Oliy va o‘rta ta’lim tizimida pedagogik – psixologik muammolarning zamonaviy yechimlari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
255
singari huquqqa, ya’ni o‘z fikri, o‘z e’tiqodi to‘g‘ri degan qarashga ega
bo‘lishga xaqlidir. Binobarin nechog‘lik mustahkam e’tiqodga asoslangan
bo‘lishiga qaramasdan, har qanday shaxsiy fikr muayyan darajada nisbiydir.
Demak, tolerantlik bu dunyoda boshqa qarashlar, boshqa e’tiqodlar va boshqa
odamlar ham mavjud ekanligini tan olish demakdir.
O‘zbek xalqining umum mental qiyofasidagi sezilarli jihatlardan
hisoblangan sabrlilik bilan bir qatorda yaxshi niyat ham mavjuddir. Yaxshi niyat
hayotga ishtiyoqni (stimulni) tiklashda, insoniy salohiyatning ishga solinmagan
imkoniyatlarini yuzaga chiqishida harakatlantiruvchi interaktiv quvvatdir. Balki
shuning uchun ham o‘zbek mentalitetida taqlidchilik kayfiyati kuchlidir. Bu
xususiyatdan milliy tarbiya usullarida ham keng foydalaniladi. Ibrat sifatida,
namuna sifatida kimnidir misol qilish milliy tarbiyada qadimdan shakllanib
kelgan. Obod-axloq sohasida, ilm-ma’rifatda, kimgadir savob qilishda taqlid
xarakterini shakllantirish tarbiyada samarali usullarni bergan. Bundan kelib
chiqadiki, sog‘lom taqlid boshqalardagi barcha ijobiy sifatlarni bag‘rikenglik
bilan qabul qilishni ham anglatadi.
Jamiyatimizda tarbiyalanayotgan insonda axloqiy soflik, ma’naviy boylik,
jismoniy barkamollik uyg‘unlashib ketmog‘i lozim, shundagina bag‘rikenglik
namoyon bo‘ladi.