|
II BOB. TO`QIMACHILIK GAZLAMALARINING TUZILISHI VA KO‘RSATKICHLARI
|
bet | 6/8 | Sana | 31.01.2024 | Hajmi | 49,05 Kb. | | #149072 |
Bog'liq Zig`ir tolali materiallarning standart bo`yicha tasnifi, ishlatilishi va umumiy xususiyatlarII BOB. TO`QIMACHILIK GAZLAMALARINING TUZILISHI VA KO‘RSATKICHLARI
2.1. GAZLAMALARNING O'RILISHLARI VA TUZILISHI BO‘YICHA KO‘RSATKICHLAR
Gazlamalarning o‘rilishi deb, tanda va arqoq iplarining m a’lum tartibda o‘zaro bog‘lanishiga aytiladi. Tanda va arqoq iplarining o‘rilishini ko‘rsatuvchi shaklga o‘rilish naqshi deb aytiladi. 0 ‘rilish jarayonida hosil bo‘luvchi naqshning takrorlanishi rapport (R) deb ataladi. Tanda ipi gazlamaning sirtiga chiqib arqoq ipining ustini qoplashi tanda qoplanishi, arqoq ipi gazlamaning sirtiga chiqib tanda ipining ustini qoplashi esa arqoq qoplanishi deyiladi. Gazlam alarning o‘rilishlari katak qog‘ozga chiziladi. Bunda har qaysi ko‘ndalang qatorni arqoq iplari deb, har qaysi bo‘ylama qatorni tanda iplari deb hisoblash qabul qilingan. Har bir katak tanda va arqoq ipining kesishuvidan iborat. Bu kesishgan joyda tanda qoplanishi bo‘lsa, o ‘rilish naqshini chizish paytida katak bo‘yab qo‘yiladi. Agar arqoq qoplanishi bo‘lsa, katak oqligicha qoldiriladi. Cheksiz ko‘p xilma-xil ham m a o ‘rilishlar quyidagi sinflarga tasniflanadi: 1. Oddiy yoki bosh o ‘rilishlar. 2. Mayda gulli o‘rilishlar. 3. Murakkab o ‘rilishlar. 4. Yirik gulli, naqsh (jakkard) o‘rilishiar. Oddiy yoki bosh o'rilishlar. Oddiy o‘rilishlar uch xil bo‘ladi: polotno, saija va satin (atlas) o ‘rilishi. Barcha oddiy o ‘rilishlarga xos umumiy xususiyatlar shundaki, tanda bo‘yicha rapport arqoq bo‘yicha rapportga 59 teng boMadi, bitta rapport ichida har bir tanda ipi har bir arqoq ipi bilan faqat bir martagina o ‘rilishadi. Polotno o‘rilish — to‘quvchilikda eng oddiy va ko‘p tarqalgan o ‘rilish bo‘lib, tanda va arqoq bo‘yicha rapporti ikki ipga teng. Rapportda tanda va arqoq iplari navbatmanavbat gazlamaning o ‘ng tomoniga chiqadi
Masalan, toq tanda iplari toq arqoq iplari ustidan qoplab o‘tsa, juft tanda iplari juft arqoq iplari ustidan qoplab o ‘tadi. Polotno o‘rilishda tanda iplari arqoq iplari bilan juda yaxshi boglanadi, natijada shu o‘rilishdagi gazlamalar mustahkam, o‘ng va teskarisi bir xil, tekis bo'ladi. Agar polotno o‘rilishda tanda iplari arqoqqa qaraganda ingichka bo‘lsa, gazlamada ko‘ndalang yoMlar hosil bo‘ladi (poplin, tafta va boshqa gazlamalar). Polotno o‘rilish bilan paxta ipidan to ‘qiladigan gazlamalarga chit, batist, surp va boshqalar kiradi. Zig‘ir iplaridan (bortovka, brezent, parusina va boshqalar) olinadi. Ipak iplaridan (krepdeshin, krep-shifon, krep-jorjet va boshqalar) ishlab chiqarildi. Jun iplaridan (ko‘ylaklik va kostumlik gazlamalar) olinadi. Sarja o‘rilish gazlamalarning o‘ziga xos tom oni shundaki, ularning o ‘ng tom onida diagonal bo‘ylab ketgan 60 yo‘llar bo‘ladi. Bu diagonal yoNlari gazlamalarning o‘ngida odatda chapdan o‘ng tom oniga pastdan yuqoriga (o‘ng saija), ba'zan esa o‘ngdan chapga qarab ketadi (chap saija). 