Mehmonxona xo‘jaligida eko-innovatsiyalarni joriy etishning xalqaro tajribasi




Download 70 Kb.
bet2/6
Sana12.12.2023
Hajmi70 Kb.
#116467
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu xalqaro mexmonxona (2)

Mehmonxona xo‘jaligida innovatsiyaning ahamiyati.

Turizm bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning turli sohalardagi yangi texnologik o‘zgarishlarga turistik mehmonxonalarning o‘z vaqtida moslashishi faoliyat natijalarida yangi ish metodlarini yaratish va takomillashtirish qobiliyati mehmonxona faoliyatni davom etirish uchun zarur shart hisoblanadi. Innovatsiyalarni joriy etish zaruriyati, raqobat kurashini va bozorning boshqa qator talablarini rag‘batlantiradi. Ulardan foydalanishning yana bir muhim jihati zamonaviy shaxs ruhiyatidagi o‘zgarishlar, o‘zgarib turadigan iste’molchi talab istak va xohishlari, demografik, iqtisodiy va ijtimoiy tartiblarining o‘zgarishi bilan izohlanadi. Strategik boshqarishga qarashlarni zamonaviy tizimi ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotdagi o‘zgarishlar ta’siri ostida shakllantirildi hamda qayta tashkil etildi. Strategiya mehmonxonaning tashqi muhit talabalariga reaksiyasi sifatida uning salohiyatidan foydalanish va taraqqiyot vositasi hisoblanib, uning raqobatbardoshligini saqlab qolish va kuchaytirishning asosiy sharti hisoblanadi.


Mazkur reaksiyani tushunish va baholash o‘rtasidagi farq tushunchaning turli xil
ta’riflarda ifodalanishi bilan belgilanadi.
Yangi asrda xalqaro turistik bozorda qo‘yidagi yangi tendensiyalar vujudga keldi:21

  • turistlar xatti-harakatlari stereotipining o‘zgarishi. Turistik tashriflar motivatsiyasida dam olishni faol shakllarining ta’siri kuchaydi, turizmni zamonaviy turlari safiga ekzotik turlar kira boshladi, turistik tashriflar motivatsiyasi qoniqishga bo‘lgan talab va taassurotlar o‘zgarishida aks etadi;

  • sayohat qiluvchilarni yosh tarkibining ya’ni turistlarni umumiy tarkibidayoshi o‘tgan shaxslar ulushini ortishi talabni individuallashtirish va maxsuslashtirishni talab qilmoqda.

turistlar aksariyat hollarda o‘zlarining shaxsiy xohish-istagi bo‘yicha tanlangan yakka tashriflarni afzal ko‘radilar. Hammaga ma’lum bo‘lgan va “aholi gavjum” kurortlarga guruhli turlar ko‘pchilikni endilikda qoniqtirmaydi. Shu sababli, turistlik firmalar barcha turistlar uchun o‘z mahsulotini yo‘naltirmaydi, balki, mijozlarni aniq maqsadli guruhlarini qondirishga yo‘naltiradi.

  • umumiy turistik tashriflar tarkibida chet elga bo‘lgan tashriflar sonini ortishi bilan birga, bir vaqtning o‘zida mamlakat ichkarisidagi turistlar sonini kamaytirish tendensiyasi kuzatiladi;

  • iste’molchi-turist fikrini ekologiyalashtirish. Atrof-muhit bilan insoniyat jamiyatini uzluksiz birligini anglash yuz beradi, natijada ekologik turlarga bo‘lgan talab ortadi; turistik tashriflar davomiyligi va chastotasining o‘zgarishi. Sayohatlar chastotasi uzoq muddatli bo‘lib, ularni davomiyligi esa kamayish tendensiyasiga egadir. Bunday vaziyat “intervallar” bilan sayohat qilish degan nomni oldi. Buning sababi, avvallo asosiy ta’tilni bo‘laklashga bo‘lgan iste’molchilarni intilishi bilan izohlanadi. Intervallar bilan sayohat qilish turizm sohasidagi keskin bo‘lgan muammolardan birini echishga, ya’ni turizm korxonalari faoliyatidagi nomavsumiy tengsizlikni bartaraf etishga yordam beradi; servis (xizmat ko‘rsatish) darajasiga turistlar talabining oshishi, turistlar yanada savodli va tajribali bo‘lib, natijada yana ham talabchanroq bo‘lishdi;

  • turistik dam olishni intensifikatsiyalash ekskursiyalarni turli sayrlar hamda uchrashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda.

Mazkur faktorlarning ta’siri shunga olib keladiki, hozirgi sharoitda innovatsiyalar turistik korxonalar uchun bozorda yashab qolishning asosiy sharti bo‘lib qolmoqda.
Yangiliklar bozor ehtiyojining o‘lchovi bo‘yicha joriy etilishida menejer uning zaruriyati va maqsadga muvofiqligini oldindan ko‘ra bilishi kerak.
Mazkur sohadagi ishlar doirasida quyidagilar tavsiya etiladi:

  • istalgan bozor ulushini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tovar xizmatlarni aniqlash;

  • eskirgan tovar va xizmatlarni o‘rnini bosuvchilarini aniqlash innovatsiyaning firma faoliyatining barcha sohalariga joriy qilish (reklama va hokazo); innovatsiyaning qisqa va uzoq muddatli dasturlari muvozanatini saqlash (foydani qanday oshirish kerak, mavjud mablag‘lardan qay tarzda samarali foydalanish mumkin va hokazo).


Download 70 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 70 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehmonxona xo‘jaligida eko-innovatsiyalarni joriy etishning xalqaro tajribasi

Download 70 Kb.