1 #!/bin/bash 2 # if then else ga test qo‘llashga oid misol 3 if [ -w $HOME/bin –a –f $HOME/bin/test ] 4 then 5 rm $HOME/bin/test 6 echo “test deleted” 7 else 8 echo “test not deleted” 9 fi 3- satrdagi “[” belgisidan keyin va “]” belgisidan oldin albatta probel qo‘yilishiga e’tibor berish kerak. Bu probellar albatta bo‘lishi shart. 1.10-§. Shartni test dasturi yordamida tekshirish Dastur ikkita turdagi mantiqiy shartni tekshiradi, bular VA
(AND) hamda YOKI (OR).
Ifoda1 –a Ifoda2 – agar Ifoda1 va Ifoda2 rost bo‘lsa, rost
qiymat qaytaradi.
Ifoda1 -o Ifoda2 – agar Ifoda1 yoki Ifoda2 rost bo‘lsa
rost qiymat qaytaradi.
! operatori mantiqiy ifodaning qiymatini qaytaradi.
Sonlarni taqqoslash quyidagi operatorlar yordamida amalga
oshiriladi:
1-son -eq 2-son – agar berilgan sonlar teng bo‘lsa, rost.
1-son –ne 2-son – agar sonlar teng bo‘lmas, rost.
1-son –gt 2-son – agar birinchi son katta bo‘lsa, rost.
1-son –ge 2-son – agar birinchi son ikkinchi sonda katta
yoki teng bo‘lsa, rost.
1-son –lt 2-son – agar birinchi son ikkinchi sondan kichik
bo‘lsa, rost.
1-son –le 2-son – agar birinchi son ikkinchi sondan kichik
yoki teng bo‘lsa, rost.
Satrlarni taqqoslash:
-n satr – agar satr uzunligi nolga teng bo‘lmasa, rost,
15
-z satr – agar star nolga teng uzunlikda bo‘lsa, rost,
1-satr=2-satr – agar 1-satr aynan 2-satrga teng bo‘lsa, rost.
Satrlarni taqqoslashda belgilarning registri (katta yoki kichik) hisobga
olinadi.
Fayl turi va mavjudligini tekshirish: