|
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi. Reja: kirish I bob. M. Porter uslubiyati va raqobat ustunligi
|
bet | 17/24 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 65,56 Kb. | | #266029 |
Bog'liq Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunlig (1)Raqobatning amal qilishi ma’lum shart-sharoitlar mavjud bo’lishini taqazo qiladi.Bu shart-sharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda bo’lishi mumkin.Shunday ekan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirish ayni vaqtda raqobatchilik muhitining shakllanishini bildiradi.Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda raqobatchilik muhiti uzoq davr davomida,o’z-o’zidan evolyutsion yo’l bilan vujudga kelgan.Bu asta-sekin erkin raqobat muhitini tashkil qilgan.Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi,shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat ham qatnashadi.Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o’z aksini topadi. Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat,ya’ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi,uning miqyosi va xarakteriga qarab,bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish,uni saqlab qolish,zarur bo’lganda qaytadan tiklash,raqobat usullarini qaror topshirish kabilarga qaratiladi.Masalan,AQSHda davlatning xususiy monopoliyalar faoliyatini cheklashga qaratilgan tadbirlari 1980-yilda qabul qilingan trestlarga qarshi qonunda(“Sherman qonuni”) o’z ifodasini topadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki,monopoliyalarga qarshi qonunchilik asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi. Monopoliyalarga qarshi qonunchilik va uni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlar boshqa mamlakatlarda ham sharoit taqozo etgan shakllarda amal qiladi.Jahon mamlakatlari tajribasi ko’rsatadiki,monopoliyalarga qarshi qonunchilik asosan quyidagi yo’nalishlar bo’yicha shakllanadi.
Birinchidan,ishlab chiqarish (tarmoq) ni boshqaruvchi qonunlar.Bu qonunlarga ko’ra odatda hech bir korxona (korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig’ini nazorat qilishiga haqqi bo’lmaydi.
Ikkinchidan,barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma’lum cheklangan miqdordan ortig’iga ega bo’la olmasliklari kerak.
Uchinchidan,baholarni bozor muvozanati belgilagan darajadan yuqori yoki past tutib turishni, narx ustidan kelishib olishni ta’qiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi. Reja: kirish I bob. M. Porter uslubiyati va raqobat ustunligi
|