PAXTA VA ZIG’IR TOLALARIDAN TO’QILGAN GAZLAMALAR, ULARNING XUSUSIYATLARI




Download 49,05 Kb.
bet7/8
Sana31.01.2024
Hajmi49,05 Kb.
#149072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlar

2.2. PAXTA VA ZIG’IR TOLALARIDAN TO’QILGAN GAZLAMALAR, ULARNING XUSUSIYATLARI
Umumiy o’rta ta’limning DTS va o’quv rejasida 5-sinf Texnologiya darslarida Servis xizmati yo’nalishi bo’yicha Gazlamashunoslik bobini o’rganish uchun ma’lum bir soatlar ajratilgan. Bu mavzular qatoriga: Tikuvchilik o‘quv xonasi. Tabiiy tolalarning olinishi va ularning xususiyatlari. Sarja (polotno) to‘qish (2 soat); Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini aniqlash (2 soat) mavzulari kiritilgan . Shu bois o’quvchilarga tabiiy tolalarning olinishi va ularning xususiyatlari yuzasidan ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Maqolada paxta va zig’ir tolalaridan to’qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlariga oid dars materiallarining pedagogikpsixologik tahlili bayon qilinadi Paxta tolasi — chigit qobigʻida o’sib yetiladigan ingichka, silliq, uzun va pishiq tabiiy tola. Asosan, paxta o’simligi sellyulozasidan iborat. Paxta tozalash korxonalarida chigitlardan ajratib olinadi. Ulardan ip va toʻqimachilik mahsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Paxta tolasidan, asosan, toʻqimachilik sanoatida turli ip gazlama (satin, batist, zefir, toʻr, poplin va h.k.), trikotaj va boshqalar ishlab chiqariladi, yigirilgan ip tayyorlanadi. Undan aviatsiya, elektrotexnika, elektronika va avtomobil sanoatida parashyut jihozi, maxsus qistirmalar, izolyasiya materiallari, transportyor lentalari, avtoshinalar, tasmali uzatmalar uchun yuritma tasmalari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, tibbiyot uchun momiq paxta, toʻqilmagan gazlama materiallar va boshqalar olishda ham ishlatiladi. Satin (frans. satin) — paxta ipi yoki kimyoviy toladan toʻqiladigan gazlamadir. Xuddi atlasta oʻxshab toʻqiladi, lekin atlasning oʻngiga tanda iplari koʻproq chiqib turadi, yaʼni Satinning oʻngida arqoq iplari koʻproq boʻladi. Har metr satinning ogʻirligi 90-150 g . Satin ayol va erkaklar koʻylagi, astarlik va boshqalar uchun ishlatiladi. Batist (frans. batiste) — juda ingichka pishitilgan ipdan polotnoli urilishda toʻqilgan gazlama. Zigʻir yoki paxta tolasidan olinadigan iplardan toʻqiladi. Oq yoki har xil och rangda boʻladi. Batistdan yozgi koʻylak, ich kiyim, choyshab, yostiq jildlari va boshqa buyumlar tiqiladi. Zefir — 1) oʻziga xos ensiz boʻylama yoʻllari boʻlgan ipgazlama. Boʻylama yoʻllarni yoʻgʻon tanda iplari yoki rangli iplar hosil qiladi. Zefirdan, asosan, erkaklar koʻylaklari tikiladi. Poplin (ital. papelino — papaga tegishli; dastlab, Avintonda rim papasi qarorgohida olingan, deb taxmin qilinadi) — ko’ndalang qavariq yo’llari bor polotno o’rilishi. Ko’ndalang qavariq yo’llar ingichka tanda iplarining yo’g'onroq iplarninig o’rilishidan hosil bo’ladi. Poplin asosan paxta tolalaridan yoki kimyoviy tolalardan, ba’zan, tabiiy ipak (tanda) va jun (аrqoq) dan to’qiladi. Poplinning tanda bo’yicha zichligi (qalinligi) arqoq bo’yicha zichligidan 1,5 —2 marta yuqori bo’ladi. Poplin oqartirib, sidirg’a bo’yalib va gul bosilib ishlab chiqarilishi mumkin. Poplindan bluzalar (kamar bog’lab kiyiladigan ust ko’ylak), erkaklar ko’ylagi va b. tikiladi. Zigʻir tolasi — zig’ir poyasidan olinadigan mahsulot. Mayin, uzun (0,5—0,1 m), pishiq tola; chiroyli tovlanib turadi. Zigʻir poyasidan ajratib olish uchun poya ivitiladi. Ivitilgan poya ochiq havoda yoki maxsus quritgichda quritiladi. Soʻngra ezish mashinasining tishli joʻvalari (valetslari) orasidan