2. To`qishning murakkab usullarini o`rganishda kryuchokdan foydalanish sirlari. Kryuchokda to`qishni texnik rasmlarga qarab o`rganish oson.
Buning uchun har bir chokning namunasi (sxemasi)ni bilish darkor. Barcha choklarni
namunaga qarab to`qishni o`rganib bo`lgach, katta buyumlarni to`qishni boshlash
mumkin.
2.1. Xalqasimon petlya (sepochka). Bu quyidagicha amalga oshiriladi: kalava ipni
boshini chap qo`lning ko`rsatkich barmog`iga ilib,
o`ng qo`ldagi kryuchokni uning tagidan o`tkaziladi.
So`ng chap tomondan o`ng tomonga kryuchokni
tortib petlya hosil qilinadi. Hosil bo`lgan petlyaga
chap qo`lning bosh barmog`i bilan ushlab yordam
beriladi. Sxemada xalqasimon petlya nuqta (
o
) bilan
belgilanadi.
Boshlovchilar
kryuchokni
to`g`ri
ushlashini bilib olishlari zarur. Kryuchok o`ng
qo`lda
xuddi
qalam
ushlagandek
ushlanadi.
Kryuchokni har tomonga aylantirish mumkin emas.
Kalava ip va to`qilayotgan ashyo chap qo`lda turadi.
2.2. Bog`lovchi peltya. Bu peltya yordamida
peltyalar sonini qisqartirish yoki alohida to`qilgan
mahsulotlarni
ulashda
foydalaniladi.
Uning
sxemadagi belgisi: X.
2.3. Makidsiz ustun. Kryuchokni oxiridan
bitta oldingi petlyaga kirgizib, ipni tortib yangi
petlya hosil qilinadi. So`ng yana ip tortib ikkita
petlyani tagidan o`tkazib bitta petlya qiladi. Bu chok
xalq tilida “t” chok deyiladi. Sxemadagi belgisi:
T. To`qilayotgan buyumning chegarasi tekis
chiqishi uchun qator oxirida bitta xalqasimon petlya
to`qib yuboriladi.
2.4. Nakidli ustun. Kryuchokka bitta ilgak
olib, xalqasimon chokning bittasidan o`tkaziladi.
Kryuchokda uchta petlya hosil bo`ladi. Ikkita
petlyani bitta qilib, petlya olinadi, kryuchokda ikkita
petlya qoladi, yana ikkita petlyani bitta qilib olinadi.
Shunda bitta ustunga o`xshash chok paydo bo`ladi.
Uning sxemadagi belgisi: