Maxsus, kasb-hunar




Download 5.34 Mb.
bet4/39
Sana26.08.2022
Hajmi5.34 Mb.
#25420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

Portlatib payvandlash


Portlatib payvandlash usuli portlashdagi havo to‘lqini zarbasiga asoslangan. 1 atmosfera bosimi amplitudali to‘lqindagi havo tezligi (170 m/s) 100 at- mosfera bosimli to‘lqin havoni 8 marta ortiq siqadi
va u 3 km/s tezlikda tarqaladi. Siqilgan to‘lqin port- lash yaqinida hosil bo‘lib, undan zarba to‘lqini ke- lib chiqadi. Zarba to‘lqini gazlardan tashqari qattiq jismni ham siqishi mumkin. Oddiy sharoitda vodorod yoki metan gazining kislorod bilan aralashmasi 10— 20 m/s tezlikda yonadi. Lekin kuchli uchqun chiqishi yoki portlash natijasida esa boshqa hodisa — deto- natsiya hosil bo‘ladi, ya’ni yonish tezligi 2000 m/s ga yaqin bo‘ladi.

Í
Qattiq portlovchi moddalarning detonatsiyasi esa undan ham yuqori bo‘lib, gazga nisbatan ko‘proq buzishga olib keladi. Eng ko‘p zichlangan trinitroto- luol (trotil) ning 1,5 g/sm3 ining detonatsiyasi 7—8 km/s ga teng bo‘ladi. Undan hosil bo‘lgan bosim 200 ming —300 ming kg • s/sm2, moddaning harakat tez- ligi detonatsiya tezligining 3/4 qismiga teng bo‘ladi. Shuning uchun portlash hodisasidan payvandlashda foydalanish mumkin ekan. 6 va 7-rasmlarda ikkita plastinkani portlatib payvandlash ko‘rsatilgan. Asos 5 ga birinchi plastinka 4 qo‘zg‘almas qilib o‘rnatiladi (6-rasm). Ikkinchi plastinka 3 birinchisining yuzasiga



h

Sm

Sn
5

  1. rasm. Plastinkalarning uni portlatib payvandlashdan oldingi ko‘rinish sxemasi


Í
nisbatan h balandlikka o‘rnatiladi. Portlovchi zaryad 2 ni plastinka 3 ustiga H qalinlikda joylashtiriladi. Payvandlashga tayyorgarlik tugagandan so‘ng port- lovchi modda elektrodetonator 1 yordamida portla- tiladi. Plastinka 3 yuzasi bo‘ylab hosil qilingan zar- ba to‘lqini yuqori bosim va tezlikka ega bo‘lib, uni ʋn tezlikda ikkinchi plastinkaga uradi. Yuqori tezlik va bosimga ega bo‘lgan detonatsiya to‘lqini ikkin- chi plastinka 3 ning bir tomonini birinchi plastinka 4 ga ʋn tezlikda yopishtiradi (7-rasm). Payvandlash

n

m

h
4



  1. rasm. Plastinkalarning uni portlatib payvandlangandan keyingi ko‘rinish sxemasi

jarayonida irg‘itilayotgan plastinka ikki marotaba egiladi: birinchi zona — bunda portlash moddasi ʋn tezlikda yuqorigi plastinkaning to‘g‘ri qismini qo‘zg‘almas qismiga uradi, egilgan qism esa port- lash to‘lqini tezligida egiladi, bu vaqtda portlovchi moddaning bir qismi portlamagan bo‘ladi. Shuning uchun qo‘zg‘almas va yuqorigi plastinalar orasida- gi portlashning farqi hisobiga burchak hosil bo‘lib, yopisha boshlaydi. Zarba bo‘lgan joyda 20 ming — 150 ming kg • s/sm2 bosim hosil bo‘ladi.


Portlatib payvandlashning yaxshi tomonlari bor- ligi uchun kengroq qo‘llanilmoqda: qisqa vaqt ichida (10–5 — 10–6 s) kerakli maydonni biriktirish mumkin; bir xil yoki har xil turdagi materiallarni payvandlash mumkin (metallar, bimetallar, tolali va kompozit ma- teriallar, kukundan monolit metall olish).
Payvandlash jarayonini havoda, suvda va vaku- umda amalga oshirish mumkin. Portlatib payvandlash yordamida uglerodli konstruksion po‘latlar, legirlan- gan po‘latlar, mis, aluminiy va ularning qotishmalari, niobiy, vana diy, sirkoniy, palladiy va boshqalarning qotishmalari ham yaxshi payvandlanadi. Portlatib payvandlash, asosan, suv ostidagi uzatuvchi quvurlar- ni ulashda keng qo‘llaniladi (8-a, b, 9-a, b-rasmlar).


a)
b)

  1. rasm. Quvurlarni portlatib payvandlash sxemasi

Yuqori sifatli payvandlash birikmasini olish, birikma chegarasida defekt qatlamining hosil bo‘lmasligini ta’minlash uchun payvandlashning quyidagi texno- logik ko‘rsatkichlariga qat’iy amal qilinadi:






  1. rasm. Quvurlarni portlatib payvandlash sxemasi




Portlashning optimal rejimini aniqlash uchun be- rilgan oraliqni o‘zgartirib, irg‘itish tezligi o‘zgartiriladi va bir necha marta portlatib tekshiriladi. Olingan chokning mexanik xossalari aniqlanadi va eng maq- buli qo‘llaniladi.

    1. Download 5.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 5.34 Mb.