11
5 read
6 echo “Siz - $REPLY ni tanladingiz”
Odatda
read operatorini qabul qilishdan oldin ekranda savol
chiqadi. Bu
echo dasturi yordamida bajariladi. Agar dasturda
echo
ning
–n varianti ko‘rsatilmasa, u ma’lumotlar chiqarilgandan keyin
avtomatik yangi satrga o‘tishni qo‘shadi. Shuning uchun misoldagi 3-
satrda izoh berilgan.
4-satrda
ekranga
chiqarish
taklifi
keltirilgan.
Bittalik
qo‘shtirnoqdagi chiqariladigan satr to‘liq olinadi. Bu yerda ikkitalik
qo‘shtirnoq ichidagi
Enter so‘zi ham e’tiborga olingan.
5-satr. Agar
read operatori o‘zgaruvchini ko‘rsatmasdan
chaqirilsa, u foydalanuvchi tomonidan kiritilgan barcha ma’lumotlarni
jimlik holatida
REPLY o‘zgaruvchisiga ta’minlab beradi.
6-satrda ushbu o‘zgaruvchida saqlangan ma’lumotlar chiqariladi.
1.7-§. O‘rniga qo‘yish.
Shell script-da ma’lumotlarni o‘rniga qo‘yishning kuchli vositasi
mavjud bo‘lib, u dastur chiqaradigan ma’lumotlarni standart asosida
chiqaradi.
O‘rniga qo‘yishni qo‘llash uchun dasturda teskari bittalik
qo‘shtirnoqdan foydalanish kerak. Masalan:
`data`
yoki
$ belgisi bilan qavsdan foydalaniladi:
$(data)
Dastur kodida o‘rniga qo‘yish qo‘llanilgan joyda dastur standart
chiqarilishni bajaradi. Bu qiymat dinamik bo‘lib, ma’lumotlarni
o‘rniga qo‘yish skript bajarilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Misol
uchun quyidagi dastur matnini ko‘rib chiqamiz:
1 #!/bin/bash
2 #O‘rniga qo‘yish