Mas’ul muharrir: Hamidulla Boltaboev, filologiya
fanlari doktori, professor
Taqrizchilar: Qozoqboy Yo’ldoshev, pedagogika fanlari
doktori, professor; Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Marg’uba Mirqosimova, pedagogika
fanlari doktori, professor.
1.-Mavzu: Kirish. Adabiy tanqid tarixining fan sifatida o’rganilishi.
Reja.
1. Adabiy tanqid - adabiyotshunoslikning asosiy tarkibiy qismlaridan biri sifatida.
2. Adabiy tanqidning spetsifik xususiyatlari.
3. Adabiy tanqid ilmiy-badiiy ijod namunasi sifatida.
4. Adabiy tanqidning janr xususiyatlari
5. Janr (fransuzcha genre - „koʻrinish“) - shakliy va tarkibiy xususiyatlar majmui bilan tavsiflanuvchi asar turi. Adabiy tanqidning boshk:a fanlar bilan aloqasi.
Tayanch so’zlar: tanqid, adabiyot, adabiyotshunoslik, tanqid metodologiyasi, metodologik asoslar, estetika, falsafa, matematika, tilshunoslik, psixologiya, meditsina, germenevtika, senergetika, ontologiya, aksiologiya, tahlil, talqin, sharx, adabiy tanqidning maqsad va vazifalari, adabiy tanqidning ilmiy-nazariy, badiiy-estetik, ijtimoiy-tarixiy va mafkuraviy asoslari, maqola, esse, ochiq xat, taqriz, adabiy maktublar, adabiy suhbat.
Ma’lumki, adabiyotshunoslik fani filologiyaning mustaqil, muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Uning tadqiq ob’ekti eng avvalo badiiy asardir. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. Maqola -publitsistik janr. M.da ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, il-gor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xoʻjaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Tilshonoslik yoki lingvistika tillarni oʻrganuvchi fandir. Tilshunoslikning amaliy va nazariy turlari mavjud boʻlib, nazariy tilshunoslik tilning strukturasi (grammatikasi) va uning maʼnosi (semantikasini) oʻrganadi. Asar (arab. - iz, qodsiq) - 1) bi-ror narsadan qolgan yoki undan darak beruvchi belgi; nishon, iz; 2) Muhammad (sav) dan qolgan barcha sunnatlar; 3) olim, yozuvchi, rassom, bastakor va boshqa ijodining mahsuli. Adabiyotshunslik adabiyotni tadqiq etish xususiyatiga ko’ra bir-biri bilan bog’liq bo’lgan, ayni chog’da farqlanib turuvchi uchta muhim tarkibiy qismdan tashkil topadi. Bular quyidagilardir: Adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid.
Badiiy so’zning ilk manbalaridan tortib turli yozuvlarda bitilgan adabiy, badiiy matnlarni, qo’lyozmalarni o’rganish adabiyot tarixining asosiy vazifasidir. Shunga ko’ra, adabiyotshunoslik eng avvalo adabiyot tarixi bosib o’tgan murakkab yo’lni, nazariy qarash va xulosalarning shakllanishi va taraqqiyot bosqichlarini ilmiylik va tarixiylik tamoyillari asosida sinchiklab o’rganadi. Binobarin, adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Adabiyotshunoslikning yana bir muhim tarkibiy qismi adabiyot nazariyasidir. Adabiyot nazariyasi badiiy asar poetikasiga oid barcha muammolarni ilmiy-nazariy asosda o’rganadi. Adabiyotning umumiy taraqqiyot qonuniyatlari, tur va janrlar tasnifi, obrazlar sistemasi, badiiy asar tuzilishi, badiiy til imkoniyatlari, metod va uslub kabi muammolar ham adabiyot nazariyasi doirasida o’rganiladi. Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Shuningdek, badiiylik printsip va tamoyillari, obrazlilik, estetik ta’sirchanlik, go’zallik va fojiaviylik printsiplarini o’rganish ham nazariy jihatdan muhim ahamiyatga ega.
Adabiyotshunoslik metodlar, adabiy ta’sirlar, milliy adabiyotlar aro aloqalar tarixi hamdir. Uning uch tarkibiy qismi-adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy tanqidaro o’zaro murakkab aloqa, bog’liqliklar mavjud.
Ta’kidlash zarurki, uch tarkibiy qismni hech qachon “sof” holda, birini ikkinchisi bilan bog’lamagan holda o’rganish mumkin emas. Folklorshunoslik adabiyotshunoslik bilan uzviy bog’lanib ketadi.
Matnshunoslik, manbashunoslik, bibliografiya ham adabiyotshunoslikning qo’shimcha qismlar, uzvlaridir.
Adabiy tanqid – adabiyotshunoslikning va muayyan ma’noda badiiy ijodning ham tarkibiy qismi. U adabiy jarayon “qozonida qaynaydi”: ham adabiyotshunoslik uchun material yig’adi, ham badiiy ijod qonuniyatlarini yaratilayotgan konkret asarlar asosida ilmiy-badiiy tahlil etadi. Adabiy tanqid mantiqiy xulosalar chiqarishga qaramay, sub’ektiv qarashlar yo’lidan boradi, betakror uslubdagi tanqidchilarni etishtiradi. Boshqacha aytganda, adabiy tanqidning o’zigagina xosligi fan va san’atni uyg’unlashtirishida ko’rinadi. Uning estetika, badiiy ijod bilan uzviy bog’liqligi betakror ijod turi ekanligini tasdiqlasa, falsafa, lingvistika, mantiq, matematika singari fanlar bilan bog’liqligi fan sifatidagi ildizini, samara sifatidagi natijalarini mustahkamlaydi. Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
Binobarin, ilmiy bilishga xos bo’lgan barcha xususiyatlar unga ham begona emas. Adabiy tanqid o’z spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib falsafa, tarix, estetika, mantiq, tilshunoslik, ruhshunoslik, matematika va boshqa ko’plab fanlar bilan izchil bog’langan. Adabiy tanqidning bu sohalar bilan aloqasi umumiylik va xususiylik kategoriyalarining dialektik birligi doirasidagi bog’lanishdadir. Lekin adabiy tanqid o’ziga xos ilm. U garchi adabiyotshunoslikning boshqa sohalari bilan qator mushtarakliklarga ega bo’lib, tadqiq ob’ekti bir bo’lsa-da, bir qator jihatlari bilan ulardan farqlanib turadi. Uning o’ziga xos jihati, eng avvalo, adabiy jarayonda yangilanayotgan ilmiy kontseptsiyalarni tezkorlik bilan aniqlash va ilmiy muammo sifatida qo’ya bilish, mazkur ilmiy muammolarning asosiy yo’nalishlari, taraqqiyot tamoyillarini belgilab berishda namoyon bo’ladi. Mazkur muammolarning echimi esa boshqa tadqiqotlarni taqozo qiladi. Shu jihati bilan adabiy tanqid boshqa tarkibiy qismlar, jumladan monografik tadqiqotlar va ilmiy-nazariy izlanishlar uchun xamirturush vazifasini o’taydi.
