish
Kurs ishining ob`yekti zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlarini miqiyosida o`rganish
Kurs ishining predmeti: o`quvchilarga zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlari haqida o`rgatish.
Kurs ishining tuzilishi kirish, 2 bob, 5 reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan tashkil topgan.
I BOB. TO‘QIMACHILIK TOLALARINING TASNIFI, TUZILISHI VA XOSSALARI
TOLALARNING KIMYOVIY TARKIBI VA TUZILISH
To‘qimachilik materiallarining deyarli barchasi to‘qimachilik tolalaridan iborat. Turli xil materiallaming tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog‘liq. To‘qimachilik tola deb, egiluvchan, ma’lum uzunlik va mustahkamlikka ega bo‘lgan, ko‘ndalang kesim yuzasi kichik, to‘qimachilik mahsulotlarini olish uchun ishlatish mumkin bo‘lgan jismga aytiladi. Bo‘ylamasiga shikastlanmasdan bo‘linmaydigan to‘qimachilik tolasi tanho tola deb ataladi. Bir necha tanho tolalarning bo‘ylamasiga qo‘shilishidan hosil bo‘lgan tolalarni birikkan (kompleks) tola deb ataladi. Tolalar tarkibi va olinish usullariga ko‘ra tabiiy va kimyoviy tolalarga bo‘linadi. To‘qim achilik tolalarining tasnifi 1-rasmda berilgan. Tabiiy tolalarga tabiatdagi organik va noorganik m oddalardan olinuvchi to'qim achilik tolalari kiradi. Tabiiy organik tolalar o‘simliklarning urug‘i va mevasidan (paxta, koyr, kapok), poyasidan (zig‘ir, jut, kanop va hokazolar), barglaridan (manilla, sizal) olinadi. Tabiiy organik tolalar tarkibiga qo‘y, echki, tuya va boshqa hayvonlarning terisi ustidagi tuk qoplamasidan olinuvchi jun tolalari ham da, tut va eman barglari bilan boqilgan ipak qurti orqali ishlab chiqaradigan tabiiy ipak kiradi. Tabiiy noorganik tolalarga toshpaxta (asbest) tolasi kirib, u tog‘ birikmalaridan ishlab chiqariladi. Kimyoviy tolalarga tabiiy yoki sintez yo‘li bilan olingan yuqori molekulali birikm alam i kimyoviy usulda ishlov berish asosida olinadigan tolalar kiradi. Xuddi tabiiy tolalardek kimyoviy tolalar ham organik va noorganik moddalardan iborat boiadi. Organik kimyoviy tolalar sun’iy va sintetik tolalarga boMinadi. Agar kimyoviy tola tabiatda mavjud bo‘lgan yuqori molekulali birikmalardan olinsa, u sun’iy tola deb ataladi. Mabodo, tola olish uchun ishlatiluvchi yuqori m olekulali birikmalarni oddiy moddalarni sintezlash y o ii bilan olinsa, bunday tolalar sintetik tola deb ataladi. Sun’iy kimyoviy tolalarga selluloza va uning efirlaridan olinuvchi viskoza, mis-ammiak va atsetat tolalari ham da oqsil m oddalardan olinuvchi kazein, zein va hokazolar kiradi. Sintetik kimyoviy tolalarning assortimenti juda keng bo‘lib, ularga poliam idlardan olinuvchi kapron, anid, enant; poliefirdan — lavsan; poliakrilnitrildan — nitron; polivinilxloriddan — xlorin; polivinil spirtidan — vinilon; poliuretandan — spandeks; poliolefmdan — polipropilen, polietilen tolalari va shularga o‘xshash bir qator tolalar kiradi. Noorganik kimyoviy tolalarga metall va shishadan olinuvchi tolalar kiradi.
|
| |