Fundamental fanlarni rivojlantirish istiqbollari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
377
Markazdan qochma turiga mansub bo‘lgan suyuqlik nasosi 4 - rasmda
sovitish tizimidagi suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi. Nasosning
chig‘anoqsimon korpusida 1 parrakli 8 valik 11 podshipniklarda (4-5) aylanadi.
Valik korpusga va uning qopqog‘iga 3 salnik va manjet 10 bilan zichlanadi. U
shkiv 2 va tasmali uzatma vositasida aylantiriladi.
Suyuqlik qisqa quvur 12 orqali parrak 8 markaziga keladi va birgalikda
aylanadi. Markazdan qochma kuch suyuqlikni markazdan chetga qarab
uloqtiradi. Natijada parrakning markazida bosim pasayib, chekkalarida ko‘tarilib
ketadi. Xuddi shu bosimlar farqi hisobiga suyuqlikning sovitish tizimida
aylanishi amalga oshadi [1].