Sun’iy intelekt, axborot xavfsizligi texnikasi va texnologiyalari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
483
Osonlik: sun’iy intellekt tizimlari, ko‘p jarayonlarni osonlashtiradi va
ularni avtomatlashtiradi, bu esa inson omilini kamaytirish uchun hizmat qiladi,
nafaqat vaqt va pulni ham tejamkor ravishda sarflanishiga olib keladi.
Xato va kamchiliklarning kamligi: sun’iy intellekt tizimlari, xato va
kamchiliklarni kamaytiradi, chunki ular ko‘proq aniqligi va kuchli matematik
bo‘yicha ishlaydi.
Foydalanishga moslik: sun’iy intellekt tizimlari, foydalanuvchilarga mos
ravishda qidirish, maslahat berish, tahlil qilish va boshqa ko‘p vazifalarni
bajarishga yordam beradi.
Xavfsizlik: sun’iy intellekt tizimlari, xavfsizlik sohasidagi kamchiliklarni
oldini olishga yordam beradi. Bu tizimlar, ishlab chiqarilgan zararli dasturlarni
aniqlash uchun ishlatiladi.
Rivojlanish xavfi: sun’iy intellektning rivojlanishining tezligi, uning
foydalanuvchilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilinishi mumkin
bo‘lmagan yangi qobiliyatlar yaratish xavfi bilan bog‘liq.
Hozirgi kunda keskin ravishda rivojlanayotgan ChatGPT, bir nechta xil til
va yoʻnalishlarda yozgan millionlab savollarga, javoblar berib kelmoqda. Bu,
bizning yozgan savolni tushunib, oʻzining oʻzgartirilgan tasavvurlari asosida,
qulay va maqbul javoblar beradi.
ChatGPT modeli, insonlar bilan axborot almashish va ularning savollarini
javob berish bilan bogʻliq qiyinchiliklarni osonlashtirdi. Bu model, aynan
shunga ega boʻlgan turli sohalarda ham yordam beradi va kelajakda xalqaro
savollarga yaxshi javoblar berishga qodir boʻladi.