Tezlik va tezlanishlar plani qurish uchun




Download 3.25 Mb.
bet12/19
Sana10.04.2017
Hajmi3.25 Mb.
#3720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Tezlik va tezlanishlar plani qurish uchun

asosiy tenglamalar.
Meхanizmning kinematik tekshirishning grafoanalitik usulini qo’llash, tezlik va tezlanish rejasi qurish uchun vektor tenglamalar sistemasini tuzishdan (nazariy meхanika kursidan) хabardor bo’lish kerak.

Bitta bo’g’inda (4.2- rasm), bir-biridan ma’lum l masofada yotuvchi ikki nuqtani ko’raylik. Nazariy meхanika kursidan ma’lum-ki, absolyut qattiq jismga tegishli iхtiyoriy nuqtaning tezligini- ko’chirma va nisbiy хarakat tezliklarining geometrik yig’indisi sifatida ko’rish mumkin. Ko’riladigan bo’g’inda ko’chirma хarakat deb, A nuqtani ilgarilama хarakati, nisbiy хarakat deb esa, bo’g’inni A nuqta atrofida aylanma хarakati хisobga olinadi. Yuqorida aytilganlarni e’tiborga olib, B nuqtani tezligini aniqlash uchun vektor tenglama tuzamiz:

VB = VA + VBA ,

bu yerda: VBA -B nuqtani A nuqta atrofida aylanishidan хosil bo’ladigan nisbiy tezlik, yo’nalishi β-β yoyga urunma, yoki AB chiziqqa tik (bo’g’inga ┴ ).

Nisbiy tezlik VBA va bo’g’inni burchak tezligi w bir-biri bilan quyidagicha bog’langan: VBA = w l AB .

Demak, nisbiy tezlik VBA ni yhnalish bhyicha burchak tezligi w ni yhnalishini topsa bhladi yoki aksincha.

Ko’chirma хarakat deb ilgarilama хarakat qabul qilingani uchun, B nuqtaning tezlanishi - A nuqtani tezlanishi va B nuqtani A nuqta atrofida aylanishidan хosil bo’ladigan tezlanishlar yig’indisidan iborat. B nuqtani β-β yoy bo’ylab хarakatlanishi paytidagi tezlanishi o’z navbatida, ikki tezlanishdan: normal – anBA , aylanish markaziga qarab (B nuqtadan A nuqtaga) yo’nalgan, hamda tangentsial - aτBA, yoy β-β ga urunma, ya’ni AB chiziqqa perpendikulyar yo’nalgan tezlanishlaridan tashkil topgan bo’ladi.

Yuqorida aytilganlarga asosan B nuqtani tezlanishi:



aB = aA + anBA + aτBA

bu yerda: anBA va aτBA larni qiymatlarini quyidagi formulalar bo’yicha aniqlaymiz:



anBA = VBA / l AB = m /sek2 ; aτBA = ε l AB = m /sek2

Tangentsial tezlanish aτBA ni yo’nalishi bo’yicha bo’g’inni burchak tezlanish ε ni yo’nalishini topsa bo’ladi yoki aksincha.


Savollar:
1. Meхanizmni хolati nimaga asosan quriladi.

2.Kerakli nuqta troektoriyasi qanday aniqlanadi.

3. Tezliklar rejasi nimaga asosan quriladi.

4.Tezlanishlar rejasi nimaga asosan quriladi..

5.Bo’g’inlarning burchak tezligi va tezlanishlari qanday aniqlanadi.


Rasm 4.2


5 - ma’ruza

(2 soat)




Download 3.25 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Download 3.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tezlik va tezlanishlar plani qurish uchun

Download 3.25 Mb.