5-8-dars.
“Texnologiya va dizayn” yo`nalishi uchun.
Mavz
u:
Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash
Darsning maqsadi:
a)
ta`limiy
- o`quvchilarga to`qmoqlarning vazifasi va konstruksiyasi, ular
bilan ishlash usullarini o`rgatish, ularni to`qmoqlarni tayyorlash va ishlatishdagi
xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan tanishtirish;
b)
tarbiyaviy
-o`quvchilarni ish jarayonida tejamkorlikka o`rgatish, ularda
go`zallikni his qilishni rivojlantirish;
v)
rivojlantirish
- o`quvchilarda buyum tayyorlash ishlarini bajarishda hosil
bo`ladigan mehnat ko`nikmalarini kengaytirish;
Kasbga yo`naltiruvchi maqsad:
o`quvchilarning durodgorlik, yog`och
o`ymakorligi kabi kasblar to`g`risidagi bilim, ko`nikma va malakalarni
rivojlantirish.
Darsning vazifalari:
–o`quvchilarga texnologik xarita to`g`risidagi umumiy tushunchalarni
o`rgatish;
–toq`moq yasash uchun texnologik xarita tayyorlash to`g`risida ma`lumot
berish
–to`qmoq yasashda bajariladigan ish usullari, asbob- uskunalar va moslamalar
bilan tanishtirish;
–asbob-uskunalar va moslamalardan foydalanishda rioya qilinadigan xavfsizlik
texnikasi qoidalari va sanitariya gigiena talablariga amal qilishni uqtirish;
–sohaga oid kasblar bo`yicha ma`lumot berish.