|
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi. Reja: kirish I bob. M. Porter uslubiyati va raqobat ustunligi
|
bet | 19/24 | Sana | 27.06.2024 | Hajmi | 65,56 Kb. | | #266029 |
Bog'liq Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunlig (1)Respublikada faqat 1994-1996 yillar davomida monopol mavqeidagi aktsiyadorlar jamiyatlari,ijara va boshqa jamoa korxonalar tarkibidan 14972 obyekt chiqarilib,mustaqil korxonalariga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida” (1996-yil,aprel) qonuni asosida g’irrom raqobatga,shu jumladan Respublika bozorlariga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo’l qo’ymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida e’tibor beriladi. Tabiiy monopoliyalarni davlat yo’li bilan tartibga solish ular mahsulot (xizmat)lariga narxlar va tariflar darajasini,shuningdek taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko’rsatkichlarni belgilashni o’z ichiga oladi. Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo’lmagan sektorni qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi,kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tashkil etildi.Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko’plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Raqobatchilik muhitini shakllantirish maqsadida va davlatga qarashli bo’lmagan sektorni qo’llab-quvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi,kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tashkil etildi.Raqobatchilik muhitini shakllantirishga ko’plab xalqaro tashkilotlar ham faol qatnashmoqda. Jumladan YuNIDO yordamida bir nechta biznes inkubator tashkil etildi.Yevropa hamjamiyati Komissiyasi Amaliy aloqalar markazini,Germaniya texnikaviy ko’maklashuv jamiyati kichik va o’rta biznesni qo’llab-quvvatlash markazini tashkil etdi. Respublikada raqobatchilik muhitini vujudga keltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan barcha tadbirkorlik ishlari bozor iqtisodiyotini tarkib toptirishga xizmat qiladi. Raqobat strategiyasi raqobat kurashining uzoq davrga mo’ljallangan bosh yo’li va yo’l-yo’riqlarini ifoda etadi.Strategiyaning maqsadlari tez kunda foydani maksimumlashtirish,oz foyda bilan qanoat qilgan holda o’z bozorini kengaytirish yoki raqibni bozordan siqib chiqarish,yangi bozorga sekin-asta kirib borish kabi masalalarda harakat yo’llarini belgilashdan iborat.Strategiyaga qarab kurash taktikasi (usuli va shakllari) tanlanadi.Firmalar raqobatning bir usulidan asta-sekin boshqa usuliga o'tishi yoki bir yo’la turli usullarni qo’llashi mumkin. Masalan,Xitoy firmalari sifati past bo’lsada,arzon tovarlar chiqarib,narx raqobati yo’lidan,G’arbiy Yevropadagi firmalar narxi yuqori bo’lsada,sifatli tovarlarni taklif etish yo’lidan boradilar,chunki G’arbiy Yevropada aholining harid qobiliyati Xitoyga qaraganda ancha yuqori. Yangi industrial davlatlardagi (Tayvan,Gonkong,Singapur,Koreya Respublikasi) firmalar ham sifat,ham narx vositasida raqobatlashuvga moyil.Bu mamlakatlarda yuksak texnologiya mavjud va ish kuchi malakali bo’lsa-da, arzon turadi.Natijada mavjud afzalliklar xarajatlarni pasaytirgan holda,sifatli tovar chiqarish imkonini beradi.Bunga misol qilib Koreyaning «Samsung elektronik» kompaniyasi bozorga chiqaradigan televizorlarni va DEU korporatsiyasi avtomobillarini olish mumkin.Ular raqobatbardosh bo’lganidan jahon bozoriga shiddat bilan kirib bormoqda.Raqobatga har xil yondashuv O’zbekistonda ham bor.Masalan,Toshkent bozori uchun ishlovchi firmalar ham narx,ham sifat raqobatini qo’llashi mumkin,mazkur shaharda aholining boy qatlamlari borki, ular uchun narxga ko'ra tovarning sifati afzalroq,ayni vaqtda aholining kamquvvat qismi ham borki,ular uchun tovarning arzon bo’lishi muhim.Nukus,Urganch yoki boshqa shaharlardagi firmalar ko'p hollarda narx raqobatiga moyil bo’ladilar,bu yerda aholining harid qobiliyatiga ko'ra arzon tovarlar raqobatbop hisoblanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunligi. Reja: kirish I bob. M. Porter uslubiyati va raqobat ustunligi
|