0 ‘ng saija o‘rilishi ko‘proq ishlatiladi. Saija rapportidagi iplar soniga, ham da tanda va arqoq zichligiga qarab sarja o‘riIishidagi yo‘llarning qiyalik burchagi har xil boMishi mumkin. Agar tanda va arqoq iplarining zichligi va yo‘g‘onligi bir xil bo‘lsa, saija yo‘llarining qiyalik burchagi 45° ni tashkil qiladi (12-rasm). Saija o‘rilishining tuzilishi quyidagi qonunlarga bog‘liq: 1. Rapportdagi iplaming soni uchta d a n kam maydi: b o ‘lR = 3 mm 2. Har bir tanda yoki arqoq qoplanish h ar m ahal bitta ipga siljiydi: Z = l. Ana shu siljish tufayli gazlama y u z a sid a d ia g o - nallar paydo boMadi. Sarja o‘rilishlari kasr bilan b elg ilanadi. Uning suratida rapportning har qaysi qatoridagi ta n d a q o p lan ish - laming soni, maxrajda — arqoq qoplanishlarning soni k o ‘rsatiladi. 0 ‘п - lishning ra p p o rtdagi iplar miqdori shu s o n la rn in g yig‘indisiga teng. Agar gazlamaning o‘ngida tanda iplari ko‘p bo‘lsa, bu o‘rilish tandali saija o^rilish deb ataladi. Agar gazlamaning o‘nggida arqoq iplari ko‘p bo‘lsa, bu o ‘rilish arqoqli sarja o ‘rilishi deb ataladi. Tandali saijalar 2/1, 3/1, 4/1 va arqoqli sarjalari esa 1/2, 1/3,1/4 va hokazo deb belgilanadi. Odatda ipak tandali va paxta arqoqli yarim ipak gazlamalar tandali sarja o ‘rilishda to ‘qiladi. Tandasi paxta ip, arqog‘ini jun ip tashkil qilgan yarim jun gazlamalar arqoqli saija oTilishda to‘qiladi. Sarjali o‘rilish bilan to ‘qilgan paxta gazlamalardan — djinsi, bumazeya, sarja, kashemir; jun gazlamalaridan — triko, kashemir va yana bir qator ko‘ylaklik va kostumlik gazlam alarni; paxta gazlam alaridan — astarbop sarja, ko‘ylaklik gazlamalarni eslab o ‘tsa bo‘ladi. Saija o‘rilishli gazlam alar yum shoq, m ayin, lekin polotno o ‘rilishli gazlamalarga qaraganda mustahkamligi pastroq va diagonal yo‘nalishida cho‘ziluvchan boMadi. Satin va atlas ofcriIish — o‘rilishdagi gazlamalarning o‘ng tomoni silliq bo‘ladi va tovlanib turadi, chunki bu oTilishlarda tanda (atlas) yoki arqoq (satin) iplari cho‘ziq qoplanishlar hosil qiladi. Satinning o‘nggini arqoq qoplanishlar (atlas)ning o‘nggini tanda qoplanishlari tashkil qiladi
Satin (atlas) o‘rilishining tuzilishi bir necha qonunlarga bo‘ysunadi: 1. Rapportdagi iplaming soni beshtadan kam bo‘lmaydi: 2. Qoplanishlaming siljishi birdan katta va R- 1 dan kichik bo‘ladi: \ < Z < R-\). 3. Rapport va siljishini ko‘rsatuvchi sonlar bir-biriga boiinm asligi kerak. Keng tarqalgan satinlaming rapportlari 5,8 va 10 ga teng. Bu holda siljishi sonlari quyidagicha bo‘ladi: R=5 bo‘lsa, unda Z=2 yoki Z=3; R=S bo‘lsa, unda Z=3 yoki Z=5; ^= 10 bo‘lsa, unda Z = 3 yoki Z=7 boMadi. Satin (atlas) o‘rilishlari kasr bilan belgilanadi. Suratda o ‘rilish rapportining m iqdori, m ahrajda — siljish soni ko‘rsatiladi. Demak, satin (atlas)lar 5/2, 5/3, 8/3, 10/7 va hokazo deb belgilanadi. Satin o‘rilishi keng tarqalgan satin nomli paxta gazlamasini ishlab chiqarganda qo‘llaniladi. Atlas o ‘rilishi lastik, tik-lastik paxta gazlamalari, satin-dubl, xon-atlas va boshqa ipak gazlamalari, ko‘pgina astarlik ipak va yarim ipak gazlamalarni ishlab chiqarishda ishlatiladi. Mayda gulli o‘rilishlar. Mayda gulli o‘rilishlar sinfi ikki guruhga boiinadi: 1. Oddiy o ‘rilishlami o‘zgartirish va murakkablashtirish yo‘li bilan hosil qilingan hosila o‘rilishlar gumhi. 