Darsning metodi: aralash.
Darsning jihozi:
3-sinf musiqa darsligi;
kompozitor R.Abdullayevning portreti;
fortepiano, texnik vositalar, musiqa savodiga oid plakatlar.
Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
Tashkiliy qism.
Uyga berilgan vazdani tekshirish. O'quvchilarning «Mustaqillik bolalarimiz» mavzusida tasvirlagan rasmlari tekshiriladi.
Yangi mavzu va musiqa tinglash. O'quvchilar kompozitor R.Abdullayevning ijodi bilan tanishtiriladi va bolalar uchun yozilgan qo'shiqlaridan namunalar tinglanadi (audio yoki CD disk yozuvida). Mazmuni tahlil etiladi.
Q o'shiq haqida o'quvchilarning bilimlari mustahkamlanadi. Klaster metodi ishlatiladi. Va h.k.
Ovoz sozlash mashqi musiqa namunalari asosida o'tkaziladi.
Jamoa bo'lib kuylash. D.Omonullayevaning «Vatanjonim-Vatanim» qo'shig'i takrorlanadi. O’quvchilar o'qituvchi ijrosidagi qo'shiqning kirish qismini tinglab, nomi, kompozitori va shoirini aytib, keyin ifodali, Guruhlar bo'yicha yoki solist va xor bo'lib ijro etadilar.
R.Abdullayevning «Qo'zichoq» qo'shig'ini o'rganish. O’quvchilar qo'shiqning nomi, kompozitori va shoiri bilan tanishaddar, o'qituvchi ijrosidagi qo'shiqni tinglab, uning mazmuni, xarakteri, tempi, ifoda vositalarini tahlil qiladilar. Qo'shiq jumlalab o’rganiladi.
Musiqa savodi. 2/4 dirijorlik ishoralari qaytariladi. O'quvchilar H.Muhamedovaning «Qushlar» qo'shig'ini 2/4 dirijorlik ishoralari bilan notalar, keyin so'zlar bilan ijro etadilar.
Ijodiy faoliyat. H.Muhamedovaning «Qushlar» qo'shig'ining ritmiga mos chapak chalib jo'r bo'lish. Guruhlar bilan ishlash- bitta guruh qo'shiq ritmiga chapak chalib jo'r bo'ladi, ikkinchi guruh qo'shiq aytadi, keyin guruhlar bajardadigan topshiriqlari bilan almashadilar. Faol qatnashgan guruh kartochkalar bilan rag’batlantiriladi.
Dars yakuni. O'qituvchi darsni yakunlab, faol ishtirok etgan O’quvchilarni baholaydi.
Uyga vazifa. Kompozitor R.Abdullayev ijodi va o'rganilgan qo'shiqlarni qaytarish.
3-DARS. Raqs tushunchasi
Darsning maqsadi:
Musiqa tinglash madaniyatini rivojlantirish.
Darsning metodi: aralash.
Darsning jihozi:
3-sinf musiqa darsligi;
fortepiano, cholg'u asboblari;
musiqa savodiga doir tasviriy-illustrativ ko'rgazmalar;
tarqatma kartochkalar;
texnik vositalar.
Darsning blok-chizmasi
t/r
|
Dars bosqichlari
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 minut
|
2
|
Uy vazifalarini tekshirish
|
5 minut
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
25 minut
|
4
|
Ijodiy faoliyat
|
5 minut
|
5
|
Dars yakuni va uyga vazifa
|
7 minut
|
-O'quvchilarni kuy va qo'shiqlar tinglash, kuylash orqali musiqani sevishga o'rgatish.
-O'quvchilarga raqs haqida tushuncha berish.
-O'quvchilarning ijodiy qobdiyatlarini, musiqaga qiziqishini rivojlantirish.
Darsning borishi
O'quvchilar musiqa sadolari ostida sinfga kiradilar.
Tashkiliy qism. Uy vazifasini tekshirish. O'quvchilardan uy vazifasi so'ralib, baholanadi.
Yangi mavzu. O'quvchilarga raqs san'ati, uning ijro turlari haqida tushuncha beriladi (ko'rgazmali qurollar, CD disk yozuvlaridan foydalaniladi).
Musiqa tinglash. O'zbek xalq kuyidan «Andijon polkasi» (o'qituvchi ijrosida yoki CD disk yozuvida) o'quvchilar tomonidan tinglanib, tahlil qilinadi (asar xarakteri, janri...).
Musiqa savodi. 2/4 o'lchovi dirijorlik harakaflari bilan takrorlanadi Keyin o'quvchilar F.Nazarovning «Ko'ylagim» qo'shig'ini o'rganib, qo'l harakatlari bilan dirijorlik qilib kuylaydilar. Bu qo'shiq bilan ovoz sozlash mashqi o'tkaziladi.
Jamoa bo'lib kuylash. RAbdullayevning «Qo'zichoq» qo'shig'ini takrorlash. O'quvchilar o'qituvchi ijrosidagi qo'shiqning kirish qismini tinglab, qo'shiq nomi, kompozitori va shoirini aytib, keyin ifodali, guruhlar bo'yicha yoki solist va xor bo'lib band va naqaroti bilan ifodali ijro etadilar.
J.Najmiddinovning «Salom, maktab» qo'shig'i o'rganiladi. O'qituvchi qo'shiqning nomi, kompozitori va shoirini aytib, o'zi kuylab beradi. Keyin o’quvchilar bilan tinglangan qo'shiq haqida suhbat o’tkaziladi, qo'shiq mazmuni, xarakteri, tempi, ifoda vositalari va nima ifodalangani tahlil qilinadi. Qo'shiq jumlalab o’rganiladi va aniq talaffuz ustida ishlanadi.
Ijodiy faoliyat. J.Najmiddinovning «Salom, maktab» qo'shig'ini mustahkamlash uchun o'qituvchi O’quvchilarni Guruhlarga bo'lgan holda cholg'uchilar va xonandalar ansambli tuzadi. Cholg'uchilar ansamblidagi o'quvchilar bolalar cholg'u asbobida chalib, asar ritmiga jo'r bo'ladilar. Xonandalar ansambli esa qo'shiqni ifodali ijro etadi. Keyin o'quvchilar bajaradigan vazifalari bilan almashadilar.
Dars yakuni. O'qituvchi darsni yakunlab, darsda faol ishtirok etgan O’quvchilarni rag'batlantiradi.
Uyga vazifa. Raqs musiqalarini radioeshittirish va televideniye ko'rsatuvi orqali tinglab, nomini bilish.
|