Xalqaro moliya markazlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli




Download 61.03 Kb.
bet5/8
Sana28.02.2023
Hajmi61.03 Kb.
#43747
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MT-kurs-ishi
sun-iy-intellekt-va-uning-imkoniyatlari
Xalqaro moliya markazlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli

Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo'lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo'lgan jami talab va taklifini o'zida mujassamlashtiradi. Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan9: real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni "moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik" tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi. Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi. Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan.
Bugungi kunga kelib, nisbatan kam sonli mamlakatlar o'rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o'rin olgan. Ko'rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli. Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog'ozlar (kapital) bozori hisoblanadi. Statistik ma'lumotlarga ko’ra, dunyoning eng yirik fondlarining ba’zi menejerlari 2023-yilda global qimmatli qog‘ozlar bozorida ikki xonali foiz o‘sishini bashorat qilmoqda, bu esa bu yil sodir bo‘lgan pasayishni qisman qoplaydi. Bu Bloomberg News agentligi tomonidan 134 ta aktiv boshqaruvchisi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijasida aniqlandi.
Jahon fond bozorida o‘sishni respondentlarning 71% kutmoqda, pasayish - 19%, qolgan 10% esa hali qaror qilmagan.10
AQSh kapital bozori dunyodagi eng katta va to'lovlilik va samaradorlik qobiliyati eng yuqori bo'lgan mamlakat hisoblanadi. AQSh kapital bozori qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotidan qariyib 2 barobar katta - fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi, YaIMni doimiy daromad bozori (Fixed income market) bo'yicha hisoblaganda AQSh kapitali 207 foizni tashkil etgan. AQShning undagi ulushi 38 foizni yoki jami kapitalning 32 trillion dollarini tashkil etgan. Bu o'zidan keyingi eng yirik bozordan qariyb 3,5 barobar katta demakdir (Yevropa ittifoqiga nisbatan (Buyuk Britaniyani hisobga olmaganda)). Shuningdek, jahon fond bozorining asosiy ishtirokchilari qatoriga Yevropa Ittifoqi (11%), Xitoy (10%), Yaponiya (7%), Buyuk Britaniya (5%), Gong Kong (5%), Kanada (3%), Avstraliya (2%) va Singapur (1%) ni kiritishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar dunyo fond bozorining asosiy o'yinchilari hisoblanadi.11
Ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda 195 mamlakat mavjud. Ularning 80ga yaqini rivojlangan mamlakatlar sifatida e'tirof etilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki qolgan 115 mamlakat rivojlanayotgan yoki turg'un (rivojlanishdan to'xtagan) mamlakatlar hisoblanadi. Aynan shu mamlakatlar, shu jumladan, O'zbekiston dunyo fond bozorining atiga 17 foiziga egalik qiladi. Agar dunyo fond bozori faqatgina AQShning 38 foizlik ulushi va rivojlanayotgan mamlakatlarning 17 foizlik ulushidan iborat bo'lganda edi, ular o'rtasidagi fond bozori kapitalizatsiyasi yuqoridagi kabi taqsimlangan bo'lar edi. Ya'ni AQSh bozorning 69 foiziga (bozorning uchdan ikki qismi) rivojlanayotgan mamlakatlar 31 foizga egalik qilgan bo'lar edi.12
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida global va mintaqaviy moliyaviy markazlar puxta o'ylab ishlab chiqilgan, iqtisodiy-moliyaviy, huquqiy-me'yoriy mexanizmlar majmui asosida turli mahalliy va xorijiy moliya institutlarining ma'lum bir joyda moddiy-iqtisodiy manfaat yuzasidan to'planishini ta'minlaydi. Natijada mamlakat moliya bozoridagi aktivlar va ko'rsatiluvchi xizmatlar turini ko'paytiradi, innovatsion mahsulotlar bilan takomillashgan, iqtisodiy mustahkam, murakkab infratuzilmani yuzaga keltiradi. Moliyaviy institutlarning bir joyga to'planishi yoki akkumulyasiyasi hisobiga shakllangan moliya bozoridagi kuchli raqobat ular ko'rsatadigan xizmatlarning iste'molchilar talabi asosida son va sifat jihatdan oshishiga olib keladi.