2. Oddiy 0‘rilishlarni aralashtirish yo‘li bilan hosil qilingan aralash o ‘rilishlar gumhi. Hosila 0‘rilishlar. Polotno o‘rilishdan olingan hosila o‘rilish turlariga reps va rogojkalar kiradi. R eps o ‘rilishi ta n d a yoki arqoq q o p lan ish larn i uzaytirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Bu o ‘rilishda har qaysi tanda yoki arqoq ipi ikki, uch va undan ko‘p arqoq yoki tanda ipi tagidan o ‘tishi mumkin. Natijada, tandali yoki 63 arqoqli reps o‘rilishi hosil bo‘ladi. Agar iplar turkumidan biri ikkinchisiga qaraganda yo‘g‘on bo‘lsa, reps o‘rilishda gazlama sirti silliq chiqadi. Reps o ‘rilishda reps degan paxta va ipak gazlamalari, flanel paxta gazlamasi va boshqalar ishlab chiqariladi. Rogojka o‘rilishi ikki yoki uchtalik polotno o'rilishi bo‘lib, tanda va arqoq qoplanishlari birdaniga kuchaytirilganidan hosil bo'ladi. Rogojka o ‘rilishdagi gazlamalar polotno o ‘rilishdagi gazlamalarga qaraganda yumshoqroq va zichligi kattaroq bo‘ladi. Rogojka o‘rilishda paxta va zig‘ir iplaridan olingan rogojka nomli gazlamalar, jun va ipak iplaridan ba’zi ko‘ylaklik va kostumlik gazlamalar ishlab chiqariladi. Hosila saija o ‘rilishlariga kuchaytirilgan saija, murakkab saija, teskari saija, siniq saija va boshqalar kiradi. Kuchaytirilgan saija oddiy sarjadagi yakka qoplanishlarni kuchaytirib olinadi. Natijada, gazlama sirtidagi diagonal yo‘llar enliroq va yaqqolroq bo‘ladi. Gazlama o‘nggida qaysi ip turkumi ko‘pligiga qarab, kuchaytirilgan saijalar tandali, arqoqli va teng tomonli bo`ladi. Kuchaytirilgan saija o ‘rilishida shotlandka, boston, sheviot, kashemir kabi jun va boshqa gazlamalar to‘qiladi. Murakkab saija bir necha oddiy yoki kuchaytirilgan saijalarni bitta rapportga joylashtirganda hosil bo‘ladi. Bu o ‘rilishda to lqilgan gazlamalar sirtida turli kenglikdagi diagonal yo`llari bo‘ladi. Bu o‘rilish ko‘ylaklik gazlamalar to‘qishda qo`llaniladi. Oddiy, kuchaytirilgan va murakkab saijalar asosida siniq saija hosil bo‘ladi. Bu yerda diagonal yo‘llarining yo‘nalishi o ‘zgaradi. Bu o‘rilishdagi gazlamalarning sirti chiziqsimon shaklda ko‘rinib turadi. Siniq saijaga o‘xshash yana bitta o‘rilish bor. U teskari saija deyiladi. Teskari saijaning siniq saijadan farqi shuki, diagonal sinish joyida uning yo‘li bo‘ylama bo‘yicha suriladi. Natijada arqoq qoplanishlari bo‘ladi va aksincha. Siniq va teskari saija o‘rilishda ba’zi paltolik va kostumlik gazlamalar to ‘qiladi. Hosila satin (hosila atlas) o‘rilish kuchaytirilgan satin (atlas) deb ataladi. U oddiy satin (atlas)da yagona bo‘lgan qoplanishlarni kuchaytirib tuziladi. Rapport va siljish miqdori o‘zgarmaydi. Bu o ‘rilishda paxta gazlamalardan moleskin, zamsha, velveton, movut, ipak gazlamalardan yuqori sifatli astarbop satin-dubl degan gazlamalar to‘qiladi. Aralash o ‘rilishlar jumlasiga jilvali, bo‘rtmali, bo‘ylamasiga yoki eni bo‘yicha yo‘l-yo‘lli o‘rilishlar kiradi. Jilvali o ‘rilishning o ‘ziga xos tom oni shundaki, gazlama o‘nggiga cho‘ziq qoplanishlar betartib tarqalgan bo‘lib, ular gazlamada mayda donli sirt hosil qiladi. Jilvali o‘rilishlarni rapportlari teng bo‘lgan ikki o‘rilishni ustm a-ust qo‘yish yoki rapportlari teng bo‘lmagan bir necha o ‘rilishlarni qo‘shish yo‘li bilan hosil qilish m um kin. Bu o‘rilishlar xilm a-xil paxta, zig‘ir, jun va ipak tolali ko‘ylaklik gazlamalarni to ‘qishda qo‘llaniladi. Murakkab o‘rilishlar. 