Ultratovushli payvandlash




Download 5.34 Mb.
bet5/39
Sana26.08.2022
Hajmi5.34 Mb.
#25420
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

Ultratovushli payvandlash


Ultratovushli payvandlash, asosan, mikro- elektrotexnika, asbobsozlik, plastmassadan mahsu- lot ishlab chiqarish, klinikada biologik to‘qimalarni biriktirishda keng qo‘llaniladi. Ultratovushli pay- vandlash yordamida yupqa va o‘ta yupqa plyonkalar o‘tkazgichlarga; yupqa folgalar har qanday qalinlik- dagi detalga payvandlanadi; folga paketlari, sintetik
to‘qimalar, plastmassa metallga payvandlanadi. Bu usul bilan yuzalarida har xil iflosliklar, qoplamalar bo‘lgan detallarni ham payvandlash mumkin.
Biriktirilayotgan materiallarni erish nuqtasidan pastroq haroratgacha qizdirish kimyoviy aktiv ma- teriallarni, tarkibi turlicha bo‘lgan qiyin payvandla- nuvchi materiallarni payvandlash imkonini beradi. Ultratovushli payvandlash jarayoni yuqori chastotali tebranishlarni surish ta’sirida hosil bo‘ladigan, katta bo‘lmagan ezuvchi kuchlanish va issiqlik samarasi na- tijasida amalga oshadi. Shuning uchun birikish joyida detal yuzalarining plastik deformatsiyalanishi kuzati- ladi. Bunda yuzaning ezilishi 5—15 % dan ortmaydi.
Ultratovushli payvandlash jarayonining mazmuni shundan iboratki, ultratovushli chastotaning va katta bo‘lmagan bosimning detalga birgalikdagi ta’siri aj- ralmas birikma hosil qiladi. Metallni bo‘ylama tebra- nishli ultratovushli payvandlash sxemasi 10-rasmda


Ð
Å (2288kHz) 7

4
5 3 2
6
1
8
Å ~ (5508)

  1. rasm. Ultratovushli boylama payvandlash sxemasi

keltirilgan. Generator ishlab chiqqan ultratovushli chastotaning 22—88 kHz elektr tebranishlari sterjen 3, qo‘zg‘aluvchan o‘ram 7 ga beriladi va magnitli o‘zgartiruvchi 1 tebranuvchi 2 yordamida mexanik tebranishga aylanadi. Tebranuvchi 2 ga payvandlash asbobi 4 o‘rnatilgan bo‘lib, detal 5 ga ta’sir etadi. Mexanik tebranishlarning bir qismi issiqlik energi- yasiga aylanib, biriktirilayotgan detallarning birikish oralig‘ini 700—800°C gacha qizdirib yuboradi. Kon- takt zonasida issiqlikning ajralib chiqishiga asosiy sabab ishqalanishning borligi va plastik deformatsiya natijasidir. Payvandlash jarayonida qizish harorati, asosan, material xossasiga va payvandlash rejimiga bog‘liq bo‘ladi.
Payvandlash oralig‘ida mexanikaviy tebranish- ni bir xillashtirish va biriktirilayotgan detallarning qizdirilgan yuzalarini jipslashtirish uchun detallarni payvandlash asbobi 4 va tayanch 6 orasida P kuch bilan eziladi.
Metallarni ultratovushli payvandlashda yuqo- ri chastotali tebranishlar yuqori chastotali gorizontal mexanik siljish ko‘rinishida perpendikular holda ish- chi asbobga beriladi. Plastmassani payvandlashda esa mexanik tebranishlar va bosim bir xil yo‘nalishda, ya’ni payvandlanayotgan yuzaga perpendikular yo‘nalishda beriladi (11-rasm). Bunda elektr tebra- nishlar magnitli tebratkich yordamida mexanikaviy tebranishlarga o‘zgartiriladi. Bu magnitning siljitish effektiga asoslangan. Bu effektning mazmuni shundan iboratki, ferromagnit materialdan tayyorlangan ster-




  1. rasm. Plastmassani ultratovushli payvandlash sxemasi

jenga qo‘zg‘atuvchi sim o‘rami o‘ralgan bo‘lib, undan 22—88 kHz chastotali o‘zgaruvchan tok o‘tkazilsa, shunday chastotada sterjen ham tebranadi.
Ultratovushli payvandlashning asosiy ko‘rsat- kichlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:

    • tebratuvchi uchining tebranishlar amplitudasi – E;

    • tebranishlar chastotasi – ξ;

    • ultratovushni berish davomiyligi – payvandlash vaqti – t;

    • bosim kattaligi – P.

Ularning qiymatini to‘g‘ri tanlab olish payvand- langan birikma mustahkamligiga ta’sir etadi. Teb- ranishlar amplitudasining optimaldan ortishi pay- vandlanayotgan materialning qizishiga, ezilishiga va
defekt hosil bo‘lishiga olib keladi, natijada chokning mustahkamligi kamayadi. Tebranishlar amplitudasi- ning optimaldan kamayishi esa chokning mustahkam- ligini kamaytiradi, bunda chokka yetarlicha energiya berilmagan bo‘ladi.
Ultratovushli payvandlashda ishchi bosqich, ya’ni payvandlash bosimini o‘rnatish, ultratovushni ulash, payvandlash, ultratovushni uzish, bosimni olish ket- maketligini aniq bajarish asosiy rol o‘ynaydi.
Ultratovushli payvandlash jihozi quyidagilardan iborat: elektr tebranishlar generatori, uning tebra- nishlar quvvati va chastotasi detal turi va o‘lchamiga bog‘liq holda olinadi; tebratish tizimi, uning tarkibi- ga magnitli titratkich, tebratish transformatori, to‘lqin uzatuvchi asbob kiradi; siqish mexanizmi, u prujinali, yukli, pnevmatik, gidravlik bo‘lishi mumkin; impuls vaqtini boshqaruvchi — vaqt relesi; payvandlanayot- gan detal va asbobni biriktiruvchi qurilma; nazorat qu- rilmasi. Payvandlash ultratovushli generatorning chi- qish quvvati va chastotasining oralig‘ida aniqlanadi, ya’ni 40—2,5 W va 18—88 kHz (mos ravishda).
Ultratovushli payvandlashda quyidagi plastmas- salarni ham payvandlash mumkin: poliamid, qat- tiq va yumshoq polietilen, polipropilen, polistirol va h.k., plastmassalar, ya’ni 33% shisha tolasidan iborat bo‘lgan termoplastik materiallar. Ularni pay- vandlashda quyidagi ko‘rsatkichlarni tanlab olinadi: umumiy payvandlash vaqti t = 0,15–6 s (payvand- lashning davomiyligi tS = 0,05–3 s), uzlukli payvand- lanadi; uzluksiz payvandlashda vS = 2–1500 sm/min,
umumiy vaqt t = 0,15–1 s (payvandlash davomiyligi tS = 0,1–0,5 s).

    1. Download 5.34 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 5.34 Mb.