Jahon iqtisodiyotida moliya sektorining rivojlanish xususiyatlarini o'z ilmiy ishlarida tadqiq etgan bir qator iqtisodchi olimlar global, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy moliyaviy markazlarning o'ziga xos jihatlarini yoritishga harakat qilganlar. L.N. Krasavinaning fikricha, jahon moliyaviy markazlari bu xalqaro moliyaviy oqimlar va yirik hajmdagi operatsiyalarning nisbatan foydali bo'lgan sohalar bo'yicha taqsimoti natijasida ma'lum bir joyda to'planishi yoki marzkazlashuvini anglatadi. Tarixan ular milliy bozorlar negizida, keyinchalik jahonning valyuta, kredit, fond va oltin bozorlari asosida paydo bo'lgan. Shuning uchun, jahon moliyaviy markazlari tarkibida moliya bozorining barcha sektorlari joylashgan. A.V. Novikov va I.Y. Novikova moliyaviy markazlar tushunchasini aniqlashda uch xil yondashuvga asoslangan. Birinchidan, funksional jihatdan moliyaviy markazlar moliyaviy va maslahat xizmatlarining majmuidir. Ikkinchidan, institutsional nuqtai nazardan ular moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar tizimi hisoblanadi. Uchinchidan, moliyaviy markazlar geosiyosiy jihatdan moliya bozori ishtirokchilariga sifatli xizmat ko'rsatish, moliyaviy resurslarni jalb etish va qayta taqsimlashga imkon beruvchi infratuzulmaga ega global shaharlardir. Uchinchi yondashuv L.N. Krasavinaning xalqaro moliyaviy markazlar to'g'risidagi tushunchasini yanada aniqlashtirishga imkon beradi. V.S. Utkinning fikricha, hozirgi kunda moliyaviy markazlar xalqaro sanalishi uchun kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Birinchidan, markaz joylashgan mamlakat iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashgan bo'lishi, unda barqaror valyuta asosida doimiy iqtisodiy o'sish ta'minlanishi va samarali moliyaviy siyosat yuritilishi lozim. Ikkinchidan, markazda moliyaviy operatsiyalar va investitsiyalarga to'sqinlik qilmaydigan, mablag'larni samarali taqsimlash imkonini beruvchi liberal soliq va huquq tizimi amal qilishi kerak. Uchinchidan, moliyaviy markazda bank, birja va sug'urta tizimini o'z ichiga olgan, samarali nazorat yuritiladigan, rivojlangan moliyaviy infratuzilma mavjud bo'lishi zarur.
Yirik xalqaro moliyaviy markazlar yer yuzidagi asosiy vaqt zonalari doirasida joylashganligi, xususan Nyu-York, London, Syurix, Gonkong, Sigapur, Tokio, Shanhay, Seul jahondagi eng katta moliyaviy markazlar hisoblanishi, shuningdek, moliyaviy markazlar o'rtasidagi kurash turli vaqt zonalarida joylashgan markazlarga nisbatan o'z vaqt zonasida joylashgan markazlar o'rtasida kuchli bo'lishi aniqlandi. 2018-yilda jahon bo'yicha e'lon qilingan GFCI ko'rsatkichi deyarli o'zgarishsiz tendensiyasiga ega bo'lgan bo'lsa-da, umuman 30 ta yirik moliyaviy markazlardan atigi 10 tasi o'z reytingini oshirishga erishgan. 2007-yildan boshlab e'lon qilinib kelayotgan GFCI ko'rsatkichlarida Gonkong va Singapur moliyaviy xizmatlar ko'rsatishning barcha turlari bo'yicha Nyu York va Londondan keyingi yirik global moliyaviy markazlar sifatida dunyoda tan olib kelinmoqda. Shuningdek, Gonkong va Singapur moliyaviy markazlarida moliya bozorining taraqqiyoti va sohaning raqobatbardoshligi qariyb bir xil. Bu esa, o'zida tez sur'atlarda moliyaviy markazni shakllantirgan shaharlar sifatida ularning xalqaro aloqalarini tashkil etish, mintaqaviy va moliyaviy barqarorligini ta'minlash mexanizmini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo'lida foydalanish uchun o'rganish zaruratini ko'rsatadi. Global moliyaviy markazlar indeksining o'zgarish tendensiyasi (reyting baholash asosida hisoblangan, yuqori reyting moliyaviy markazning kuchayganligidan dalolat beradi(3-jadval).

Download 61.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro moliya markazlari va ularning jahon iqtisodiyotidagi roli

Download 61.03 Kb.