III.
Yangi mavzu bayoni
Reja:
1.
Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash bo`yicha umumiy tushuncha.
2.
To`qmoqni yasashga oid eskiz, texnologik xarita tuzish.
1.
Duradgorlik asboblaridan to`qmoq yasash bo`yicha umumiy tushuncha.
Yog`och to`qmoqlar o`quvchilar ustaxonalarda tanishadigan dastlabki asboblardan
biridir. Yog`och to`qmoqning qo`llanish sohasi juda keng:
ular yupqa list metalga
ishlov berishda ham, duradgorlik ishida ham (dastgoh va randalarni sozlashda,
iskanalarni ishlatishda, detallarni yelimlab biriktirishda va h) juda kerakli asbobdir.
Tunukasozlar va duradgorlar yog`och va plastmassadan qilingan kallak shakli va
kattaligi har xil bo`lgan to`qmoqlardan foydalanadilar. O`quv ustaxonalari
sharoitida
bunday
xilma-xillikga
zarurat
yo`q.
Yog`och
(plastmassa)
to`qmoqlarining o`lchamlari o`quvchilarning yosh imkoniyatlariga bog`liq,
shakli
esa bajariladigan jarayon shartlari bilan belgilanadi. Tajriba shuni ko`rsatadiki,
metal va yog`och ishlari uchun o`quvchilar kallagi to`g`ri burchakli to`qmoqlardan
foydalanishlari qulayroqdir. Duradgorlik ustaxonasida kallgi 120x60x35mm,
110x50x30mm o`lchamli yog`och to`qmoqlar kerak. Chilangarlik o`quv
ustaxonalarida ham shunday to`qmoqlardan foydalanish mumkin. Ammo bu o`rinda
kallagi plastmassa (tekstolit)dan tayyorlangan to`qmoqlar qulay. Ularning
o`lchamlari yog`och to`qmoqnikidan kichikroq, kesimi taxminan 50x25mm,
uzunligi 80-100mm. To`qmoqlarning gabarit uzunligi 250mm dan 300mm gacha
oraliqda bo`lishi mumkin.
Maktab o`quv ustaxonalarida to`qmoqlarni o`quvchilarning o`zlari
tayyorlaydilar. Ishning eng qiyin qismi – kalllakda dasta uchun teshik
ochishdir.Teshik bir yo`la yoki kallakning yarmigacha ochilishi mumkin. Bir yo`la
ochilgan teshikda
dasta pona va nagel yordamida , yarmigacha ochilgan teshikda
pona va burama mix yordamida mahkamlanishi mumkin. Yopiq terishning
chuqurligi 40-50 mm bo`1adi.Unga dasta quyidagicha mahkamlanadi: dastaning
kallakka kiritiladigan uchida dioganal bo`yicha 35-40 mm chuqurlikda qiyin
arralanadi. Unga yelim surtilgan pona burab kirgiziladi
va dasta kallakka urib
kiritiladi. Kallak yorilib ketishining oldini olish uchun dastaning kiritiladigan uchi
teshikka nisbatan 1 mm ingichkaroq , qilinadi.Mazkur holatda butun og`irlik kallak
to`qimalari bo`ylab tushadi. Bunday yo`nalishda yog`och katta pishshiqlikka ega
bo`ladi.
Dasta kallakka taqab kiritilgandan keyin kallakning yon tomonidan kichik
teshik parmalanadi, zenkovka qilinadi va burama mixni
dastaga kiritadigan qilib
burab kiritadi.
O`quvchlar tomonidan to`qmoqni tayyorlash ularga rejalash, arralash,
randalash, parmalash ishlarini mashq qilish, oval teshik ochish usullridan biri bilan
tanishish, bolg`a va to`qmoqlar uchun dastalar randalash ketma-ketligi, agel
yordamida mahkamlash, iskana bilan ishlash usullari
bilan tanishish imkonini
beradi.
O`quvchilar to`rtta mashg`ulotda to`qmoq tayyorlashga ulguradilar.
Birinchi mashg`ulot eng murakkab va mas`ulyatli mashg`ulotdir. Bu mashg`ulotda
o`quvchilar kallak tayyorlaydilar. Ish quyidagi izchillikda bajariladi: kesi kallak
kesimiga teng bo`lgan bruslardan uzunligi 120 mm li zagotovkalar arralab olinadi.
Keyin zagotovkada teshik markazlari belgilandi va ular parmalanadi. Ishning eng
mas`ulyatli qismi- teshiklar o`rtasidagi perewmijkalarni iskana bilan qirqishdir. Bu
mahsg`ulotlar davomida o`quvchilarda iskana bilan ishlash ko`nilmalari yanada
shakillanadi.