Adabiy jarayon faqat hozirda yaratilayotgan badiiy asarlar majmuidan iborat hodisa emas. Adabiy jarayon deganda, tinimsiz izlanish va harakatda bo’lgan yaxlit bir butun faoliyat, o’zida insoniyat tomonidan yaratilgan boqiy durdonalar, jamiki nazariy qarashlarni mujassamlashtirgan badiiy, ilmiy-ijodiy jarayon nazarda tutiladi.
Bilamizki, ilmiy bilish ijod asosida amalga oshiriladi. Muammoga ijodiy munosabat bo’lmasa fanda kashfiyotlar bo’lmaydi. Ilmiy bilish metodologiyasida ijod ikkiga – ilmiy ijod va badiiy ijodga ajratiladi11
Ilmiy ijodda ilmiy tafakkur etakchilik qiladi. Aniq fanlarda, shuningdek, ijtimoiy soha fanlarida, jumladan, adabiyotshunoslikning adabiy tanqiddan boshqa sohalarida ham ilmiy g’oyalarni ifodalashda aniqlik va qisqalikka intilish, nazariy umumlashmalar chiqarish – bular barchasi mutaxassislarga tushunarli ilmiy til va atamalar orqali ifodalanadi.
Badiiy ijodda hissiy bilish etakchilik qiladi. Obrazlilik – uning asosiy xususiyati. Ifoda usulida esa badiiy til imkoniyatlari, turli badiiy tasvir vositalari, poetik ko’chimlar obrazlilikni ta’minlovchi asosiy unsurlardir.
Adabiy tanqidning muhim o’ziga xos jihati uning ilmiy ijod bilan badiiy ijodga birdek daxldor ekanligidadir. Bir so’z bilan aytganda, adabiy tanqid ilmiy tafakkurning obrazli shaklidir.
Bugungi kun tanqidchiligida talqin nazariyasi-germenevtika, baholash nazariyasi-aksiologiyaning amaliyotda qo’llanila boshlashi badiiy ijodni o’rganish muammolarining yangidan-yangi qirralariga e’tiborni kuchaytirdi. Germenevtika G’arb va Sharq estetikasi aro uzilishni emas, aksincha azaliy bog’liqlikni tasdiqlaydi.
Zero, har bir yangi narsa birmuncha unutilgan eskilikdir, degan hikmat germenevtika qadrining namoyon bo’lishida yana bir bor tasdiqini topadi. Izoh, sharh, talqin, tafsir, ta’vil singari matn va muammoni chuqurlashtirib, kengaytirib idrok etish va baholash Sharq adabiy- tanqidiy tafakkurida azaldan mavjud edi. Endi ular g’arb va ovrupo tanqidchiligida yangi zamonning yangi sifat belgilari bilan yanada to’yinib, boyib, adabiy jarayon, badiiy asarlarga munosabatda, ularni baholashda yangi- yangi talablarni o’rtaga qo’ymoqda.
Tanqidchi va tanqidchilik ma’nolari sharq mumtoz adabiyotida zurafo, urafo, dabir singari atamalar bilan nomlanib kelganining o’ziyoq germenevtika va aksiologiyaning qator qirralari hamda maqsadlari noziktab salaflarimizga ma’lum bo’lganini ko’rsatadi.
Badiiy asarga biografik, genetik, ontologik, tarixiy- funktsional yondashuvlar qadriyat qimmatni yoxud badiiy asarlarning uzoq yashovchanligi sir-sinoatlarni ochib berdi. Ayrim asarlarning davrlar, zamonlar sinovidan o’ta olmasligi sababini ko’rsatdi.
Adabiy tanqid metodologiyasi muammolari Aristotel, Platon, Farobiy, ibn Sino, Beruniy, imom G’azzoliy, az-Zamaxshariy, Kant, Gegel, Freyd, Xaydegger asarlarida teran ishlangani ma’lum.
Adabiy tanqid badiiy asarni shunchaki tahlil etish, baholash emas, uni retseptiv (qabul qilish) estetika nuqtai nazaridan his etib, fikr yuritishni, badiiy ijodni bir emas -turlicha-realizm, strukturalizm, ekzistentsializm singari metodlarni qo’llagan holda keng yoritishni talab qilmoqda. Realistik, modern, absurd yo’nalishida yaratilayotgan asarlar zamini yuqorida sanalgan metodlarga begona emasligi ayon bo’lmoqda.
Ushbu qo’llanma o’zbek tanqidchiligi yaqin yuz yil ichida bosib o’tgan yo’lni bakalavr talabalar extiyojini nazarda tutgan holda ilmiy-nazariy yoritishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Qo’llanmada yangi o’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi taraqqiyot tamoyillari asosan to’rt muhim davrga bo’lib o’rganiladi va har bir davrni o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni ilmiy-nazariy tahlil etuvchi umumlashma kuzatishlar beriladi.
Ma’lumki, shu vaqtgacha badiiy adabiyot va u bilan bog’liq muammolar haqida fikr yuritilganda, bizda, ayniqsa, darslik va qo’llanmalarda asar haqidagina va qisman yozuvchi hayoti haqida fikr yuritish bilan cheklanildi. Adabiy-tanqidiy asarlar, fikrlarga munosabat bildirilsada, tanqidchi hayoti, ijod yo’li haqida gapirish e’tibordan chetda qolib keldi.
Ushbu qo’llanmada tanqidchi asarlarini keng va atroflicha tahlil etish, taraqqiyot tamoyillarining etakchi xususiyatlarini ko’rsatishdan tashqari, shularni shakllantirgan munaqqidlarning hayoti va ijod yo’li haqida ham muxtasargina tahliliy ma’lumot berish ma’qul topildi.
Shu ma’noda qo’llanmaga turli davrlarning eng etakchi o’zbek munaqqidlari portretlari kiritildi.
Davrlashtirish masalasiga har bir davrning adabiy tanqiddagi o’ziga xos etakchi xususiyatlarini ilmiy yoritish asos qilib olinganidek, munaqqidlar siymosining tanlanishi, yoritilishi, ular ijodining tahlil etilishiga ham ularning hozirgi o’zbek adabiyoti va tanqidchiligi ravnaqi hamda tamoyillarining qaror topishidagi xizmatlarining ilmiy nazariy ahamiyati asos qilib olindi.
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:
1. A.Rasulov. "Tanqid, tahlil, baholash." -T.: "Fan" 2006 yil
2. B. Karimov. "Abdulla Qodiriy" –T.: "Fan" 2006 yil
3. Sharafiddinov O. "Ijodni anglash baxti" -T.: "Shark:" 2004 yil
4. Safarov O,. Yuldoshev B, Ahmedova Sh. "Uzbek adabiy tanqidchiligi tarixi" Bux DU 2003 yil
5. Rahmonov B. "O’zbek adabiy tanqidchiligi" -T.: "Yangi asr avlodi" 2004 yil
6. A.Rasulov. "Ilmi g’aribani qo’msab" -T: 2002 yil
2-mavzu. Mumtoz davr tanqidchiligidagi etakchi tamoyillar.
Reja.