0‘z tuzilishiga ko‘ra ikkidan ortiq ip turkumlarini talab qiluvchi o ‘rilishlar murakkab o‘rilishlar sinfiga kiradi. Ularning turlari quyidagicha: tukli, ikki tom onli, ikki qavatli, qopsimon va pike o'rilishlari. Tukli o'rilishda to‘qilgan gazlam alarning o'nggida qirqma yoki halqali tik tuklar bo'ladi. U lar yaxlit yoki kengligi har xil yo'llar tarzida naqshdor bo'ladi. Tukli o'rilishlarni hosil qilish uchun uchta ip turkumi ishlatiladi: bir turkumi — tukni hosil qilish uchun, ikkitasi gazlamaning asosini hosil qilish uchun. Tukni hosil qiluvchi ip turkumiga ko‘ra tukli o ‘rilishlar ikki turga boTinadi. Tukni hosil qilish uchun tanda iplari ishlatilsa, o ‘rilish tanda tukli, arqoq iplari ishlatilsa — arqoq tukli o‘rilish deb ataladi. Tanda tukli o ‘rilish ipak gazlamalari — baxmal, duxoba, velyurni to ‘qishda ishlatiladi. Arqoq tukli o‘rilish ip gazlamalari — yarim baxm al, velvet, ip duxobani ishlab chiqarishda qoMlaniladi. Tukli o‘rilishning yana bitta turi — halqali tukli o‘rilish. Bu o ‘rilishda tuklar halqalar tarzida bo‘ladi. Sochiqlar, choyshablar, xalatlar uchun gazlamalar, ba’zi bezak gazlamalar shunday o'rilishda to'qiladi. 5 - 168 65 Ikki tom onli o‘rilishlar uchta ip turkumi-ikkita tanda va bitta arqoq yoki bitta tanda va ikkita arqoq iplaridan hosil bo‘ladi. Bu o'rilishlar asosan drap degan paltolik gazlamalarni to‘qishda ishlatiladi. To‘qishda qo‘llanilgan qo‘shimcha iplar turkumi draplarning qalinligi, zichligi va issiqni saqlash xossalarini yaxshilaydi. Undan tashqari, qo‘shimcha ip turkum i sifatida pastroq bo‘lgan iplarni ishlatish imkoniyati borligi tufayli gazlamalarning narxi ham arzonroq bo‘ladi. Ba’zi draplarni to‘qish uchun ikki qatlamli o ‘rilishlar qo`llaniladi. Ularni hosil qilganda to ‘rt yoki beshta ip turkumlari ishlatiladi. Bunday o ‘rilishda to‘qilgan gazlam alar ikki alo h id a gazlam adan iborat b o ‘lib, bu gazlamalar o‘zaro to‘rt ip turkumlaridan biri bilan yoki q o ‘shim cha beshinchi turkum bilan biriktiriladi. Ikki qatlam li o'rilishda to'qilgan gazlam alarning o'ngi va teskarisi sifati va tola tarkibi har xil iplardan bo`lishi, o'ngi sidirg'a teskarisi esa katak-katak yoki yo`l-yo`l guldor, yoki ikkala tomoni sidirg'a, lekin turli rangda boMishi mumkin. Yirik gulli o‘rilishlar. Yirik gulli o'rilishdagi gazlamalar to'quv dastgohlardagi jakkard mashinalari yordamida ishlab chiqariladi. Bunday o'rilishlarning rapporti bir necha yuz ming iplardan iborat boMishi m um kin, ya’ni har bir iplam ing gum hi m a’lum tartibda boshqa iplar bilan o'rilishadi. Bunday o'rilishlardagi naqshlarning shakli turlicha boMadi; o'sim liklarning rasmi, gul dastgohlari, geometrik naqshlar va hokazo.
|
| |