|
Mehnat ta’limi fanidan 8 – sinflar uchun dars ishlanmalar to’plamiBog'liq 8 sinf texnologiya konspekt [uzsmart.uz]
III. Yangi mavzu bayoni
Reja:
1. Sovg‟a uchun quticha yasashning texnologik xaritasini tuzish.
2. Texnologik xarita asosida sovg‟a uchun quticha yasash.
1. Sovg’a uchun quticha yasashning texnologik xaritasini tuzish.
Amaliy mashg’ulotning borishi.
Har qanday buyumni yasash uchun uning
tegishli chizmasi va texnologik jarayonning asosini tashkil qiladigan texnologik
xaritasi bo‟lishi shart. Texnologik jarayon deganda umuman ishlab chiqarish
jarayonining bir qismi tushuniladiki, unda xom ashyoni tayyor buyumga
aylantiriladi.Texnologik jarayon o‟z navbatida taxnologik mexnat jarayonlariga
bo‟linadi.Har bir texnologik jarayon texnologik jarayonning tugal bir qismi bo‟lib,
ularda bir ish o‟rnida va asbobni almashtirmay,masalan, arralash, egovlash,
parmalash, elimlash, mixlar, burama, mixlar (shurup) va boshqa vositalar bilan
biriktirish kabi biror ish bajariladi. Shuningdek, texnologik jarayon ham yanada
kichik elementlarga –texnologik o‟tishlarga bo‟linadi.Bular texnologik jarayonning
tugal qismlaridan iborat bo‟lib , foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan
yuzaning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi.Masalan, yog‟ochni arralash, g‟adir-
budur yuzasini randalash va hokazo. Bu mashg‟ulotda sovg‟a uchun quticha
yasalishini va uning texnik chizmalari va texnologik xaritasini tuzulishini, ularni
daftarga ko‟chirib olish kerakligini aytib o‟tiladi. Shundan so‟ng o‟quvchilar bilan
birgalikda sovg‟a uchun quticha yasashning texnologik xaritasi tuziladi.
2. Texnologik xarita asosida sovg’a uchun qo’ticha yasash.
Tayyorlangan texnologik xarita asosida o‟quvchilar sovg‟a uchun quticha
yasaydilar. Bu jarayonda yasaladigan qutichani ssifati, chiroyi va tuzulishiga katta
e‟tibor qaratish kerak. Sovg‟a uchun yasaladigan qutichani to‟rtburchak,
silndirsimon, doirasimon shakllarda ham yasash mumkin. Quticha yuzasiga turli
ko‟rinishdagi naqshlarni chizish orqali uni yanada jozibadorligini oshirishga
erishish mumkin.
Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida sovg‟a uchun yasaladigan qutichani
oddiy yog‟och cho‟plaridan ham yasasa bo‟ladi. Buning uchun yog‟och cho‟plari
to‟lanadi. Ular turli yelimlar yordamida bir-biriga briktiriladi. Biriktirilgan qismlar
usti lok yordamida loklab chiqiladi. Bu yo‟l bilan quticha yasash orqali
o‟quvchilarda xom ashyoni tejash, isrof qilmaslik, undan samarali va unumli
foydalanish ko‟nikmalari rivojlanadi.
|
| |