oʻtkazilib, yogʻochlik qismi sindiriladi. Savash mashinasida tola chiqindilar (kalta tola va yogʻochlik)dan tozalanadi. Soʻngra tarash mashinalarida taralganda uzun va kalta (tarandi) tolaga ajraladi. Yigiruv mashinalarida uzun zig’ir tolasidan yuqori raqamli ip, tarandi toladan past raqamli ip olinadi. Zig’ir tolasini yigirib olingan ipdan turli buyumlar toʻqiladi. Zig’ir tolasidan mato toʻqish ip gazlama toʻqishdan farq qilmaydi. Zig’ir tolali gazlamalar assortimenti Zig’ir tolali gazlamalar assortimentining 28 foizini maishiy gazlamalar, 40 foizini qop-o’rov gazlamalari, 32 foizini texnik gazlamalar tashkil qiladi. Zig’ir tolali gazlamalar yaxshi gigienik xossalarga ega. Ular issiq, bug’ va suvni tez o’tkazadi, namlikni tez shimadi va tez qaytaradi. Undan tashqari, zig’ir tolali gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi katta, ular yengil yuviladi va dazmollanadi. To’quvchilik jarayonida bichish to’shamiga yengil taxlanadi, qiyshayib ketmaydi. Zig’ir tolali gazlamalarning kamchiliklari quyidagicha: ular tez g’ijimlanadi, bichish va tikishda ma’lum qiyinchiliklar bor - bichish mashinalarining pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez o’tmas bo’lib qoladi. Zig’ir tolali gazlamalar asosan choyshab, dasturxon, sochiqlar, ichki kiyimlar, ko’ylak va kostyumlar ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. Ko’ylakbop va kostyumbop gazlama materiallarning g’ijimlanuvchanligini kamaytirish uchun ular zig’ir va lavsan tolalari aralashmasidan ishlab chiqariladi yoki tayyor gazlamalarga kam g’ijimlanadigan maxsus ishlov beriladi. Zig’ir tolali gazlamalarni tayyorlash uchun yigirilgan zig’ir ipi va zig’ir tarandasini ho’l va quruq yigirish usullarida olinadi. Bu iplar paxta ipiga nisbatan yo’g’onroq bo’ladi (18-166 teks), shuning uchun gazlamalarning yuza zichligi ham kattaroq bo’ladi - 140-500 g/m2 . Lekin, oxirgi paytlarda gazlamalarning yuza zichligini kamaytirish uchun ular kimyoviy tolalarni (kapron, lavsan, , viskoza) qo’shib ishlab chiqariladi. Umuman zig’ir tolali gazlamalar assortimentining 80 foizini yarim zig’ir gazlamalar tashkil qiladi. Bu materiallarning tandasida paxta ipi, arqog’ida esa zig’ir tolasidan yoki zig’ir tolasi va kimyoviy tolalar bilan aralashmasidan olingan iplar ishlatiladi. Pardozlash jihatidan zig’ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg’a rangda bo’lishi mumkin. Gul bosilgan gazlamalar kam miqdorda ishlab chiqariladi. Ko’ylakbop va kostyumbop gazlamalar guruhiga ko’ylak, yozgi kostyumlar, xalat va boshqa kiyimlarni tikish uchun mo’ljallangan gazlamalar kiritilgan. Har yili 50 ga yaqin yangi artikulli gazlamalar chiqarilyapti. Ko’ylakbop gazlamalarning yuza zichligi 100-220 g/m2, kostyumboplarniki 250-290 g/m2 bo’ladi. Sof zig’ir tolali guruhchaga kiradigan kiyimbop gazlamalarning soni kam. Ular chiziqiy zichligi 45-85 teksga teng bo’lgan iplardan atlas yoki mayda o’rilishda sidirg’a rangli, yarim oq va oqartirilgan holda ishlab chiqariladi. Yarim zig’ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko’proq. Ular ayollar va erkaklar ko’ylaklarini, bluzkalarini, kostyumlarini, yoshlar va bolalarbop sport kiyimlarini tikish uchun ishlatilmoqda. Ularning tola tarkibida zig’ir tolasi bilan paxta, lavsan, kapron, viskoza tolalari kiradi. Bu gazlamalarning sirti o’rilishiga va turli yo’g’onlikda iplarni ishlatilishiga ko’ra silliq yoki mayda rel’efli bo’ladi. Ko’ylakbop gazlamalar mayda gulli o’rilishlarda ishlab chiqariladi. Ayrim zig’ir gazlamalar jumlasiga sal dag’al tuzilishdagi og’ir gazlamalar kiradi. Ularning sirti g’adir-budur bo’ladi. Bu gazlamalar jun gazlamalarini eslatadi va