Elektron-nurli payvandlash




Download 5.34 Mb.
bet8/39
Sana26.08.2022
Hajmi5.34 Mb.
#25420
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
Bog'liq
19809-elektr-gaz-payvandlash-ishlari-asoslari
3.53.06.01Payvandlovchielektrgazpayvandlovchi, pourochnik, MBlab-3 jasur, 2 5399973595696869646 (копия), SH.QAYUMOV EKOLOGIYA (копия)

Elektron-nurli payvandlash


Elektron-nurli payvandlash turi har xil sanoat tar- moqlarida keng qo‘llanilmoqda. Chunki u ba’zi bir af-

zalliklari tufayli boshqa eritib payvandlash turlaridan farq qiladi. Elektron-nurli payvandlashning mazmuni shuki, bunda vakuumda tez harakatlanayotgan elekt- ronlarning kinetik energiyasidan foydalaniladi. Me- tall yuzasi elektronlar bilan bombardimon qilinganda, uning kinetik energiyasi issiqlik energiyasiga aylanadi (jarayon vaqtida quvvatning 0,9—0,96 qismi).

à
Elektron-nurli payvandlash sxemasi 17-rasmda keltirilgan. Elektron-nur oqimi 3 elektron to‘pida hosil bo‘ladi. Elektron to‘pi katod 1 ga ega bo‘lib, u yuqori haroratda qizdiriladi. Katoddan ma’lum bir masofada tezlatuvchi katodli elektrod (anod) 4 joy- lashgan. Katod 1 elektrod 2 da joylashgan. Katod- li va tezlatuvchi elektrodlar nurni dKR (krossover) ning minimal diametrigacha fokuslovchi geometrik






  1. 0
    rasm. Elektron-nurli payvandlash sxemasi




  1. rasm. Payvand birikma turlari

shaklga egadir. Payvandlash to‘pining tezlatuvchi elektrodidagi potensial energiya (tezlatuvchi kuchla- nish) 10—200 kV ga yetishi mumkin. Shuning uchun elektronlar katoddan anodga yetib borguncha yetarli tezlik va quvvat oladilar. Payvandlash to‘pi doimiy tok manbayidan tok oladi. Tezlatuvchi elektroddan so‘ng elektronlar bir tekisda harakatlanib, bir xil zar- yadga ega bo‘lgani uchun bir-biridan qochadi. Na- tijada nur diametri dP > dKR ortib, nur quvvatining zichligi kamayib ketadi.
Buni bartaraf qilish uchun birinchi anoddan elektronlarning chiqish joyida magnit maydonli lin- za 5 da fokuslanadi. Fokuslangan dFN-nur mahsulot 7 yuzasiga tushadi. Bunda metall yuzasi qizib eriy- di. Payvandlanayotgan chok bo‘ylab nurni magnitli og‘dirish tizimi 6 yordamida siljitiladi. Elektron- nur energiyasi yuqori zichlikka ega bo‘lib, uni keng oraliqda rostlash mumkin. Shuning uchun unda har qanday metall va qotishmani payvandlash mumkin. Payvandlanayotgan materialning qalinligi 0,01—100 mm bo‘lishi mumkin (18-rasm).
40—200 mm qalinlikdagi birikmalarni bir o‘tishda payvandlash mumkin. Ensiz va chuqur qilib eritib payvandlangani uchun elektron-nurli payvand- lashda energiya sarfi yoyli payvandlashdan 10—15 marotaba kamdir. Kam issiqlik kiritilishi esa mahsu- lotning deformatsiyalanishini ancha kamaytiradi.

    1. Download 5.34 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Download 5.34 Mb.