1. Adabiy tanqidning fol’klor namunalarida o’ziga xos namoyon bo’lishi.
2. Forobiy, Ibn Sino, Qays Roziy kabi mutafakkirlar ijodida ilmiy-nazariy qarashlar.
3. A.Navoiyning "Majolis un-nafois" asaridagi ilmiy-estetik qarashlar.
4. "Ilmi nahada", "Ilmi Fariba" kabi ko’plab talqin namunalari haqida ma’lumot.
Tayanch so’zlar: mumtoz adabiyot, ilmi nahada, ilmi Fariba, zurafo, urafo, dabir, tazkira, mushoira, suhbat.
Adabiy tanqid adabiyotning o’zi kabi qadimiydir. Adabiyot paydo bo’libdiki, uning tahlilchisi, baholovchisi bo’lgan adabiy tanqidiy qarashlar ham mavjud. Bu tipdagi adabiy tanqidiy tafakkur xalq og’zaki ijodi namunalaridayoq o’z borlig’ini namoyon qilgan. Xalq - bu odamlar jamoasi boʻlib, ularning tili, madaniyati, sanʼati, dini boshqa jihatlarini birgalikda aks ettiradi. Xalq tushunchasi keng boʻlib jihatlari bilan birlashtiriladigan odamlar yigʻindisiga aytiladi.
Turli adabiy suhbatlar, qissaxonlik davralarida, og’zaki tarzda ham badiiy asar talqiniga katta e’tibor qaratilgan. Badiiy asar poetikasi yohud mazmuniga oid turli-tuman og’zaki sharhlar ham adabiy tanqid rivojiga munosib hissa qo’shdi. Pay - biriktiruvchi toʻqimadan iborat pishiq tuzilma. Shakli va uzunligi (lenta yoki plastinka) har xil; muskullar P. yordamida suyaklarga birikadi. P.ning pishiq yoki choʻziluvchanligi, qayishqokligi u paydo boʻlgan biriktiruvchi toʻqimaga bogʻliq. P.
Mumtoz adabiyot namunalarida adabiy-tanqid va estetik qarashlar ko’p hollarda badiiy asar tarkibida maxsus bob yoki boshqa shaklda o’z ifodasini topgan.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” (X! asr), A.Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq” (X111 asr), A.Navoiyning “Xamsa” asarlarida badiiy so’z bilan bog’liq bo’lgan ko’plab adabiy-estetik qarashlar bayon etilganligini kuzatish mumkin.
Jumladan, Alisher Navoiy “Farhod va Shirin” dostonining IV bo’limida qalam vasfi haqida fikr yuritib, uning ijod jarayonida tutgan o’rnini faxr bilan tasvir etadi. Bu vasf faqat qalamga tegishli bo’lmay, u orqali shoir ijod jarayoni va uning poetik qudrati haqida o’zining adabiy-estetik qarashlarini ilgari surayotganligini ko’rishimiz mumkin.
A.Navoiy qalam vositasida yuz ochayotgan ijod jarayonini chopqir otga, xushovoz qushga, yuzlab ma’nolar jo bo’lgan, xazinaga, duru javohir, bulbulga, xullas inson vujudini junbushga keltiruvchi ishq axbobiga duchor qiluvchi buyuk kuchga qiyoslaydi. Abdurahmon Jomiyga bag’ishlangan faslda esa shoir dilini ma’no dengizining eng chuqur joyiga, she’riyatini esa ushbu dengizdagi ulkan gavharga qiyoslab, uning har bir so’zida yanada yuksak ma’no dengizi namoyon deb ta’rif beradi.
Sayfi Saroyining “Jahon shoirlari, ey gulshani bog’” deb nomlanuvchi masnaviysida ham she’r yaratish mashaqqatlari, qonun-qoidalari haqidagi ta’rif aslsida muayyan adabiy estetik qarashlar ilgari suriladi.
Z.M.Boburning “Boburnoma” asaridagi Alisher Navoiy ijodini xarakterlovchi “Alisherbek naziri yo’q kishi erdi. Turkiy til bila to she’r aytibturlar, hech kim oncha ko’p va xo’b aytg’on ermas” kabi fikrlari qisqa talqin orqali shoir ijodining butun mohiyatini (“ko’p va xo’p”) joylay olishi bilan xarakterlidir. Turkiy tillar - hozirgi va qad. turkiy xalqlar va elatlarning tillari. Asosan, Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Rossiya Federatsiyam, XXR, Afgʻoniston, Eron, Tojikistonda, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya, Ukraina, Germaniya, Kipr, Makedoniya, Albaniya, AQSH, Saudiya Arabistoni va boshqa bir kancha mamlakatlarda tarqalgan.
Albatta, badiiy asar tarkibida keluvchi bu kabi fikrlar adabiy-tanqid namunasi bo’lolmaydi, biroq ijodkorning adabiy estetik qarashlarini ifodalovchi vosita sifatida baholanishga loyiq kuzatishlardir. Ayni chog’da bu kabi namunalar o’sha davr adabiy-estetik hayoti haqida muayyan tasavvur hosil qiladi.
Shuningdek, mumtoz adabiyotimizda ko’p uchraydigan devonlarning debochalarida ham asarning yaratilishi, janri, nomlanishi sharhi, poetik xususiyatlari haqidagi qarashlar ifolanganki, bu ham mumtoz adabiy estetik qarashlarning o’ziga xos namunalaridandir. Ijodkorlarning o’z ustozlariga bo’lgan ehtiromlarini ifodalovchi faxriyalarda ham muayyan adabiy-estetik qarashlar ifodalanadi. Muayyan davr adabiy muhiti, ijodkorlar hayoti va ijodi haqidagi qarashlarni ifodalovchi risolalar ham mumtoz adabiy tanqidchiligining o’ziga xos namunasi deyish mumkin. Shu jihatdan Husayn Bayqoraning “Risolai Husayn Boyqaro” asari xarakterlidir. Risolada XV asrning ikkinchi yarmidagi adabiy muhit, shuningdek davrning zabardast ijodkorlari bo’lmish Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy hayoti ijodiga oid qimmatli qarashlar o’z ifodasini topgan. Jomiy (taxallusi; asl ism-sharifi Nuriddin Abdurahmon ibn Ahmad) (1414.7.11, Jom - 1492.8.11, Hirot) - fors-tojik shoiri, naqshbandiylik tariqatining yirik vakili. J.ning otabobolari asli Dashtdan boʻlib, Jomda, keyinchalik Hirotda hayot kechirishgan. J.
Mumtoz adabiyotshunosligimizda adabiy tanqidning o’ziga xos namunalaridan biri tazkiradir. Tazkira muayyan bir davrga xos adabiy muhit va shu muhitda yashab ijod etgan mashhur ijodkorlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi asardir. Tazkiralarni ijodkorlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beruvchi o’ziga xos antologiya desa ham bo’ladi.
