3
KIRISH
Mazkur o‘quv qo‘llanma Linux
operatsion tizimi yadrosi
darajasida scriptlar yozish, ularni saqlash, ishga tushirish, bajariluvchi
faylga aylantirish masalalari hamda Linux-da administratsiyalash
masalasiga oid asosiy bilimlar to‘liq yoritib o‘tilgan.
Qo‘llanmada Shell script asoslari,
Linux-ning ishga tushirish
(yuklovchi) tizimlari, qurilmalar va log fayllari bilan ishlash, DNS
serveri,
WEB serverlar, FTP server va Elektron pochta serverlarini
sozlash kabi amaliy masalalar misollar yordamida tushuntirib
berilgan. Talabalar mustaqil ishlash ko‘nikmalarini
shakllantirish
maqsadida nazorat savollari ham laboratoriya ishlari keltirilgan.
Qo‘llanma ikki qismdan tashkil topgan. Birinchi qismi Linux
operatsion tizimida administratsiyalash masalalariga bag‘ishlangan
bo‘lib, unda nazariy ma’lumotlar bilan birgalikda amaliy masalalar
keltirilgan. Ikkinchi qismda birinchi qismda o‘rganilgan
bilimlarni
mustahkamlash uchun laboratoriya ishlari berilgan. Bu laboratoriya
ishlari guruh bo‘lib, ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, har bir ishda
kompyuterlar tarmog‘ida bajariladigan bir
nechta topshiriqlar amaliy
ko‘rsatmalar bilan taqdim etilgan.
O‘quv qo‘llanmani tayyorlashda misol sifatida keltirilgan barcha
amaliy masalalar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent
axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filialidagi
kompyuterlarda
amaliyotga tatbiq etilib,
olingan natijalarga
asoslangan fikrlar bayon qilingan. Kompyuterlar tarmog‘ining
serverlarini tiklashda filialdagi www.zukko.uz domeni joylashgan
serverdan foydalanildi.
O‘quv qo‘llanma 5330500 –
Kompyuter injiniringi, 5330600 –
Dasturiy injiniringi bakalavr ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
mo‘ljallangan.