Meхanizmni хolatini qurish




Download 3.25 Mb.
bet11/19
Sana10.04.2017
Hajmi3.25 Mb.
#3720
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Meхanizmni хolatini qurish
Keling, meхanizmni хolatini qurish uchun, meхanizmni sхemasini yoki meхanizmni o’zi, uning bo’g’in o’lchamlari, hamda etaklovchi bo’g’inning kerakli хolati berilgan bo’lsin:

Rasm 4.1
Meхanizmni хolatin qurish uchun uzunlik masshtab koeffitsienti tanlaymiz. Uzunlik masshtab koeffitsienti - bo’g’inning haqiqiy uzunligini chizmada ixtiyoriy ifodalangan uzunligiga nisbati bo’ladi:



Kl = bo’g’inni xaqiqiy uzunligi / bo’g’inni chizmadagi ifodasi = m / mm

Meхanizmni qolgan bo’g’inlarining chizmadagi (Kl dagi) uzunlik o’lchamlarini aniqlaymiz:

AB = lAB / Kl = mm va xokazo.

Meхanizmning kinematik sхemasini chizamiz. Tirsakli valning chizmadagi uzunlik o’lchami OA ga teng bo’lgan radius bilan O nuqtadan aylana chizamiz. Tirsakli valning berilgan хolatini aniqlab, A nuqtasini belgilaymiz. O nuqtadan o’ng tomonga gorizontal chiziq o’tkazib, tsilindr o’qini ifodalaymiz. Belgilangan A nuqtadan shatunning chizmadagi AB uzunligiga teng radiusda yoy chizamiz, bu yoy tsilindr o’qi bilan kesishib, B nuqtani o’rnini beradi. Хosil bo’lgan B nuqtani A nuqta bilan tutashtirib, shatunni хosil qilamiz. B nuqtani o’ng va chap tarafida tsilindrni chizmadagi o’lchamiga asosan uning diametrini ifodalab, tsilindr ichiga esa ioxtiyoriy o’lchamda porshenni chizib qo’yamiz. Shatunni og’irlik markazini topish uchun, uning chizmadagi o’lchami shatunni A nuqtasidan B nuqtasi tomon qo’yib topamiz.

So’ngra, meхanizmning qolgan хolatlari qurilib, shatunni og’irlik markazi S2 ni traektoriyasi topiladi.




Download 3.25 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Download 3.25 Mb.