Mumtoz adabiyotda tazkira yozish tarixi qadimiy bo’lsa-da, uning yuksak namunalari XV asrda yaratildi. Shu jihatdan Davlatshoh Samarqandiyning fors-tojik tilida yaratilgan “Tazkirat ush-shuaro”, Alisher Navoiyning turkiy tilda bitilgan “Majolis un-nafois” tazkiralari xarakterlidir. Alisher Navoiy o’z tazkirasida XV asrda yashab ijod etgan 450 dan ziyod ijodkorlar hayoti va ijodi haqida ma’lumot beradi. A.Navoiy o’z tazkirasida ijodkorlar hayoti va ijodi haqida faqat ma’lumot berib qolmay, balki ular ijodining poetik qimmati yoki badiiy zaif qirralarini tahlillar bilan asoslab beradi.
Umuman Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir, ayni chog’da etuk adabiyotshunos olim va munaqqid sifatida “Majolis un-nafois” dan tashqari “Xamsatul-mutaqayyirin”, “Muhokamatul – lug’atayn”, “Nasoimul muhabbat” kabi asarlarida o’z adabiy-estetik qarashlarini zamonasining etuk shoirlari Jomiy, Lutfiy, Husayniy kabi ko’plab ijodkorlar ijodi tahlili asosida ifodalangan.
Mustaqil o’qish uchun adabiyotlar:
1.Valixo’jaev B. O’zbek adabiyotshunosligi tarixi. –T.: O’zbekiston, 1993.
2.Qudratullaev H. Navoiyning adabiy estetik olami, -T.: G’.G’ulom nomli NMB, 1991.
3.Boboev T. O’zbek adabiy tanqidi tarixi (ma’ruzalar matni), -T.: 2001.
4.Rasulov A. Ilmi g’aribani qo’msab. –T.: 2002.
3-mavzu. XX asr tanqidchiligining taraqqiyot tamoyillari.
Reja.
1. Yangi tipdagi adabiy tanqid vujudga kelishi va matbuot.
2.Adabiy tanqid davrlashtirish printsiplari.
3.Adabiy tanqidda shaxsga sig’inish va siyosiy – mafkuraviy qarashlar. Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.
4.Adabiy tanqidda badiiy mahorat muammolari.
5.Istiqlol davri tanqidchiligidagi etakchi tamoyillar.
Tayanch so’zlar: “harakatdagi" estetika, professional tanqid, shaxsga sig’inish, mafkuralashish, davrlashtirish, badiiy mahorat, baholash, vulgar sotsiologik, nigilistik, konfliktsizlik, metod, uslub, uslubiy o’ziga xoslik, konflikt, xarakter, syujet, kompozitsiya, tanqid, tahlil, etakchi tamoyillar, baxs-munozara, ochiq xat, suhbat, yangicha tafakkur tamoyillari, modernistik qarashlar.
Yangi o’zbek tanqidchiligi mumtoz o’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligining uzviy davomi sifatida maydonga keldi. Uning vujudga kelishida ko’plab omillar rol o’ynadi. Bu omillarni shartli ravishda ikkiga- tashqi va ichki omillarga ajratish mumkin. Odatda yangi tipdagi adabiy tanqid tarixini o’rganuvchi manbalarda ko’proq tashqi omilga e’tibor qaratilganligini kuzatish mumkin.
Jumladan, O.Safarov, B. Yo’ldoshev, Sh.Ahmedovalar qalamiga mansub “O’zbek adabiy tanqidchiligi tarixi” o’quv qo’llanmasida yangi tipdagi adabiy tanqidning paydo bo’lishida milliy uyg’onish harakati, jadid adabiyoti, ayniqsa, dramaturgiya va teatrchilik sohasidagi o’zgarishlar va birinchi navbatda matbuotning roliga katta e’tibor qaratiladi.1
B.Rahmonovning “O’zbek adabiy tanqidchiligi” nomli qo’llanmasida bu omillar quyidagicha ko’rsatiladi:
1. Boy adabiy meros, og’zaki va yozma adabiy tanqid an’analarining mavjudligi.
2. XX asr boshida yuzaga kelgan ijtimoiy-tarixiy sharoit.
3. Jadidchilik g’oyalari ta’sirida adabiyotning yangilanishi.
4. Adabiy-madaniy aloqalar, tashqi ta’sir2.
Muallif bu omillar orasida XX asr boshlarida yuzaga kelgan ijtimoiy-tarixiy sharoitning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratadi.
Albatta yangi tipdagi adabiy-tanqidiy qarashlarning yuzaga kelishida yuqorida qo’llanmalarda e’tibor qaratilgan omillarning ahamiyati katta.
Qarang:
1.Safarov, O, Yo’ldoshev,B. Ahmedova,Sh. O’zbek adabiy tanqidchiligi, BuxDU nashriyti,2003. 40-47 betlar.
2.Rahmonov,B. O’zbek adabiy tanqidchiligi, T.:, “Yangi asr avlodi”, 2004,19-20 betlar.
Ular tashqi omil sifatida muhim rol o’ynaydi. Biroq, adabiy tanqidning, umuman har qanday yangi tipdagi jarayonning vujudga kelishi va shakllanishida eng avvalo ichki omil hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini, mana shu ichki omilgina tashqi omilni ham harakatga keltiruvchi kuch ekanligini nazardan soqit qilmaslik zarur. Ichki omil sifatida eng avvalo tanqid tafakkuridagi evrilishlar, munaqqid “men”ining o’zligini, salohiyatini namoyon qila olish, ijtimoiy –adabiy, badiiy-estetik tafakkurdagi o’zgarishlarga o’z ta’sirini o’tkaza olishi nazarda tutiladi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, yangi tipdagi adabiy tanqidni vujudga keltirishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan ichki va tashqi omillar o’rtasida bir-biridan ajratib turadigan “Xitoy devori” yo’q. Bu omillar biri ikkinchisini taqozo etadigan, uzviy bog’langan jarayondir. Ularni bir-biridan farqlash shartli bo’lib, yangilanish, vujudga kelish tanqid “men”idan voqelikka qarab harakatlanuvchi kuch ekanligini inobatga olish zarur, xalos.
Yangi tipdagi XX asr adabiy tanqidchiligini davrlashtirishda ham masalaga shunday yondashish maqsadga muvofiq. Adabiy tanqid tarixini davrlashtirishda turli davrdagi ijtimoiy-siyosiy hayot bilan bog’liq holda emas, balki eng avvalo adabiy tanqidning ichki taraqqiyot qonunlaridan kelib chiqib davrlarga ajratish zarur. Albatta, tashqi omillarning ham muhim ahamiyati bor. Davrlashtirishda tarixiylik tamoyillariga katta e’tibor berish lozim. Mazkur qo’llanmada shu asosda yangi o’zbek adabiy tanqidchiligi tarixini quyidagicha davrlashtrish maqsadga muvofiq deb topildi.
1. Jadid tanqidchiligining paydo bo’lishi, shakllanishi va takomili (1900-1920). 2. Mafkura tazyiqidagi adabiy tanqid: Evrilish mashaqqatlari (1930-1950). 3. Mahorat va g’oyaviy- badiiy izchillik uchun kurash (1960-1990). 4. Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan. Adabiy tanqidda umum bashariy mezonlarning qaror topa boshlashi (1991-2000; XXI asrda davom etishi).
Malumki, jamiyat tarixi, tuzum tarixi va, xatto, ma’lum ma’noda, badiiy adabiyot taraqqiyoti tarixi ham adabiy tanqid tarixini davrlashtirish, undagi etakchi xususiyatlarni, asosiy taraqqiyot tamoyillarini belgilash uchun asosiy omil bo’lolmasligi mumkin. Chunki, jamiyat tarixi, badiiy adabiyot tarixi adabiy tanqidni namoyon etish uchun ijtimoiy va badiiy- estetik asosgina xalos. Adabiy tanqidning muayyan davrdagi taraqqiyoti, bu davrlardagi o’ziga xosliklari esa, uning tabiatidagi, tafakkur tarzidagi, muammolarni qo’yish va hal etishdagi xususiyatlarga qarab belgilanadi. Shu ma’noda adabiy tanqid tarixining har bir davri o’zidan oldingi va keyingi bosqichlardan farqlanib turuvchi asosiy belgilariga ega bo’ladi. Bu belgilar haqida gap ketganda eng avvalo adabiy tanqidning janrlardagi yangilanishlar, unga yangi kuchlarning kirib kelishiva taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar nazarda tutiladi. Shuningdek, an’analarning yangilanishi, badiiy adabiyotdagi o’zgarishlar, taraqqiyotning ham adabiy tanqid rivojidagi o’rni katta. Bular barchasi professonal tanqidchilikning vujudga kelishi va shakllanishida katta ahamiyatga egadir. Bu davrda tanqidchilik rivojidagi etakchi tamoyillar yuzaga kela yuoshladi. Adabiy tanqid va tafakkurning turli shakllari aro aloqadorlik masalalariga jiddiy e’tibor qaratila boshladi.
Jadid tanqidchiligining paydo bo’lishida ma’rifatparvarlik g’oyalarining o’rni katta bo’ldi. Mazkur g’oyalarning milliy uyg’onish motivlari ilan sug’orilgan adabiyotni vujudga keltirishi esa yangicha adabiy- estetik qarashlarning shakllanishiga olib keldi.
Adabiy tanqidda yangicha tafakkur tarzining vujudga kelishida matbuotning roli katta bo’ldi . XX asr boshlarida jadid nomayandalarining xatti-harakatlari bilan o’zbek milliy matbuoti vujudga keldi. Bu davrda chop etila boshlagan “Taraqqiy”, “Xurshid”, ”Shuhrat”, “Tujjor”, “Turon”, “Sadoi Farg’ona”, “Sadoi Turkiston”, “Samarqand” gazetalari “Oyna”, “Al-isloh” kabi jurnallar o’zbek matbuotining ilk janrlari sifatida xarakterlidir. Milliy matbuotning yuzaga kelishi adabiy tanqidning amaliyot shakliga o’tishiga, adabiy jarayonda aktiv ishtirok etishi va shu asosda o’zining etakchi tamoyillarini shakillantirishga asos bo’lib xizmat qildi.
Matbuot orqali yuzaga kelgan yangicha dunyoqarashning estetika va tanqidiy tafakkurga ta’siri. I.Gasparali, M.Behbudiy kabi jadidchilik harakatining asoschlari ta’sirida o’zbek milliy estetikasi, tanqidchiligi va ularda yangi, ilg’or yo’nalishi zuhur topa boshladi. Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Yangi o’zbek tanqidchiligining shakllanishi va rivojiga M.Shermuhamedov, Munavvar Qori, Ashurali Zohiriy, Fitrat, Cho’lponlar katta hissa qo’shdilar. Bu davrda yangi o’zbek tanqidchiligida Qadimchilar va Jadidlar aro jiddiy kurashlar kechdi. Bu kurashlar “Alq-isloh” jurnali nashr etilgandan so’ng uning sahifalarida avj ola boshladi. Jurnalning 1915 yil 5-6 sonlarida chop etilgan Ibrohim Tohiriyning “Matbuot va isloh” nomli maqolasida ma’rifatparvar ijodkorlar masxaromuz so’zlar bilan haqoratlandilar.
“Oyna” jurnalining 1915 yil 12-sonida javob maqolasi e’lon qilindi. Maqolada tanqidiy fikrlar dalillar bilan asoslanishi zarurligiga e’tibor qaratiladi. Biroq jadid ma’rifatparvarlariga qarshi hujum avj olaveradi. Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda. Ketma-ket chiqqan maqolalarda musiqa, qo’shiq hatto Muqumiy, Furqat, Zavqiy, Kamiy, Noqis, Xislat, Nusrat kabi ijodkorlarning ishqiy mavzuda yaratilgan asarlari ham g’ayriyahloqiy deb e’lon qilindi.Furqat (taxallusi; asl ismsharifi Zokirjon Mullo Holmuhammad oʻgʻli) (1859, Qoʻqon -1909, Yorkend) - taraqqiyparvar shoir, mutafakkir, publitsist. Mahallasidagi maktabda savod chiqargan, mudarris va kotiblardan xattotlik, arab tilini oʻrgangan. Musíqa (yunoncha μουσική - ilhom parilari san’ati) - tovush san’atidir; musiqiy asarga nisbatan ham musiqa atamasi qo‘llanishi mumkin. Ayniqsa, Maqsudxo’ja Mufti chiqishlari nohaq ayblovlardan bo’ldi. U, she’riyatda qo’llaniladigan oh-voh, mahbub, jonon... kabi so’zlar bo’lgan asarlarni g’ayriy ahloqiy deb hisoblaydi.
Bu kabi qarashlar adabiy tanqidda yangicha tafakkur tarziga o’tish oson kechmaganligidan dalolat beradi. Vujudga kela boshlagan yangi adabiy tanqidning estetik tamoyillari milliy uyg’onish harakatining mafkuraviy yo’lboshchilari qarashlari asosida paydo bo’la boshladi. “Tanqid” atamasi, “Tanqid saralamoq”, “Tanqid mushohada yuritmoq” singari ta’riflar yuzaga chiqa boshladi.
Adabiy tanqid istilohi dastlab qo’qonlik munaqqid Ahlullo Haybullo o’g’lining “Tanqid” (“Sadoi Turkiston”, 1914 yil 19 noyabr,3-dekabr) nomli maqolasida qo’llanilgan. Bunda muallif “tanqid” istilohini sharhlar ekan, uning mumtoz tanqidchiligidagi “saralamoq” ma’nosi bilan tatar adabiyotida qo’llanilayotgan ma’nosiga e’tibor qaratadi.
Shuningdek, M.Behbudiyning “Tanqid-saralamoqdur” (Tanlangan asarlar, T.; 1997) Hoji Muinning “Padarkush” haqidagi “Yangi asar” (TVG, 1914, 2 aprel) nomli taqrizi, Ashurali Zohiriyning “Ona tili” (“Sadoi Farg’ona”, 1914, 13 aprel), Cho’lponning “Adabiyot nadur?” (“Sadoi Turkiston”, 1914, 3 iyun) kabi maqolalarida adabiyot, adabiy tanqid, ona tili haqidagi kuzatishlari o’z ifodasini topa boshladi. Natijada ma’naviyat va ruhiyatda badiiy adabiyotning o’rni, hissasi haqidagi ilk qarashlar paydo bo’la boshladi. Bu davrda teatr ham adabiy tanqidning shakllanishida etakchi rol o’ynadi. Dastlabki o’zbek dramalarining sahnaga ko’yilishi munosabati bilan chop etilgan ilk teatr taqrizlarining yangi o’zbek tanqidchiligi shakllanishidagi o’rni juda katta bo’ldi.
