Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», татуфф, Фергана, 4 мая 2023 г




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   312
Bog'liq
3 tom

References 
1.
Mell P.M., Grans T. NIST Cloud Computing Definition. NIST. 
2020 doi: 10.6028/NIST.SP.800-145. 
2.
Armbrust, M., Fox, A., Griffith, R., Joseph, A. D., Katz, R., 
Konwinski, A., Zaharia, M. (2010). A view of cloud computing. 
Communications 
of 
the 
ACM, 
53(4), 
50–58. 
doi:10.1145/1721654.1721672
3.
Ashari, A., & Setiawan, H. (2011). Cloud computing: Solusi ICT? 
Jurnal Sistem Informasi [Journal of Information Systems], 3(2), 
336–345. Retrieved from https://ejournal.unsri.ac.id 


Современные решения проблем системы высшего, среднего образования и их решения
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
252
FUQAROLIK JAMIYATI TARAQQIYOTIDA TOLERANTLIK 
MADANIYATINING O‘RNI 
1
A.Ergashev 
1
TATU Farg‘ona filiali talabasi 
O‘zbekistonning milliy – madaniy xilma-xilligi milliy o‘zlikni 
anglashning o‘sishi va ma’naviy-ruhiy tiklanish bilan qo‘shilib, jamiyatning 
yangilanishiga, uning tolerantligiga qudratli turtki bo‘ldi. Bu esa respublikaning 
jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun kishilar umummaqsad yo‘lida 
birlashishlari lozim. Turli etnik, diniy, siyosiy va boshqa yo‘nalishdagi ijtimoiy 
guruhlarning konstruktiv aloqasiga-tolerant axloqli shaxslar tajribasi orqali 
erishish mumkin. Tolerantlik lotincha “tolerantiya” so‘zidan olingan bo‘lib, 
chidam, chidamlilik, toqat qilish, keng fellik, bag‘rikenglik degan ma’noni 
anglatadi. Tolerantlik millatlararo, davlatlararo, shaxslararo, guruhlararo, shaxs-
davlat, ijtimoiy guruhlar va davlat kabi munosabatlarning ma’naviy-madaniy 
saviyasini belgilab beruvchi muhim kategoriyadir. Bag‘rikenglik dunyodagi turli 
madaniyatlarni, o‘zini ifodalash va insonning alohidaligini namoyon qilishning 
xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. 
Tolerantlik har bir muayyan insonni, uning fikri, nuqtai-nazarini, har qanday 
boshqa madaniyat, dunyoqarashni, ehtiqodni qanday bo‘lsa, shundayligicha 
qabul qilishga hozirlikdir. Bu bir-biriga o‘xshamagan insonlarning birga 
ahillikda yashashga intilishi, boshqa kishilar fikri va xatti-harakatiga nisbatan 
ijobiy holatda bo‘lishidir. Tolerantlik barcha sohalarga singib ketgan, chunki 
hayotda yoki jamiyatda faoliyat olib borishda inson ijtimoiy voqelikni har doim 
inobatga olishi kerak. 
O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgan davrlarda turli jabhalarda 
rivojlanib, barqarorlashib borayotgan hayot tarzi o‘ziga xos tolerantlik 
yo‘nalishlari va ularni milliy ongda shakllantirish vazifalari amalga oshirilishiga 
asos bo‘ldi. Bu jarayon milliy o‘zlikni anglash, milliy madaniyat, millat kelajagi 
bo‘lgan yoshlar ongida milliylashuv yo‘nalishining tarkib topishi bilan bog‘liq. 


Oliy va o‘rta ta’lim tizimida pedagogik – psixologik muammolarning zamonaviy yechimlari 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
253
Chunki yoshlarimizning milliy o‘zligini anglashi ajdodlarimizdan qolgan 
moddiy va ma’naviy merosni, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlarni o‘zlashtirish 
bilan birga, ularda milliy manfaatlarni, Vatan taqdiri va mamlakatning har 
tomonlama taraqqiyoti uchun mas’ullik tuyg‘ulari mustahkamlanishini 
ta’minlaydi.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston xalqlari mentalitetiga xos bo‘lgan 
tolerantlikning 
tarixiy-ma’naviy 
negizlarini 
Prezidentimiz 
I.Karimov 
quyidagicha ta’riflaydi: “ming yillar mobaynida Markaziy Osiyo g'oyat xilma-
xil dinlar, madaniyatlar va turmush tarzlari tutashgan va tinch-totuv yashagan 
markaz bo‘lib keldi. Etnik sabr-toqat, bag‘rikenglik hayot bo‘ronlaridan omon 
qolish va rivojlanish uchun zarur tabiiy me’yorlarga aylandi…”
1
.
Tolerantlik milliy-madaniy aloqalarning samaradorligini oshiruvchi 
vositadir. Albatta, o‘zga madaniyatlar, ma‘naviy qadriyatlar bizning an’anaviy 
qadriyatlarimizga zid mohiyatga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham 
ularning ba’zi jihatlari bizga yoqmasligi mumkin. Lekin, ular o‘zgalarning, shu 
jumladan bizning mafaatlarimizga ziyon yetkazmasa, ularning mavjudligiga 
e’tiroz bildirmasdan, mohiyatini to‘g‘ri tushunishga intilish tolerantlik 
ifodasidir. O‘zga madaniyatlar qadriyatlarini idrok qilish, mohiyatini tushunib, 
tahlil qilish, qadriyatlar tizimini o‘zlashtirish shaxs va millatning ma’naviy 
saviyasini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Hozirgi axborotlashtirish jarayonlarida tolerantlik muammosi madaniy 
ta’sir o‘tkazish, madaniy ekspansiyaga yo‘l qo‘yish muammosiga aylanmoqda. 
Bu siyosiy Iroda, siyosiy va harbiy xatti-harakatlar bilan bog‘lanadi. Madaniy 
tolerantlik madaniy qiziqqonlikka ziddir. Madaniy kelishmovchilik, nizo 
holatidagi millatlar o'rtasida tolerant munosabatlar o‘rnatish imkoniyati, basharti 
u ichki ong darajasida shakllantirilgandagina oydinlashadi. Bu holda tolerantlik 
madaniyatning hayotiy dunyosi, o‘zining voqeligiga xosligi masalasiga 
aylanadi. Ya’ni, madaniy tolerantlikning o‘zi tolerantlik me’yoridir.
Bugungi kunda xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va 
madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib olgan yangi avlodni 



Download 6,64 Mb.
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», татуфф, Фергана, 4 мая 2023 г

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish