-ye /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud bo‘lsa, rost,
-f /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud bo‘lsa va u oddiy
(odatdagi) fayl bo‘lsa, rost,
-d /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud va u katolog bo‘lsa,
rost,
-L /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud va u belgili
ko‘rsatkich (havola) bo‘lsa.
-r /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud bo‘lsa va o‘qish
uchun ruxsat berilgan bo‘lsa, rost,
-w /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud va yozish uchun
ruxsat berilgan bo‘lsa, rost,
-x /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud bo‘lsa va
bajarilishga ruxsat berilgan bo‘lsa, rost.
-s /fayl/ga/yo‘l – agar fayl mavjud bo‘lsa va nol
bo‘lmagan uzunlikka ega bo‘lsa, rost.
1.11-§. O‘rnatilgan operatorlar&& va || larni qo‘llash Shell script-da mantiqiy shartlar VA - && hamda YOKI - || larni
tekshirish uchun operatorlar mavjud.
Bu operatorlar qaysidir shart rost bo‘lganda bitta komandani
bajarilishini yoki yolg‘on bo‘lganda komandaning bajarilmasligini
tekshirish uchun qo‘llaniladi. Masalan:
[ -f file ] && rm file Ya’ni, ikkala shart ham rost bo‘lganda mantiqiy VA tekshiriladi.
Shuning uchun ham agar birinchi shart rost bo‘lsa, u holda ikkinchi
shart tekshiriladi, ya’ni rm dasturi chaqiriladi.
[ -f file ] || touch file Bu misolda file fayli mavjudligi tekshiriladi. Agar fayl mavjud
bo‘lmasa (birinchi shart YOLG‘ON), ushbu faylni yaratish uchun
touch dasturi chaqiriladi. ROST qiymatni olish uchun hech
16
bo‘lmaganda shartlarning biri ROST qiymat qaytarishi kerak. Shuning
uchun, agar fayl mavjud bo‘lsa (ROST), touch dasturi chaqirilmaydi,
ikkinchi shartni tekshirish zarur bo‘lmaydi. Agar fayl mavjud
bo‘lmasa (YOLG‘ON), ikkinchi shart tekshiriladi va touch dasturi
bajariladi.