O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi




Download 65,56 Kb.
bet22/24
Sana27.06.2024
Hajmi65,56 Kb.
#266029
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Maykl porter uslubiyatiga ko’ra o’zbekistonning raqobat ustunlig (1)

2.3.O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi.

Ma’lumki,bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi uni harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat,bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan ajralmas bog‘liqlikda rivojlanib boradi.Bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida yashayotgan mamlakatlarda raqobat munosabatlarini rivojlantirish,tartibga solish ancha murakkab jarayon sifatida uzoq davrlardan buyon davom etib kelmoqda.Natijada hozirgi vaqtga kelib jahonning taraqqiy etgan mamlakatlarida raqobat bozor tizimining ajralmas qismi sifatida takomillashib bormoqda.Shu munosabat bilan respublikamizda bozor iqtisodiyotining asosiy belgisi,harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan raqobat munosabatlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.Chunki bozor iqtisodiyotining obyektiv qonunlarini — talab va taklif,tovar nafliligi,raqobat qonunining talabini hisobga olmasdan,bozor munosabatlarini takomillashtirib borishni ta’minlab bo‘lmaydi.Bozor iqtisodiyotining raqobatsiz samarali rivojlanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi.Shuning uchun davlat tomonidan raqobatni rivojlantirish va tartibga solish to‘g‘risida bir qator qonun hujjatlari qabul qilinib,ularning bajarilishi nazorat qilib borilmoqda.Bu esa bozorda raqobatning amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratilayotganligidan darak beradi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek,bozorda raqobatlashuvning kuchayib borishi bilan iqtisodiyotda monopollashuv jarayonlari ham kuchayib borishi kuzatiladi va raqobatning cheklanishiga olib keladi.Bu holat davlat tomonidan mamlakatda raqobat uchun shart-sharoitlar yaratib berishni taqozo qiladi.Raqobatni erkin ravishda amalga oshirishning samarali yo‘li esa davlatning monopoliyaga qarshi kurashi siyosatida o‘z aksini topadi.Qonunga rioya etmaslik,raqibga zarar yetkazish kabi harakatlar uchun jazo choralari belgilangan.Qonun buzuvchilar jarima to‘lashlari,keltirgan zararlarni qoplashlari,olgan foydasidan mahrum etilishlari mumkin.Monopoliyaga qarshi choralarni amalga oshirish uchun Moliya vazirligi tizimida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish bosh boshqarmasi tashkil etildi.Boshqarmaga respublikamizdagi monopol mavqega ega bo‘lgan korxonalarni ro‘yxatga olish,ularning mahsulotlari bo‘yicha narxlarni tartibga solib turish bo‘yicha huquqiy vakolat berildi.Keyinchalik bu boshqarma Respublika Monopoliyaga qarshi kurash va raqobatni rivojlantirishi davlat qo‘mitasiga aylantirildi va hozirgi vaqtda bu qo‘mita respublikamizdagi monopol korxonalarni davlat ro‘yxatiga kiritish uchun mezonlar belgilashda jahon tajribasi hamda o‘tish davrining o‘ziga xos jihatlarini hisobga olgan holda faoliyat olib bormoqda.Ushbu davlat qo‘mitasi o‘z vakolatiga ko‘ra,ro‘yxatdan o‘tgan monopoliyalarning bozordagi mavqeyini tartibga solishda bir qator usullardan foydalanmoqda.Jumladan,birinchi usulda —monopol mavqeyidagi korxonalar mahsulotlariga narxlarning eng yuqori darajasini yoki rentabellikning chegarasinibelgilab qo‘yish.Masalan,qo‘mita tomonidan belgilangan mezonga ko‘ra,korxona ishlab chiqargan mahsulotlarning muayyan bir turi bozordagi shu turdagi mahsulotning 35 % idan ortiq bo‘lsa,bu korxona monopol korxona sifatida davlat ro‘yxatiga kiritiladi va ularga qarshi choralar ko‘riladi.Agar ular oziq-ovqat tovarlari guruhida bo‘lsa,bunday tovarlar uchun mezon 20 % darajasidan oshmasligi kerak deb belgilangan.Monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilgan muhim ish — bu O‘zbekiston Respublikasining «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilinishidir.Bu Qonunga ko‘ra,bozorlarga belgilangan talablarga javob bermaydigan tovarlarni chiqarishga yo‘l qo‘ymaydigan mexanizm yaratildi.Natijada mamlakatimizdagi tabiiy monopoliyalar faoliyatlarini tartibga solish,ya’ni ular mahsulot va xizmatlariga narxlar hamda tariflar darajasi,shuningdek,taklif etiladigan tovarlar va xizmatlar turiga doir asosiy ko‘rsatkichlari belgilanadigan bo‘ldi.


Download 65,56 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Download 65,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik va sog‘lom raqobat uchun shart-sharoitning yaratilishi

Download 65,56 Kb.