• Nazorat uchun savollar
  • Kontakt payvand birikmasi




    Download 5.34 Mb.
    bet14/39
    Sana26.08.2022
    Hajmi5.34 Mb.
    #25420
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
    Bog'liq
    19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
    3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

    Kontakt payvand birikmasi


    Kontaktli payvandlashda detalni tutashtirib birik- tirish uchun detallar bir-biriga nisbatan markazlanadi

    (45a-rasm). Ularni maxsus qurilmaga o‘rnatib, markaz- lab qisiladi, bunda biror-bir siqqich siljuvchan bo‘lishi kerak. Agar egilishga chi- damli birikma olish lozim bo‘lsa, detallarni konussi- mon uyachada payvandlash ma’quldir (45-b-rasm).





    1. rasm. Detallarni tutashtirib va konussimon uyachada payvandlash

    Qalinligi 2 mm dan kam bo‘lgan detallar kon- taktnuqtali va rolikli payvandlanganda, nuqtaning diametri va chokning eni payvadlanayotgan mate- rialning qalinligi S dan (kichigidan) 2—3 marota- ba katta bo‘lishi kerak. Qalinroq materiallarni pay- vandlashda nuqta diametri chokning eniga nisbatan d = S + 3 mm dan olinishi mumkin. Payvand chok mustahkamligi va bikrligi nuqtali payvand orasidagi t qadamga bog‘liq. Buning uchun t < 5d ni saqlash kerak (46a, b-rasm).
    Detallarni ustma-ust qo‘yib payvandlashda biri- kayotgan detalning chetidan nuqtagacha bo‘lgan ma- sofa C 46b-rasmda ko‘rsatilgandek bo‘lishi kerak.


    3d < t < 5d


    a)


    46-rasm. Choklarni hosil qilishdagi asosiy o‘lchamlar

    Quvurlarni payvandlashda uning o‘lchamlariga qarab payvandlash turi va usuli tanlab olinadi. Bir xil o‘lchamdagi quvurlarni uchma-uch qilib valikda payvandlash qulaydir (47a-rasm). Material qalinligi 8 mm dan ortiq bo‘lsa, chokka faska qilinib payvand- lanadi (47b-rasm). Kontaktli payvandlashda mustah- kam birikma olish mumkin, lekin uni yig‘ish vaqtida qo‘llab bo‘lmaydi. Quvurlarning biriktirilayotgan tomonini jo‘valab kichraytirib yoki kengaytirib pay- vandlashda ikkinchisi afzaldir (47-d-rasm).



      1. b) d) e)

    47-rasm. Payvand birikma hosil qilish
    Har xil muftalar yordamida quvurlarni biriktirishda muftani tashqari tomondan qo‘yib payvandlash maq- sadga muvofiqdir (47e-rasm). Har xil o‘lchamli qu- vurlarni biriktirishda oraliq qistirmalarni qo‘yib pay- vandlanadi. Bunda konussimon qistirmalarni qo‘llash afzal va bikrligi yuqori bo‘ladi. Gardishlarni quvurga payvandlash uchun uni zarur bo‘lganda o‘q bo‘ylab va ko‘ndalang yo‘nalishda o‘rnatib olish kerak (48- rasm). Gardishlarni quvurga kiygizib payvandlansa, chiqib qolgan qismi mexanik ishlov berish yo‘li bilan olib tashlanadi. Uni gardishdan chiqarmasdan birik- tirish uchun quvurning biriktiriladigan tomoni pog‘onasimon qilib diametri kichraytiriladi va unga gardishni o‘rnatib biriktiriladi. Agar quvur ichiga ro- likli elektrod kiritish mumkin bo‘lsa, gardishning bi- riktiriladigan tomonini vtulkasimon qilib tayyorlab, uni quvurga kiydirib kontaktli payvandlash mumkin.



