6
o‘zgaruvchi sifatida dastur kodining ixtiyoriy joyida murojaat qilish
mumkin bo‘ladi.
Bashning 2-versiyasida local operatori yordamida lokal
o‘zgaruvchilarni aniqlash imkoni paydo bo‘ldi. Lekin bu
imkoniyat Bourne shell-ning boshqa versiyalari uchun
standart sifatida qabul qilinmagan.
Agar aniqlanmagan o‘zgaruvchiga murojaat tashkil etilsa,
interpretator xatolik haqida xabar bermaydi. Oddiygina bo‘sh satr
qoldiradi xolos.
Quyida o‘zgaruvchilarning qo‘llanishiga doir dastur matni
keltirilgan.