• Energiyani tejash boyicha tavsiyalar
  • Kirish bolimining
  • Zavod va binolarning tavsifi




    Download 3,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/48
    Sana29.01.2024
    Hajmi3,3 Mb.
    #147879
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
    Bog'liq
    energiya audit

    Zavod va binolarning tavsifi  
    Mavjud qurilmalar va uskunalar.  
    Uskunaning ishlash tartibi.  
    Ishlab chiqarish samaradorligini baholash.  
    Energiya auditi  
    Energiya sarfini o'lchash.  
    Ma’lumotni jadval va grafik ilovada tahlil qilish.  
    Iste'mol qilinadigan energiya miqdori va narxi haqida sharhlar.  
    Energiyani tejash bo'yicha tavsiyalar  
    Tavsiya etilgan tadbirlarning umumiy tavsifi.  
    Tavsiya etilgan harakatlar qanday qilib energiyani tejashga yordam berishi 
    mumkinligini tushuntirish.  
    Tavsiya etilgan tadbiralarning texnik-iqtisodiy asoslanishi.  
    Quyida biz ma'ruza mazmunini tayyorlash metodikasini ko'rib chiqamiz. 
    Kirish va yakuniy bo'limlar bo'yicha tavsiyalarga kelsak, ular quyidagicha tuziladi. 
    Kirish bo'limining maqsadi – ob’ektdagi izlanishga tayyorgarlik va uning 
    olib borishi, shuningdek kutilgan natijalar to'g'risida ma'lumot berishdir. Kirish, 
    shuningdek, auditorlik metodologiyasini va hisobot parametrlarini tavsiflashi kerak 
    (ya'ni, energiya iste'mol qilish xususiyatlarini ta'kidlash yoki kam baholash). 
    Kirish odatda quyidagi bo’limlarni o'z ichiga oladi:
    Energiya auditi bo'yicha hisobotni amalga oshirish: hisobot uni tayyorlaydigan, 
    ob’ektni tekshiradigan tashkilot / konsortsium tomonidan amalga oshiriladi;
    Loyihani asoslash: ushbu loyiha tashkilotning turli qismlariga mo'ljallangan bir 
    nechta loyihalardan biri emasmi, bu yangi energiya menejment faoliyatisining 
    bir qismi buladimi belgilash kerak; 
    Loyihaning vazifalari: potentsial energiya tejashni aniqlash; 
    Hisobot parametrlari: hisobotda energiyadan foydalanishning o'ziga xos jihatlari 
    yoritilishi kerakmi yoki ba'zi bir energiyadan foydalanish turlari chiqarib 
    tashlanadimi, chunki ular alohida izlanishning bir qismidir belgilash kerak. 
    Sinov usullari: hisoblagichlardan foydalanish, jihozlarni vizual tekshirish, vaqt 
    davomida to’plangan energiya ma'lumotlarini tahlil qilish.


    80
    Menejment xulosalari: auditorlik izlanishi natijasida aniqlangan o'tgan vaziyatni 
    tushuntirish va energiyadan foydalanish bilan bog'liq muhim fikrlarni aniqlash. 
    Xulosasi menejmentni ob'ektning energiya samaradorligini oshirish bo'yicha 
    tavsiya etilgan harakatlar yo'nalishi bo'yicha boshqarishi va tejashga olib keladigan 
    foyda va oqibatlarni ta'kidlashi kerak bo’ladi. Bundan tashqari, ushbu bo'lim texnik 
    so'zlardan ortiqcha foydalanishdan saqlanib, tushunarli va aniq yozilishi kerak 
    bo’ladi. 
    Energiya audit xulosasi odatda quyidagi fikrlarni o'z ichiga oladi:
    • Tekshirilayotgan ob'ektdagi ishlarning hozirgi holati (energiyadan foydalanish 
    zaif, qoniqarli, yaxshi; boshqa ob'ektlarga nisbatan energiya sarfi)
    • Energiya izlanishlarining asosiy yo'nalishlari (juda yuqori /past energiya sarflash)
    • Kerakli o'zgarishlarni asoslash (tavsiya etilgan harakat yo'nalishi, muqobil 
    harakatlar)
    • Kutilayotgan natija (kelgusida iqtisodiy foyda olish, agar tavsiyalar bajarilishi 
    sharti bilan)

    Download 3,3 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




    Download 3,3 Mb.
    Pdf ko'rish