• Diffuziyali payvandlash
  • Asosiy payvandlash turlari




    Download 5.34 Mb.
    bet3/39
    Sana26.08.2022
    Hajmi5.34 Mb.
    #25420
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
    Bog'liq
    19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
    3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

    Asosiy payvandlash turlari

      1. Sovuq holda payvandlash


    Metallarning ajralmas birikmasini olishning eng sodda yo‘li sovuq holda payvandlashdir. Bunda ikki- ta payvandlanayotgan qismlarni ularni qizdirmasdan katta yuklanish ostida o‘zaro deformatsiyalab amal- ga oshiriladi. Metallni sovuq holda payvandlashni suyuq azot haroratida ham amalga oshirish mum- kin. Metallarga xos bo‘lgan atomlar orasidagi metall bog‘lanish, deformatsiya natijasida detallarni bir- biriga bir necha angstrem (10–8 sm) ga yaqinlash- tirganda, elektronlarning qo‘shilishi sodir bo‘ladi va atomlar orasida bog‘lanish kuchi paydo bo‘ladi. Nati- jada birikma hosil bo‘ladi. Sovuq holda payvandlash (1, 2a, b-rasmlar) metallni plastik deformatsiyalab, P kuch ta’sirida amalga oshiriladi. P kuch biriktirish


    ð


    Å Å


    ð
    à) b)



    1. rasm. Sovuq holda payvandlash usuli

    2. rasm. Sovuq holda payvandlash usuli

    yuzasiga normal yo‘naltiriladi, plastik deformatsiya esa yuzaga parallel bo‘ladi. Deformatsiyalanishning bunday yo‘nalishida yuqori qatlamning atomlari oson surilib, metall ichiga chuqurroq kiradi.
    Sovuq holda payvandlashga o‘ta plastik bo‘lgan metall va qotishmalar moyildir, jumladan: aluminiy, mis, kumush, oltin, nikel, platina, qo‘rg‘oshin, temir.
    Payvandlashdan oldin detal yuzalaridagi yirik g‘adirbudurliklar tekislanadi, maydalarini esa te- kislash shart emas. Sovuq holda payvandlashning asosiy afzalliklari: kam energiya sarflanadi, unum- dorligi yuqori, sodda va plastik metallar yaxshi pay- vandlanadi.
      1. Diffuziyali payvandlash


    Diffuziyali payvandlash bosim ostida payvand- lash turiga kiradi. Unda biriktirilayotgan yuzalardagi diffuziyali birikishda uzoq vaqt yuqori haroratda va kuchsizroq plastik deformatsiyalab amalga oshirila- di. Biriktirilayotgan yuzalar siquvchi kuch ta’sirida, atomlararo kuchlarning ta’sirlashuvigacha yaqinlash- tiriladi, metallni qizdirish esa plastik deformatsiyala- nishiga yordam beradi.




    1. rasm. Diffuziyali payvandlash jarayoni.

    Diffuziyali payvandlash jarayonini quyidagi uch- ta bosqichda ko‘rish mumkin:

    • birinchi bosqichda yuzalar orasida fizik kon- takt hosil bo‘ladi (3-a, b-rasm);

    • ikkinchi bosqichda kimyoviy bog‘lanish hosil bo‘ladi (3d-rasm);

    • uchinchi bosqichda kontakt zonasida hajmiy bog‘lanish hosil bo‘ladi(3e, f-rasm).

    Uchinchi bosqichda metallning qayta kristalla- nishi sodir bo‘ladi. Ya’ni metallni qizdirish natijasida plastik deformatsiya ta’sirida mustahkamlangan do- nalar qaytadan kristallanadi. Yuzada har xil ifloslik- larning bo‘lishi donalarning mustahkam birikishiga xalaqit beradi. Shuning uchun diffuziyali payvand- lashda mayda donalarning yirik donalarga aylanishi- ga xalaqit beruvchi jarayonlarning oldini olish kerak. Uni vakuumda bajarilsa, yaxshi natija beradi.
    Diffuziyali payvandlashning afzalligi shundan iboratki, biriktirish jarayonining hamma bosqichlari- da birikish zonasiga oraliq materialni kiritish mum- kin. Kiritilgan qo‘shimcha material biriktirish jarayo- nining o‘sha bosqichini osonlashtirish va tezlatishga yordam beradi yoki materialni chegaralab, hajmiy birikishini to‘xta tishi mumkin. Bu usul diffuziyali payvandlash imkonini kengaytiradi.
    Diffuziyali payvandlash maxsus dastgohlarda amalga oshiriladi (4-rasm). Ventil 2 da ulanuvchi suv bilan sovitiladigan vakuum kamerasi 1 ga payvandla- nayotgan detallar 6 qo‘yiladi. Nasoslar 3 yordamida vakuumdagi havo bosimi 10–2—10–5 mm simob ustu- niga keltiriladi.
    6
    3

    1. rasm. Diffuziyali payvandlash dastgohi

    Havo so‘rib olingandan so‘ng yuqori chastotali generator 4 ga ulangan indikator yordamida detallar qizdiriladi. Detallarni siqish gidrosistema 5 yordamida amalga oshiriladi. Siqish jarayoni detalni kerakli ha- roratda qizdirib bo‘lingandan so‘ng amalga oshiriladi. Siqib turish vaqti materialning payvandlanish xususi- yatiga, bosimga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Payvandlangan detallar vakuumda sovitiladi.


    Diffuziyali payvandlash jarayonining asosiy na- zorat qilinadigan ko‘rsatkichlari quyidagilardan ibo- rat: harorat, siqish bosimi, vakuum va detalni ushlab turish vaqti. Bir xil materiallarni diffuziyali payvand- lashda biriktirish harorati metallni eritish harorati- ning 0,5—0,7 qismiga teng bo‘ladi. Har xil tarkibdagi metallarni payvandlash harorati oson eruvchi metall harorati bo‘yicha olinadi. Payvandlash jarayonida haroratni ko‘tarish atomlar diffuziyasini tezlatish va kontakt yuzaning plastik deformatsiyasini yaxshilash
    uchun zarurdir. Payvandlashda payvandlash (ushlab turish) vaqtini o‘zgartirmay turib harorat ko‘tarilsa, birikma mustahkamligi ortib boradi. Siqish bosimi ma’lum miqdorgacha ko‘tarilsa ham birikma mustah- kamligi ortadi, ma’lum chegaradan so‘ng esa u ka- mayadi. Mo‘rt metallarni juda ham ko‘p vaqt ushlab turish birikish zonasida g‘ovaklar paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
    Diffuziyali payvandlashning afzalligi shundan iboratki, bunda payvandlash biriktirilayotgan detallar qalinligiga bog‘liq emas. Diffuziyali payvandlashda metall bilan metallmas materiallarni oson va sifatli payvandlash mumkin. Bu esa har xil uskuna detalla- rini, bimetallar va murakkab kompozit materiallarni payvandlash imkonini beradi (5a, b, d-rasm).




    1. rasm. Payvand choklarning asosiy turlari




      1. Download 5.34 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




    Download 5.34 Mb.