    48-rasm
    Tekis listlarga va quvurlarga har xil vtulkalar- ni payvandlashda uni markazlab o‘rnatishga katta e’tibor beriladi (49rasm). Vtulkalarni ularga yoy,


    49-rasm
    gaz va kontakt payvandlash usullari bilan birikti- rish mumkin. Vtulkalarni materiallarga biriktirishda ularning sirtiga markazlash yo‘li bilan biriktirish- ga to‘g‘ri keladi. Agar iloji bo‘lsa, biriktirilayotgan material sirtida teshik ochish yoki chuqurcha qilish yo‘li bilan payvandlansa, markazlash oson bo‘ladi. Vtulkalarni material sirtiga yoki ochilgan teshikka o‘tkazib payvandlansa, u markaziy o‘qda og‘ib qo- lishi mumkin (50-rasm).
    50-rasm
    Ramalarni har xil materiallardan payvandlab olish mumkin. Ugolnikdan rama tayyorlashda uning tash- qi tomoni bir tekisda bo‘lishi uchun ugolnikning to- monlarini bir tomonga qilib payvandlanadi (51rasm). Ko‘proq 1ko‘rinishdagi kabi 45° da uchma-uch qi- lib payvandlash qo‘llaniladi, yana uning tomonlari- ni 2—4 ko‘rinishdagi kabi kesib, bir-biriga kiydirib payvandlash ham, 5 ko‘rinishdagi kabi yumaloq qilib payvandlash ham mumkin. Tomonlar 45° qilib kesib, 6ko‘rinishdagi kabi biriktirilsa, mustahkam chok oli- nadi. Ugolnikning tomonlarini 7—12 ko‘rinishdagi kabi biriktirilsa, uning ko‘rinishi yaxshi chiqmay- di, lekin uni boshqa detallar bilan biriktirish oson bo‘ladi. Ugolnik tomonlarini aralash holda 13—18 ko‘rinishdagi kabi biriktirish mumkin. Ramalarning diagonalli birikmalarini 19—30 ko‘rinishidagi kabi biriktirish mumkin, 23 ko‘rinishdagi kabi biriktirish qiyin va mustahkam emas. 25—30 ko‘rinishdagi kabi ugolniklarni kesishtirib biriktirish biroz qiyinchilik tug‘diradi. 31—48 ko‘rinishda shvellerdan rama tay- yorlash ko‘rsatilgan. Ular ham ugolnikdan biriktirib tayyorlanadigan ramalar kabi biriktiriladi.
    Ramani quvurlardan ham tayyorlash mumkin
    (52-rasm). Bunda quvurlarni 45° burchak ostida ke- sib biriktirish keng qo‘llaniladi (1—12 ko‘rinish). Uning mustahkamligini oshirish uchun qo‘shimcha elementlar, masalan, beldamcha plastinkalar, shtamp- langan ugolniklar, sapfalar qo‘yib biriktiriladi. Rama- ning kesishgan qismida quvurni shakldor qilib kesib biriktiriladi (13—18 ko‘rinish). Yana har xil mufta (16 ko‘rinish), shakldor moslamalarni (17 ko‘rinish) qo‘llash mumkin.


    1 2 3 4 5 6


    7 8 9 10 11 12



    13 14
    15 16
    17 18



    19 20 21 22 23 24





    25 26


    27 28


    29 30


    31 32
    33 34
    35 36



    37 38 39 40 41 42
    43 44 45 46 47 48
    51-rasm



    13 14
    15 16 17 18
    52-rasm



    Nazorat uchun savollar

    1. Payvand birikma olishda nimalarga e’tibor beriladi?

    2. Payvand birikma olish turlarini ayting.

    3. Payvand birikmaning mustahkamligi qanday oshiri- ladi?

    4. Yoy va gazda payvand birikma olishning o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.

    5. Kontakt payvand birikmasini olishda nimalarga e’tibor beriladi?

    6. Har xil shakldagi materiallarni biriktirishning o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsating.

    7. Ugolnik va quvurlarda birikma olishda nimalarga e’tibor beriladi?





        1. BOB.

    Download 5.34 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




    Download 5.34 Mb.