mo`ljallangan xilma-xil kiyimlar va buyumlarni qo`lda to`qib olish imkoniyatiga ega
bo`ladi.
Hunar albatta yoshlikdan o`rgatiladi. Yurtimizda ko`pgina o`quv yurtlarida
amaliy san`at turlariga oid hunarlarni o`rgatish bilan bir qatorda tikish, qo`lda to`qish
hunarini o`rgatadigan maktabdan tashqari muassasalar ham faoliyat yuritmoqda. Bu
hunar
yosh avlodda mehnatga muhabbat, badiiy did va mahorat, sabrlilik va
ijodkorlik tuyg`ularini shakllantiradi. Qo`lda to`qish to`garaklari
maktablar qoshida
hamda maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida, mahalla qo`mita
qoshida tashkil
etiladi. Bu to`garaklarda yoshlar qo`lda to`qish tarixi, to`quv jihozlari va iplari
turlari, ulardan to`g`ri foydalanish, to`qish uslublari, to`qilgan buyum va kiyimlarni
kerakli o`lchovda to`qish, to`qilgan
kiyimlarga ishlov berish, ularni asrash kabi
malakalarni egallaydilar.