Oktyabr to’ntarishidan keyingi vujudga kelgan ijtimoiy-siyosiy vaziyat jadidchilik harakatining ham yangicha yo’nalish kasb etishiga olib keldi. Xususan, Muxtoriyatning tashkil topishi bolsheviklar tomonidan qonli bostirilishi, fuqoralar urushining avj olishi jadid ijodkorlarining turli yo’nalishlarga bo’linishlariga sabab bo’ldi. A. Bolsheviklar (rus. bolsheviki - koʻplar) - Rossiya sotsialdemokratik ishchilar partiyasi (RSDRP) da Lenin boshchilik qilgan siyosiy okim (fraksiya) vakillari. 1917 yil apreldan mustaqil siyosiy partiya tuzishgan (q. Sovet Ittifoki Kommunistik partiyasi) Avloniy, H.H.Niyoziy, S.Ayniy kabi ijodkorlarning yaratgan asarlarida ko’proq davr vokelari bilan hamnafaslik ruhi etakchilik qila boshladi. Ular o’z faoliyati bilan ham yangi zamonga xizmat qila boshladilar.
Bu davrda jadid ijodkorlari boshlab bergan yangi tipdagi o’zbek adabiyoti o’zining yuksak namunalarini yaratdi va tom ma’noda XX asr o’zbek realistik adabiyotiga asos soldi. Nasrda A.Qodiriy, nazmda Cho’lpon, dramaturgiyada Fitrat yangi tipdagi adabiyotning asoschilari bo’ldilar. Ular o’z asarlarida jadidlar ilgari surgan ma’rifatparvarlik g’oyalarini milliy uyg’onish, o’zlikni anglash kontseptsiyasi bilan yangiladilar.
Ayni chog’da ular asarlari badiiyatning yuksak cho’qqilarini zabt, badiiy tafakkurni umumbashariy qadriyatlar bilan boyitdilar. Tabiiyki, bu o’zgarishlar adabiy tanqid tafakkuriga ham ta’sir etdi va adabiy tanqid o’z e’tiborini u ijodkorlarga qaratdi. Shu bois bu davr tanqidchiligida Cho’lpon,Qodiriy va Fitrat ijodi bahs-munozaralar manbai bo’ldi. Mumtoz adabiyoti muammolari ham jiddiy bahlarga sabab bo’lgan. Shu jihatdan A.Sa’diy va V.Mahmudning zamonaviy va mumtoz adabiyot haqidagi qarashlari xarakterlidir. Bu munaqqidlar faoliyati timsolida jadid tanqidchiligida rus, evropa va sharq musulmon estetik tafakkurining sinkretizmini ko’rish mumkin. Musulmon (arab.: مسلم; fors.: Muslim; urdu.: مسلمان; turk.: Müslüman, „oʻzini Allohga topshirgan“) - Islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qoʻllaniluvchi umumiy atama boʻlib, erkak jinsiga nisbatan „musulmon“, ayollarga nisbatan esa muslima soʻzi ishlatiladi. Yevropa (yun. Yeigore, osuriy tilida „ereb“ - gʻarb) - qitʼa, Yevrosiyo materigining gʻarbiy qismi. Maydoni 10507 ming km2; 730 ming km2 ni orollar tashkil etadi. Qitʼa Shimoliy yarim sharda joylashgan, Osiyo bilan chegarasi shartli ravishda Ural togʻlarining sharqiy etagi, Emba daryosi, Kaspiy dengizi, Kumamanich botigʻi orqali va Don daryosining quyilish joyidan oʻtkazilgan. Bu hol ayniqsa A.Sa’diy va Fitrat yaratgan nazariy qo’llanma va darsliklarida yaqqolroq namoyon bo’ldi. 20-yillardayoq jadid tanqidchiligi bilan sho’ro tanqidchiligi qarashlari orasidagi ilk ziddiyatlar ko’zga tashlana boshladi. Bu ziddiyat ayniqsa Navoiy ijodiga jadidona va sho’roviy mafkura asosida qarashlarda ko’rinadi.
Jadid tanqidchiligida adabiy portret yaratishdagi dastlabki tajribalaramalga oshirildi. Cho’lpon, Fitrat, yoshlar ijodi atrofidagi bahslar kuchaya boshladi.
Jadid tanqidchiligida badiiy adabiyotni rivojlantirish vositasida istiqlol va ozodlik uchun kurash g’oyalari ilgari surila boshlandi. Tanqidchilikda qahramon muammosi ko’tarildi. Jadid tanqidchiligi shakllanishda “Chig’atoy gurungi” va “Qizil qalam” jamiyatlarining o’rni katta bo’ldi. 20-yillarning oxiri 30- yillarda jadid tanqidchiligiga mafkuraviy tazyiqlar boshlandi. Bu hol sinfiylik, partiyaviylik kabi g’ayriilmiy printsiplarning tanqidchilikka zo’rovonlarcha suqultirilishi oqibatida yuz berdi. Jadid tanqidchiligi bu printsiplarni qabul qilmadi. Shu bois bu davrda jadid tanqidchiligida Cho’lpon, A.Qodiriy, Fitrat, Xamza ijodlarining xolis baholanganligini kuzatish mumkin. Z.Bashir, A.Sa’diy, V.Mahmud maqolalari shu jihaidan xarakterlidir.
Jadid tanqidchiligining tug’ilishi va rivojlanishida Fitrat, Cho’lpon va Oybekning ham yozuvchi, ham tanqidchi sifatidagi hissasi katta bo’ldi
Fitrat (1886-1938) -yangi o’zbek tanqidchiligi va adabiyotshunos ligining asoschilaridan biridir. Mumtoz adabiyot janrlari namoyandalari haqidagi Fitrat tadqiqotlarining adabiy tanqidga ta’siri katta bo’ldi. “O’zbek adabiyoti namunalari” (1927) asaridan o’rin olgan yozuvchilar hayoti va ijodining tahlili xarakierlidir. Bu davrda Fitrat ilmiy asarlari haqida tanqidchilik o’z fikr – mulohazalarini bayon eta boshladi. Turlicha munosabat qaror topdi.
