Mavzuning dolzarbligi




Download 61.03 Kb.
bet6/8
Sana28.02.2023
Hajmi61.03 Kb.
#43747
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MT-kurs-ishi
sun-iy-intellekt-va-uning-imkoniyatlari
3-jadval13
Global moliyaviy markazlar indeksi

Moliyaviy markzalar

GFCI 25

GFCI 24

O’rni

Reyting

O’rni

Reyting

Nyu-York

1

794

1

788

London

2

787

2

786

Gongkong

3

783

3

783

Singapur

4

772

4

769

Shanxay

5

770

5

766

Tokyo

6

756

6

746

Toronta

7

755

11

728

Tsyurix

8

739

9

732

Pekin

9

738

8

733

Frankfurt

10

737

10

730

Dunyo mintaqalari bo'yicha moliyaviy markazlar holatini tahlil bo’yicha oxirgi yillarda G'arbiy Yevropadagi asosiy 5 ta, jumladan London, Frankfurt, Parij, Jeneva va Lyuksemburg moliyaviy markazlarining reytingi kamaygan yoki o'zgarishsiz qolgan. Sharqiy Yevropadagi Almata, Stambul, Praga moliyaviy markazlarining reytingi ortib borgan, Moskvaning reytingi yaxshilanmay, 88 o'ringa tushib qolmoqda.
2022-yilda Osiyo va Tinch okeani havzasida joylashgan 10 ta yirik moliyaviy markazlardan 8 tasi, ya'ni Gonkong, Singapur, Shanxay, Tokio, Pekin, Sidney va Shenjen moliya markazlarining reytingi o'tgan yilga nisbatan pasaygan yoki o'zgarishsiz qolgan, Melburn, Sindao, Kuala Lumpur va Vellington kabi moliya markazlarining reytingi ko'tarilganini kuzatish mumkin. Yaqin Sharq va Afrikadagi ayrim moliyaviy markazlar, ya'ni Dubay, Abu-Dabi, Yoxannesburg, Kasablanka shaharlarining reytingi esa yaxshilanib bormoqda. Shimoliy Amerika qit'asidagi Boston, Vashington, Toronto, Nyu York kabi moliya markazlarining reytingi qariyb pasaymagan bo'lsa, hududdagi Montreal shahrining reytingi, 32 ballga ortib, 24-o'rindan 18-o'ringa ko'ratilgan. Lotin Amerikasi qit'asidagi moliyaviy markazlar reytingi o'zgarishida beqarorlik mavjud. Braziliyadagi San-Paula va Rio-de-Janeyro moliyaviy markazlari reytingi biroz tushgan, Meksika va Panama shaharlarining reytingi ortib, GFCIdagi o'rni mos ravishda 1- va 8- pog'ona yuqoriga ko'tarilgan. Offshor moliyaviy markazlar hududni tartibga solish va o'z mavqei uchun kurash olib bormoqdalar. Natijada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo'shma qirolligining alohida ma'muriy birliklari, xususan Normand orollari (Gerisi, Djersi, Sark orollari), Men oroli va mazkur Qo'shma qirollikka tobe hududlar (GFCIda ko'rsatiladigan 4 ta hududdagi 14 offshor markazlarining xalqaro moliyaviy markaz sifatida reytingi tushmoqda. Moliyaviy markazlarni baholashda ularning raqobatbardoshligi o'zgarish darajasiga ham e'tibor qaratish muhim ahamiyatga ega.14
Markazlar raqobatbardoshligining barqarorligini aniqlashda ikkita asosiy me'zondan foydalanish maqsadga muvofiq, ya'ni birinchisi markazni baholovchi mutaxassislar xulosalaridagi farqlarning ortishi, ikkinchisi vositali omillar ko'rsatkichlari o'zgarishida beqarorlikning kuchayishi hisoblanadi. Mazkur ikki mezon asosida moliyaviy markazlar barqaror, dinamik o'zgaruvchan, prognoz qilib bo'lmaydigan turlarga ajratiladi. Tahlillarimiz natijasida London, Nyu-York, Singapur, Gonkong va Seul moliyaviy markazlari raqobatbardoshlik bo'yicha barqaror ekanligi aniqlandi. Fikrimizcha, mamlakatimiz moliya bozorining yuqori sur'atlar bilan barqaror rivojlanishini ta'minlash, xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirish, ushbu sohalarning innovatsion taraqqiyotini ta'minlash borasida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarining institusional tuzilishi o’ziga ko’plab xalqaro tashkilotlarni qamrab oladi. Ulardan ba’zilari ko’pgina vakolatlarga hamda yuqori miqdordagi moliyaviy resurslarga ega bo’lgan holda xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlarini tartibga solishni amalga oshiradi. Boshqalari esa, hukumatlararo muhokama etish uchun forumlar tashkil etish hamda valyuta-kredit va moliya siyosati bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug’ullanadi.
