|
Mehmonxona xo‘jaligida eko-innovatsiyalarni joriy etishning xalqaro tajribasi
|
bet | 4/6 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 70 Kb. | | #116467 |
Bog'liq 8-mavzu xalqaro mexmonxona (2)8.4.Zamonaviy dasturlarni joriy etishning usullari
Mehmonxonalarda xizmatlarni sifatli amalga oshirishda birinchi navbatda boshqaruv samaradorligi yuqori darajada va tez amalga oshirilishi lozimi. Buning uchun barcha xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar ishini muofiqlashtirishni talab etadi. Bo‘limlar bir-biri bilan ma’lumot almashishini tezlashtirish maqsadida bir qator boshqaruv modullari ishlab chiqilgan. Mehmonxona servisidagi avtomatlashtirilgan tizimning umumiy tarkibiy tuzilishini ko‘rib chiqamiz. Aniqlik uchun uni modullarga ajratamiz.
Har bir modul bitta bo‘limni avtomatlashtirish imkoniyatini beradi (ma’mur- porte, restoran, ombor, buxgalteriya va h.k.). Tizim faoliyat ko‘rsatishi uchun unda barcha modullar bo‘lishi shart emas. Tizim barcha modullarga kirish uchun bitta nom va paroldan foydalanadi. Har bir foydalanuvchiga tizimda ishlash uchun kirish huquqlari beriladi va u avtomatlashtirilgan tizim ma’muri tomonidan ruxsat etilgan harakatlarnigina bajarishi mumkin. “Ma’mur - Porte” moduli. Bu modul mehmonxona ma’muri -portesi ishini avtomatlashtirish, yashab turgan mijozlar va ularga ko‘rsatilgan qo‘shimcha xizmatlar haqidagi ma’lumotlarni ma’lumotlar markaziy bazasiga uzatish, ro‘yxatdano‘tkazish, bronlashga doir hisobotni yuritish, buxgalteriya uchun zaruriy hisobot ma’lumotlari yig‘ish uchun mo‘ljallangan. Uning asosiy imkoniyatlari:
mijozlar va korxonalarning ma’lumotnomalarini yuritish;
nomerni bronlash;
mijozni ro‘yxatdan o‘tkazish;
xizmatlar ko‘rsatish;
hisob-kitob varaqidan ko‘chirmalar berish;
hisob-kitob varaqlari bo‘yicha haq to‘lash;
yashab turish hisob-kitob varaqidan ko‘chirmalar berish;
yashab turish hisob-kitob varaqi bo‘yicha haq to‘lash;
operativ hisobotlar tayyorlash;
to‘langan hisob-kitob varaqi bo‘yicha pulni mijozga qaytarish;
mehmonxona mol-mulkini nobud qilish haqida dalolatnoma tuzish;
mijozlar balansini yuritish.
“
|
| |