kostyum va yozgi paltolarni tikish uchun ishlatiladi. O’rilishlari har xil va pardozlanish turlari chipor va gul bosilishi mumkin. Kiyimbop guruhiga kiritilgan gazlamalarning nomlari “Ko’ylaklik”, “Kostyumlik”, “Kostyumlik-ko’ylaklik”, “Bluzkalik” va hokazolar bo’ladi. Bortovka gazlamalari ustki kiyimlarning ayrim qismlariga qattiqlik berish va kiyilganda buyumning shakli saqlanishi uchun qotirma sifatida ishlatiladi. Qotirma materiallari yetarli darajada qattiq, lekin dag’al emas, egilish vaqtida yuqori qayishqoqlikka ega bo’lishlari va ularning o’lchovlari o’zgarmasligi lozim. Zig’ir tolali bortovka gazlamalari bu talablarga to’liq javob beradilar. Bortovkalar zig’ir tolali va yarim zig’ir tolali bo’ladi. O’rilishi - polotno. Sof zig’ir tolali bortovkalarni ishlab chiqarish uchun ho’l yigirish usulida olingan 69, 83, 118 teksli zig’ir iplari ishlatiladi. Yuza zichligi 230-300 g/m2 . Kirishishi tanda yo’nalishida 2,3-4,5 foiz, arqoq yo’nalishida 1,2-3,5 foiz. Yarim zig’ir tolali bortovkalar 67 foiz zig’ir tolasi va 33 foiz lavsan tolasi aralashmasidan olingan 69 va 83 teksli iplardan ishlab chiqariladi. Yuza zichligi 192-207 g/m2 . Ayrim bortovkalarning sirti yelimlangan bo’ladi. Qattiqligini oshirish uchun bortovkalar ma kapron xsus ishlov asosida appretlanadi. Kirishishini kamaytirish uchun tayyor gazlamalarga kam kirishtiradigan maxsus pardozlash beriladi. Yuqorida tavsiflangan zig’ir tolali gazlamalardan tashqari maishiy gazlamalar jumlasiga choyshabbop materiallar, sochiqlar, dasturxonlar, yopinchiqlar, javonsozlik va mebelsozlikda ishlatiluvchi gazlamalarni kiritish mumkin. Paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari. Bu gazlamalar yengil, yumshoq, chidamli bo`ladi. Ulardan tayyorlangan kiyimlar chiroyli, qulay, namlikni shimadigan va tez quriydigan, havoni yaxshi o`tkazadigan, oson yuviladigan bo`ladi. Tez tozalanadi, yuqori haroratga chidamlidir. Bu gazlamalar sitilmaydi, yuvilganda bo`ylama ipi bo`yicha kirishadi, tez g`ijimlanadi va tez dazmollanadi Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalarning xossalari. Zig`ir tolasidan to`qilgan gazlamalar paxta tolasidan to`qilgan gazlamalarga qaraganda chidamliroq bo`ladi. Ular bo`ylama va ko`ndalang ipi bo`yicha kam cho`ziladi, qattiq, og`ir va qalinroq bo`ladi. Namlikni yaxshi shimadi, tez yuviladi. Zig`ir tolalaridan to`qilgan gazlamalarning usti silliq sitiluvchan bo`ladi, tez g`ijimlanadi va oson dazmollanadi. Gazlamaning tuzilishi tanda va arqoq iplarning o`zaro o`ralishi va bog`lanishi bilan belgilanadi. Gazlamaning tuzilishiga gazlamani hosil qiladigan kalava ip yoki iplarning tuzilishi, tanda va arqoqning zichligi, o`ralish xili ta`sir qiladi. Kalava ip iplarning yog`onligi, pishitilishi va tuzilishi gazlamaning tuzilishiga ancha ta`sir qiladi. Afzalligi. Paxta va zig'ir mato terini va ozgina terni teriga singdirishi, tana haroratini tezda normal holatga qaytarishi, nafas olish va terni yutish ta'siriga erishishi, qishda issiq bo'lishi va yozda salqin bo'lishi mumkin. Yopishqoq vositalardan foydalanish qulay, qichishga qarshi va teriga yaqinlik. Atrof-muhitni muhofaza qilish va inson salomatligi talablariga muvofiq kislotali, terini bezovta qilmaydi. Antistatik, to'planmaydigan, burilmagan, paxta zig'ir toza paxta bilan tikilgan, bepul zaryadsiz, paxta tolalari deformatsiyalanmaydi, to'planmaydi. Tabiiy atrof-muhitni muhofaza qilish - bu haqiqiy yashil ekologik to'qimachilik. Paxta va zig'ir matosidan foydalanish inson tanasini issiq va issiqlik ta'siriga olib keladi, inson tanasining 1.2.1-Gazlama ishlab chiqarish jarayoni mikrosirkulyatsiyasini oshiradi, asab tizimini samarali tartibga soladi, kanallar va kollajlarni quritadi va uyqu sifatini yaxshilaydi