Xalqaro moliya markazlari o’zida jahon iqtisodiyoti barqarorligini ta’minlash uchun moliya va valyuta-kredit munosabatlarini tartibga solish maqsadlarida davlatlararo kelishuv asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotlarni ifodalaydi.
Xalqaro moliya markazlarining yuzaga kelishiga asosan jahon xo’jaligida globallashuv jarayonlarining rivojlanishi hamda xalqaro moliya bozorlaridagi va jahon valyuta tizimidagi beqarorlikning kuchayishi sabab bo’ldi. Ular asosan ikkinchi jahon urushidan keyin tashkil topgan va hozirgi vaqtda mamlakatlarning valyuta-kredit va moliya munosabatlari sohasidagi xamkorligini rivojlantirishda hamda ushbu munosabatlarni davlatlararo darajada tartibga solishda muhim rol o’ynaydi.
Xalqaro moliya markazlari vujudga kelishining birinchi bosqichi birinchi va ikkinchi jahon urushlari orasidagi davrga to’g’ri keladi. Xalqaro moliya tashkilotlari vujudga kelishining ikkinchi bosqichi hamda ular faoliyatining kuchayish jarayoni ikkinchi jahon urushidan so’ng mustamlakachilik tizimining parchalanishi va 1970-yillardagi iqtisodiy o’zgarishlar bilan bog’liqdir. Shu bilan birgalikda 1980-yillarning boshlarida xalqaro moliya tashkilotlari faoliyatida uchinchi bosqichning boshlanganligini qayd etishimiz mumkin. Chunki bu davrda jahon iqtisodiyotida globallashuvning kuchayishi hamda integrasion jarayonlarning jadallashuvi kabilarni ko’rsatish mumkin. Dunyodagi bir qator davlatlarning hukumat organlari zamonaviy xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi muammolarni birgalikda hal etishga ehtiyoj sezdilar va buning natijasida xalqaro tashkilotlarga bo’lgan talab yanada ortib bordi.
Xalqaro moliya markazlarining faoliyati jahon xo’jaligining barqarorligiga erishishga hamda valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarning uzluksizligini ta’minlashga yordam beradi. Eng avvalo, bunga bo’lgan zaruriyat davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar ko’lamining ortib borishi shuningdek, ularning o’zgaruvchan xususiyatga ega ekanligi bilan izohlanadi. Shuningdek ular mamlakatlar va davlatlar o’rtasida hamkorlikni tashkil etish uchun forum sifatida xizmat qilishga ham yo’naltirilgan.
Bundan tashqari, jahon xo’jaligining muhim muammolari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish va rivojlanish tendensiyalari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish, tahlil etish hamda o’rganish sohasida xalqaro valyuta-moliya tashkilotlarning ahamiyati ortib bormoqda.
London Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqini tark etish qaroriga qaramay, dunyoning eng yirik moliyaviy markazlari ro‘yxatida 1-o‘rinda qoldi. Bu haqida yarim yil ichida bir marta Global Financial Centres Index (GFCI) indikatorini hisoblab chiquvchi Z/Yen Group Ltd moliyaviy konsalting kompaniyasi sharhda aytilgan. 
Shuningdek, Nyu-York ham ro‘yxatda 2-o‘rinni saqlab qolgan, biroq uning Londondan ortda qolishi keskin qisqargan. Endi bu ikki shaharni 1 punkt ajratib turibdi.