Shu jihatdan Jamol Boybo’ltaev va Fitrat o’rtasidagi bahs xarakterlidir. J.Boybo’latov “O’zbek adabiyoti va chig’otaychilik” nomli maqolasida nigilistik qarashlar hukmronlik qiladi. Unda madaniy merosni tamoman inkor etish tendentsiyasi kuchli. Shuningdek, Fitrat va kitobga so’zboshi yozgan O.Hoshim sha’niga g’ayriilmiy munosabat mavjud. Bunga javoban O.Hoshimning “Adabiy meros va chig’otay adabiyoti”( “Qizil O’zbekiston”,1927,16,17 iyul), Fitratning “Yopishmagan gajaklar” ( “Qizil O’zbekiston”,1927,15,16 sentyabr) maqolalari chop etildi. Ularda J. Boybo’latovning qarashlari ilmiylikdan xoli, xato qarashlar ekanligi qator tahlillar bilan asoslab beriladi.Fitratning adabiy portretlarining, xususan, “Mashrab” portretining o’zbek portretnavislikka qo’shgan hissasi. Fitrat ilmiy qarashlaridagi ayrim cheklanishlar.
Fitratning qadimgi turkiy adabiyot namunalari haqidagi maqola –tadqiqotlari. Fitrat ilmiy faoliyatida adabiyotshunoslik va adabiy tanqid aro farqning namoyon bo’lishi. Fitratning hozirgi san’at, adabiyot haqidagi qarashlari. “Adabiyot qoidalari” darslik tadqiqoti. “Chig’atoy gurungi” va Fitrat faoliyati.
Cho’lpon (1897-1938) faol jadid tanqidchisi va nazariyotchisi sifatida. “Adabiyot nadur?” maqolasining jadid tanqidchiligidagi ahamiyati. Yangi o’zbek tanqidchiligining badiiylik uchun kurashida Cho’lponing o’rni. Cho’lpon jahon adabiyotining Shekspir, Pushkin, R.Tagor singari daho namoyandalari ijodi haqida maqolalar yozgan dastlabki o’zbek tanqidchisi sifatida. Cho’lpon hayoti va ijodida dramaturgiyaning o’rni. Jahon dramaturglari, ularning sahna asarlari talqini haqidagi Cho’lpon taqrizlari. “Ulug’ Hindiy”, “Adabiyot nadur?”, “Tarixning zararlik takarruri” maqolalarining tahlili.
Cho’lpon maqolalarida mumtoz shoirlar ijodining yangi zamonaviy talqini: “500 yil”, “Uvaysiy”, “Tagor va tagorshunoslik”. Ularning adabiy jarayonga ta’siri.
San’atning boshqa turlari haqidagi Cho’lpon maqolalari va taqrizlari.
Cho’lponing tanqidchilik faoliyati hozirgi adabiyotshunos, yozuvchilar talqinida.
Jadid va sho’ro tanqidchiligi aro oshkora va pinhona kurashlar. 1923 yildan boshlab sho’ro hukumatining jadidchilikka qarshi keng ko’lamda kurash boshlashi. Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H. 1927 yildagi o’zbekiston ziyolilarining qurultoyi: Cho’lpon va cho’lponchilikka qarshi kurashning boshlanishi. A.Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat asarlari vulgar sotsializm ta’siridagi tanqidchilar talqinida. M.Sheverdin, Ayni, S.Husayn, Usmonxon, A.Sa’diy maqolalari.
Adabiy tanqid va mafkuraning o’zaro munosabtlari.
-Komunistik partiyaning adabiyot va san’at sohasidagi siyosatining falsafiy-estetik qobiqqa burkanishi.
-RKP(b), (VKP(b) MK ning badiiy adabiyot sohasidagi qarorlari ma’no-mohiyati.
-Sotsialistik realizm metodi haqidagi ta’rif va nazariy qarashlarning xolis falsafiy-estetik tafakkur yo’nalishdan og’ish ekanligi.
-“Konfliktsizlik nazariyasi” singari soxta talablarning tanqidchilik va adabiyotga ko’rsatgan zararli ta’siri.
-XX asrning 50-yillari oxiri va 60-yillar boshida roman janri inqirozi, gumanizm, go’zallikni anglash muammolariga oid ilmiy anjuman-bahslar va ularning tanqidchilikka ta’siri.
-70-yillardan sho’ro adabiyotida sotsrealizmning inqirozga yuz bura boshlaganini ko’rsatuvchi tamoyillar va ularning adabiy tanqiddagi aks sadosi. o’zbek adabiyotida sotsrealizmning paydo bo’lishi, taraqqiyoti masalasiga bag’ishlangan konferentsiya va uning ta’siridagi adabiy tanqid evrilishlari.
-80-yillarda sotsialistik realizm metodidagi asarlarning o’zbek tanqidchiligida taftish qilinishi, yangi qarashlar. “Boy ila xizmatchi” dramasi, Abdulla Qahhor hikoya va qissalari haqidagi maqolalar, “Rahbarlar adabiyoti”ning tanqidi. Drama (yun. drama - harakat) - 1) badiiy adabiyotning 3 asosiy turidan biri (epos, lirika bilan bir qatorda). D. teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning ziddiyatga asoslanishi va ularning sahna, epizodlarga boʻlinishi, bayonning yoʻqligi, personajlar munosabatlarining oʻzaro soʻzlashuvga asoslanishi D.
Tipiklik, zamonaviylik, xalqchillik, mavzu, qahramon singari muammolar hususida sho’ro mafkurasining izchil etagidagina fikr yuritish bilan badiiylikning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqib fikr yuritish tamoyillarining yonma-yon va qorishiq kechishi. Janr va badiiy asar poetikasi muammolari talqini.
Dunyoqarash, g’oyaviylik, badiiylik haqidagi cheklangan va bir yoqlama qarashlar; bunday cheklanganlik iskanjasidan chiqishga urinishlar. Lirika haqidagi bahslar. Adabiy ta’sir masalalari talqinida siyosat izlari.
Tazyiq, nohaq doktrina, qatag’onlar adabiy hayotning o’sish-o’zgarish qonuniyatini, badiiy ijod taraqiyotini, talantli asarlarni baholashni izdan chiqarib yubora olmasligi. XX asrning 30-50 yillarida sho’ro hukumati san’at va adabiyot sohasida noto’g’ri siyosat olib borganligi. Shunday sharoitda ham adabiy tanqidda qo’pol xatolar bilan birga ijobiy ishlar amalga oshirilgani. Adabiy-badiiy tashkilotlarni qayta qurish qarori (1932, 23 aprel) mohiyati: uning o’zbek adabiy hayoti va tanqidchiligidagi o’rni. Yangi o’zbek adabiyotining yangi asarlari H.Yoqubov, I.Sulton, O.Sharafiddinov, Sotti Husayn, G’ulom Karimov singari yosh munaqqidlar tomonidan talqin etilishi. Izlanish, evrilish, yutuq va kamchiliklar Oybekning tanqid muammolari, H.Yoqubovning Oybek lirikasi, Olim Sharafuddinovning G’afur G’ulom, Uyg’un she’riyati haqidagi maqolalarida yangi fikrlarning ilgari surilishi. Yangi o’zbek tanqidchiligining adabiy janrlar, yangi inson obrazi, adabiyotlar aro aloqa haqidagi qarashlari. o’zbek professional tanqidchiligining “Sarob”, “Qutluq qon”, “Kecha va kunduz” haqidagi maqolalari, bahslari. Abdulla Qodiriy ijodining xato va to’g’ri talqinlari. Vulgar sotsiologim va xolis estetik tanqid aro kurash jarayonlari. Cho’lpon, Usmon Nosir asarlariga doir qarashlardagi ziddiyatlar.
