Maxsus, kasb-hunar




Download 5.34 Mb.
bet2/39
Sana26.08.2022
Hajmi5.34 Mb.
#25420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

BIRIKMA HOSIL QILISH

    1. Payvandlash tasnifi


Payvandlash — biriktirilayotgan qismlar o‘r- tasida o‘zaro atom bog‘lanishini, qisman yoki umu- man, qizdirib va plastik deformatsiyalab yoki ikkala usulni birgalikda qo‘llab, ajralmaydigan birikma ho- sil qilish jarayonidir. Payvandlashda biriktirilayotgan qismlar o‘rtasida qattiq jism yoki suyuqliklar ato- mi, ionlari va molekulalar uchun xarakterli bo‘lgan bog‘lanish o‘rnatiladi. Elementar zarracha va mole- kulalarning bog‘lanishi kovalentli, ionli, molekular va metalli bo‘lishi mumkin.
Kovalentli va ionli bog‘lanish tabiatan kimyo- viy bog‘lanish bo‘lib, metallarni metall bilan pay- vandlashda hosil bo‘ladi. Molekular bog‘lanish bo‘shroq bo‘lib, plastmassalarni payvandlashda ho- sil bo‘ladi. Metalli bog‘lanish kristall jismlar uchun xarakterli bo‘lib, u metallarni payvandlashda hosil bo‘ladi. Ikkita qattiq jismni biriktirish va bir butun ajralmas jism olish uchun ularning atomlari orasida bog‘lanishni o‘rnatish kerak. Metalli bog‘lanishni hosil qilish uchun ularning atomlarini kristallanish panjarasi parametriga teng masofaga keltirish ke- rak. Bunga metallning o‘ta qattiqligi, yuzasining notekisligi, har xil gazlar va iflosliklarning borligi xalaqit berishi mumkin.
Metall yuzasiga tashqi bosim berib deformatsi- yalanganda, yuza g‘adir-budurligi tekislanadi, yuza har xil oksidlanish va iflosliklardan tozalanadi, nati- jada, atomlar o‘zaro bog‘lanib, payvandlanish hosil bo‘ladi.
Payvandlashni tasniflash uchun quyidagi belgilar olingan: fizikaviy, texnikaviy, texnologik.
Fizikaviy belgisi bo‘yicha payvandlash uchta sinfga bo‘linadi: termik, termomexanik, mexanik. Termik sinfga elektr yoki kimyoviy energiyani issiq- lik energiyasiga aylantirib qo‘llaniladigan payvand- lash turlari: yoy yordamida, elektr-shlak usulida, plazma oqimi, yorug‘lik nuri, induksion isitkich, gaz alangasi va lazer yordamida payvandlash kiradi. Ter- momexanik sinfga biriktirilayotgan qismni qizdirish uchun har xil manbalarni qo‘llovchi payvandlash: kontaktli, gaz-pressli, diffuziyali kabi payvandlash turlari kiradi. Mexanik sinfga mexanik energiya va bosimni qo‘llovchi payvandlash: sovuq holda, port- latib, ultratovushli, ishqalanish vositasida payvand- lash kiradi.
Metallni himoya qilish havoda, vakuumda flyus qatlami ostida, flyus bo‘yicha, ko‘pik ichida va kom- binatsiyalashgan himoyadan foydalanib payvandlash turlariga bo‘linadi. Himoya muhiti sifatida aktiv gaz- lar (karbonat angidrid, azot, vodorod, suv bug‘i, aktiv gazlar aralashmasi), inert gazlar (argon, geliy, argon va geliy aralashmasi), shuningdek, inert va aktiv gaz- lar aralashmasidan foydalanish mumkin.
Jarayonlarning uzluksizligi bo‘yicha uzluksiz va
uzlukli payvandlash turlari, mexanizatsiyalashganlik darajasi bo‘yicha qo‘lda payvandlash, mexanizatsi- yalashgan, avtomatlashtirilgan va avtomatik pay- vandlash turlariga bo‘linadi.

Download 5.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 5.34 Mb.