  1. o‘rinni Hongkong va 4-o‘rinni Singapur egallagan. Tokio esa 5-o‘rinda. Yetakchi o‘ntalikdan shuningdek Shanxay, Toronto, San-Frantsisko, Sidney va Boston o‘rin olgan, Tsyurix va Pekin esa aksincha o‘ntalikni tark etgan. Umuman olganda, Z/Yen mutaxassislari yetakchi 25 ta xalqaro moliya markaziga ishonch oshmoqda, ularning reytinglari oshmoqda. Shu bilan birga oxirgi 50 ta o‘rinni egallagan markazlarga ishonch ko‘rsatkichlari kamaymoqda. London ortidan G‘arbiy Yevropaning eng ahamiyatli moliyaviy markazi Tsyurix bo‘ldi, u 16-o‘rinni egallamoqda. Vashington va Monrealdan tashqari, Shimoliy Amerika shaharlari o‘z pozitsiyalarini ancha yaxshilaganlar. Jumladan, San-Frantsisko 9 pog‘onaga ko‘tarilib, yetakchi o‘ntalikka kirgan. 

Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning ko‘plab moliya markazlari salbiy dinamikani namoyish qilgan. Jumladan, Tallin va Riga 30 pog‘onaga tushib ketgan. Shu bilan birga, Moskva, Kipr va Istanbul o‘z pozitsiyalarini yaxshilab olgan, Ostona va Boku esa ro‘yxatga ilk bor kiritildi. Varshava Sharqiy Yevropaning yetakchi moliya markazi deb topilgan (45-o‘rin).
Dubay Yaqin Sharqning eng yirik moliyaviy markazlari orasida yetakchi o‘rinni, 2-o‘rinni esa Abu-Dabi egallamoqda (umumiy ro‘yxatda mos ravishda 19- va 25-o‘rinlar). Afrikada ushbu borada Kasablanka (32-o‘rin), Lotin Amerikasida Kayman (22-o‘rin) va Bermud orollari (36-o‘rin) yetakchilik qilmoqda.15
Moliyaviy markazlar reytingi ilk bor 2007-yilda chop etilgan. U har yarim yilda 3 mingdan ko‘proq professionallar so‘rov qilinishi asosida yangilanib boradi. Joriy reyting 22-sonlisi bo‘ldi. Reytingda 5 guruh ko‘rsatkichlar (jami 102 ta individual omil) hisobga olinadi: biznes-vaziyat, moliya, infratuzilma, inson kapitali va nufuz. Ro‘yxatni tuzishda umumiy hisobda 96 ta shahar ko‘rib chiqilgan.
London(Reuters) o'zining moliyaviy mintaqasi tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko'ra, eng yaxshi global moliyaviy markaz bo'lib qolmoqda, ammo iste'dodlarga ega bo'lish bo'yicha Nyu-York va Singapurdan o'zib ketdi, Parij esa Yevropa Ittifoqi bilan raqobatni kuchaytirmoqda.
London Siti korporatsiyasi tomonidan olib borilgan tadqiqot Z/Yen kabi moliyaviy markazlar bo'yicha boshqa tadqiqotlarni o'z ichiga olgan ettita markazni tanlab oldi, bu esa Nyu-Yorkni doimiy ravishda birinchi o'ringa, Londonni esa ikkinchi o'ringa qo'yadi.
Bu yil Parijni qo'shgan tadqiqot raqamli ko'nikmalar, tartibga solish va iste'dod kabi beshta sohani ko'rib chiqdi. London o'tgan yilgi umumiy reytingda yetakchi bo'lib qolsa-da, Nyu-York biroz ortda qoldi va farqni yopmoqda, undan keyin Singapur, Frankfurt, Parij, Gonkong va Tokio bo’ldi.


  1. Download 61.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 61.03 Kb.