O’zbek adabiyotshunoslari va tanqidchilarining umumittifoq miqyosiga chiqa boshlashi.
RAPP, O’zAPP, “Qizil qalam” faoliyati. Oybek, Ayn, Sotti Husayn, O.Xoshim, R.Majidiy, Usmonxon, Anqaboy Xudoybaxtov, J.Boybo’latov faoliyatlarida siyosat va adabiy tanqidning o’rni. Tanqid va siyosat. “Adabiyot sohasida ilmiy tekshirishlar” to’plamidagi maqolalar tahlili. Mumtoz merosga adabiy tanqidning munosabati. Ta’qib, o’zgarish, o’sish va xolislik. Pushkin, Rustaveli, Navoiy yubileylarini o’tkazishga tayyorgarlik asnosida adabiy tanqiddagi jonlanishlar. 37-yil qatag’oni bois adabiy tanqidning jonli adabiy jarayon va zamonaviy adabiyot tahlilidan qochib, ko’proq o’zbek va qardosh mumtoz adiblar ijodi talqiniga yuz burgani.
Ikkinchi jahon urishi davridagi o’zbek tanqidchiligining o’ziga xos xususiyatlari.
“Navoiy” va “QO’shchinor chiroqlari” ,“Oltin vodiydan shabadalar” romanlari tahlili misolida o’zbek tanqidchiligining yutuq va kamchiliklari.
50-yillar oxiridan o’zbek tanqidchiligiga yangi to’lqinlarning kirib kelishi.
Darslikda ijodlari maxsus portret sifatida o’rganiluvchi munaqqidlardan tashqari, bu davrda Olim Sharafiddinov, Sotti Xusayn, Oybek va boshqalar o’z maqolalari, tadqiqotlari bilan adabiy tanqidiy jarayonga faol ta’sir ko’rsatganligi.
Olim Sharafiddinov –XX asr tanqidchiligidagi murakkab shaxslardan biri. Olimning adabiyotshunoslikka kirib kelishi. Mumtoz, turk dunyosi adabiyotini chuqur o’zlashtirish. 20-yillarning II yarmida Aynning Cho’lpon, Qodriy ijodiga munosabati. Bir shaxsda mafkura va adabiy nafosat aro kurashning aks etishi.
30-yillar adabiy hayotida Aynning o’rni. Uning pedagogik, tanqidchilik, o’quv-usulchilik faoliyati. O.Sharafiddinov-navoiyshunos, “Alisher Navoiy hayoti va ijodi” ktiobining XX asr o’zbek navoiyshunosligidagi o’rni.
Oybek. XX asr o’zbek badiiy adabiyoti bilan bir qatorda yangi o’zbek tanqidchiligining, adabiyotshunosligining yirik vakili. Badiiy va ilmiy ijod bilan shug’ullanish aksar yirik o’zbek adiblari uchun mushtarak xususiyat ekani. Navoiy, Bobur, Hasanxoja Nisoriy, Muhammad Solih, Fazliy Namangoniy, Feruz, Ayniy, Fitrat, Oybek, M.Shayxzoda, P.Qodirov singari ijodkorlarning ilmiy faoliyat bilan shug’ullanganligi.
Yangi o’zbek adabiy tanqidchiligida o’tgan asrning 20-yillaridan xolislik printsiplari shakllanishi, badiiylik bosh mezon ekanligiga e’tibor qaratishda Oybekning roli. Mezon (arab. - tarozi) - 1) zodiak yulduzlar turkumi (Libra). Ung yorugʻ yulduzi 2,6 vizual yulduz kattaligida Ilon, Ilon eltuvchi, Aqrab, Sunbula yulduz turkumlari orasida joylashgan. Oʻzbekistonda qish oxiri, bahor va yoz boshlarida koʻrinadi;
Oybek Cho’lpon shaxsi va ijodining o’zbek tanqidchiligidagi ilk mutorizlaridan biri. Davr ta’siri tufayli yo’l qo’yilgan ayrim kamchiliklarga qaramay, Oybek mafkura tazyiqi ashaddiy bo’lgan o’tgan asrning 20-30-yillarida ham o’zbek tanqidchiligining ilg’or metodologiyasi uchun kurash olib borgan nazariyotchi-tanqidchi. Abdulla Qodiriy ijodi Oybek talqinida. Navoiy haqidagi Oybek tadqiqotlarining o’zbek adabiyotshunosligi va tanqidchiligiga ta’siri. Uning”o’zbek adabiyoti”, “Adabiyot, tarix, zamonaviylik” nomli maqolalarida yangi qarash, tushunchalarning aks etishi. Oybekning 20 jildlik “Asarlar” ida tanqidchilik va adabiyot-shunoslik faoliyatining aks etganligi.
Sotti Husayn – jurnalist, adib, tanqidchi. Uning RKP(b) MK ning 1925 yil 18 iyun qaroridan keyin jurnalistika, adabiy tanqid maydoniga kirib kelgani. S. Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi. Husaynning “Yosh leninchi” gazetasida, yosh ijodkorlar to’garagida olib borgan faoliyati. Sotti Husaynning “O’tkan kunlar” va “O’tkan kunlar” tadqiqot –taqrizi. Uning tarixi. Taqrizga Qodiriy munosabati. Vulgar sotsiologizmning o’zbek tanqidchiligidagi yorqin misoli bo’lgan mazkur asarning o’zbek tanqidchiligidagi o’rni. Sotti Husaynning 30-yillardagi faoliyati. “15 yil ichida o’zbek adabiyoti” ilmiy tanqidiy to’plamning nashr etilishida S.Husayn hissasi. Tanqidchining Xamza ijodiga munosabati. Xamza ijodini vulgar sotsiologizm asosida o’rganilishiga S.Husayn maqolalarining turtki bo’lganligi.
Sotti Husaynnig hayoti, badiiy ijodi haqida ma’lumot.
40-yillar o’zbek tanqidchiligi: “Qutluq qon”, “Navoiy”, “Qo’sh chinor” romanlari haqidagi bahslar. “Muqqana”, “Jaloliddin Manguberdi” singari tarixiy asarlar haqidagi maqolalar.
VKP(b) MK ning 1946, 1948 yillardagi qarorlari va konfliksizlik “nazariya” si. Bu “nazariya”ning vulgar metodologik asoslari. KPSS 20-se’zdida adabiyot, san’at, adabiy tanqid masalalari.
Ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o’zgarishlarning sotsrealizm metodiga, adabiy tanqidga taalluqligi.
Sarvar Azimov, Solih Qosimov, Abdulla Olimjonov, Hamidulla Ubaydullaev maqolalarida zamonaviy adabiyot namunalarining tahlil etilishi.
Sotsrealizm metodining nazariy asoslari haqida I.Sulton va H.Yoqubov bahslari. H.Yoqubov va o’zbek tanqidchiligida tanqidiy ocherk janri.
|