XULOSA
Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki mumiy o’rta ta’limning DTS va o’quv rejasida Texnologiya darslarida Servis xizmati yo’nalishi bo’yicha Gazlamashunoslik bobini o’rganish uchun ma’lum bir soatlar ajratilgan. Bu mavzular qatoriga: Tikuvchilik o‘quv xonasi. Tabiiy tolalarning olinishi va ularning xususiyatlari. Sarja (polotno) to ‘qish (2 soat); Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini, bo‘ylama va ko‘ndalang iplarini aniqlash (2 soat) mavzulari kiritilgan . Shu bois o’quvchilarga tabiiy tolalarning olinishi va ularning xususiyatlari yuzasidan ma’lumotlarga ega bo’lishi kerak. Maqolada paxta va zig’ir tolalaridan to’qilgan gazlamalar, ularning xususiyatlariga oid dars materiallarining pedagogikpsixologik tahlili bayon qilinadi Zig’ir tolali gazlamalar assortimentining 28 foizini maishiy gazlamalar, 40 foizini qop-o’rov gazlamalari, 32 foizini texnik gazlamalar tashkil qiladi. Zig’ir tolali gazlamalar yaxshi gigienik xossalarga ega. Ular issiq, bug’ va suvni tez o’tkazadi, namlikni tez shimadi va tez qaytaradi. Undan tashqari, zig’ir tolali gazlamalarning ishqalanishga chidamliligi katta, ular yengil yuviladi va dazmollanadi. To’quvchilik jarayonida bichish to’shamiga yengil taxlanadi, qiyshayib ketmaydi. Zig’ir tolali gazlamalarning kamchiliklari quyidagicha: ular tez g’ijimlanadi, bichish va tikishda ma’lum qiyinchiliklar bor - bichish mashinalarining pichoqlari va tikuv ignalari tez-tez o’tmas bo’lib qoladi. Zig’ir tolali gazlamalar asosan choyshab, dasturxon, sochiqlar, ichki kiyimlar, ko’ylak va kostyumlar ishlab chiqarish uchun qo’llaniladi. Ko’ylakbop va kostyumbop gazlama materiallarning g’ijimlanuvchanligini kamaytirish uchun ular zig’ir va lavsan tolalari aralashmasidan ishlab chiqariladi yoki tayyor gazlamalarga kam g’ijimlanadigan maxsus ishlov beriladi. Zig’ir tolali gazlamalarni tayyorlash uchun yigirilgan zig’ir ipi va zig’ir tarandasini ho’l va quruq yigirish usullarida olinadi. Bu iplar paxta ipiga nisbatan yo’g’onroq bo’ladi (18-166 teks), shuning uchun gazlamalarning yuza zichligi ham kattaroq bo’ladi - 140-500 g/m2 . Lekin, oxirgi paytlarda gazlamalarning yuza zichligini kamaytirish uchun ular kimyoviy tolalarni (kapron, lavsan, , viskoza) qo’shib ishlab chiqariladi. Umuman zig’ir tolali gazlamalar assortimentining 80 foizini yarim zig’ir gazlamalar tashkil qiladi. Bu materiallarning tandasida paxta ipi, arqog’ida esa zig’ir tolasidan yoki zig’ir tolasi va kimyoviy tolalar bilan aralashmasidan olingan iplar ishlatiladi. Pardozlash jihatidan zig’ir tolali gazlamalar xom, yarim oq, oqartirilgan va sidirg’a rangda bo’lishi mumkin. Gul bosilgan gazlamalar kam miqdorda ishlab chiqariladi. Ko’ylakbop va kostyumbop gazlamalar guruhiga ko’ylak, yozgi kostyumlar, xalat va boshqa kiyimlarni tikish uchun mo’ljallangan gazlamalar kiritilgan. Har yili 50 ga yaqin yangi artikulli gazlamalar chiqarilyapti. Ko’ylakbop gazlamalarning yuza zichligi 100-220 g/m2, kostyumboplarniki 250-290 g/m2 bo’ladi. Sof zig’ir tolali guruhchaga kiradigan kiyimbop gazlamalarning soni kam. Ular chiziqiy zichligi 45-85 teksga teng bo’lgan iplardan atlas yoki mayda o’rilishda sidirg’a rangli, yarim oq va oqartirilgan holda ishlab chiqariladi. Yarim zig’ir tolali kiyimbop gazlamalarning soni va turlari ko’proq.



Download 49,05 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 49,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



PAXTA VA ZIG’IR TOLALARIDAN TO’QILGAN GAZLAMALAR, ULARNING XUSUSIYATLARI

Download 49,05 Kb.