• Bourne shell
  • -BOB. SHELL SCRIPT ASOSLARI




    Download 3,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/15
    Sana24.11.2023
    Hajmi3,94 Mb.
    #104538
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    linux-operacion-tizimi

    1-BOB. SHELL SCRIPT ASOSLARI 
    1.1-§. Shell script – asosiy tushunchalar 
    Shellda shell script deb ataluvchi o‘rnatilgan dasturlash tili 
    mavjud. Ya’ni, shell qobig‘iga o‘rnatilgan ikkita asosiy interpretator 
    va ikki xil dasturlash tillari Bourne shell va C shell mavjud. 
    C shell tili o‘zining sitaksisi bo‘yicha C dasturlash tilini eslatadi. 
    Aynan shuning uchun ham bu qobiq shunday nomlangan. 
    Bourne shell tili o‘zining sintaksisi va xususiyatlariga ko‘ra 
    mustaqil til hisoblanadi. Nima uchun Linux administratori shell script-
    ni bilishi kerak? Gap shundaki, bu tillar administratorning yordamchi 
    instrumenti sifatida ishlab chiqilgan.
    UNIX ning muhim xususiyatlaridan biri – bu har biri o‘z 
    vazifasini bajaruvchi kichik utilitlarning katta to‘plami mavjudligidir. 
    Komandalarni konveyerli qayta ishlash yordamida murakkab 
    masalalarni bajarish uchun ushbu utilitlarni birlashtirish mumkin. 
    Afsuski, konveyerli qayta ishlash bilan barcha masalalarni hal qilish 
    mumkin emas, ba’zida ko‘proq narsa talab etiladi. Dasturni ixtiyoriy 
    dasturlash tilida yozish mumkin, lekin ushbu dasturlash tilini 
    o‘rganish kerak, tizimda esa uning kompilyatori o‘rnatilgan bo‘lishi 
    shart.
    Shell script-da dasturlarni kompilyatsiya qilish kerak emas, 
    bunda dasturlar qobiqqa o‘rnatilgan interpretator orqali bajariladi. 
    Ya’ni, shell script – bu interpretatsiya qilinadigan til hisoblanadi.
    Bundan tashqari barcha Linux tizimlari shell script tilidagi bir 
    qancha fayllardan tuzilgan, Linux administratori ushbu fayllarni o‘z 
    ixtiyori bilan o‘zgartirishi mumkin, buning uchun esa dasturlash tili 
    bo‘yicha tayanch bilimlarga ega bo‘lishi kerak.
    Shell script-dagi dastur fayli – bu foydalanuvchilar tomonidan 
    komandalar satrida kiritilishi mumkin bo‘lgan komandalar to‘plami 
    hisoblanadi. Agar fayl bajarishga yuklansa, ushbu faylda yozilgan 
    barcha komandalar bajariladi. Lekin, shell-dagi buyruqlarning oddiy 
    bajarilishi bilan bir qatorda, ko‘plab dasturlash tillariga xos bo‘lgan 
    qo‘shimcha imkoniyatlari ham mavjud – bular o‘zgaruvchilar, 
    massivlar, shartli operatorlar, takrorlash operatorlari va boshqalarni 
    qo‘llash imkoniyatlaridir. 
    Ushbu bobda Bourne shell-ga o‘rnatilgan asosiy tilni 
    o‘rganamiz, ya’ni Linux-ni ishga tushirish tizimidagi fayllarda 
    qo‘llaniladigan shakllarini o‘rganib chiqamiz.




    Download 3,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 3,94 Mb.
    Pdf ko'rish