LOYIHALASHDA AVTOMATLASHGAN TIZIMLAR TUSHUNCHASI




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   312
Bog'liq
3 tom

95
LOYIHALASHDA AVTOMATLASHGAN TIZIMLAR TUSHUNCHASI, 
UNING MAQSADI VA AVTOMATLASHTIRISH OBYEKTI. 
Sodiqova Munira Alisherovna 
TATU Farg‘ona filiali professor-o‘qituvchisi 
Abidov Adxamjon Abdumajid o‘g‘li 
TATU Farg‘ona filiali 2-kurs magistranti 
Murakkab 
tizimlarni 
yaratish 
va 
foydalanish 
hamda 
ularni 
avtomatlashtirish nazariyasidan kelib chiqib, prof.S.N.Volkov loyihalashda 
avtomatlashtirilgan tizimlar ga quyidagi ta’rifni bergan: 
“Loyihalashda avtomatlashtirilgan tizimlar- bu loyiha tashkiloti bo 
’limlari bilan o’zaro bog’liq holda, loyiha- lash ishlarini avtomatik tartibda 
EHM larda bajaradigan, loyihalashni avtomatlashtirish vositalari majmuidan 
iborat tashkiliy-texnik tizimdif". U optimallash masalalarini modellashtirish va 
yechish asosida ko’p yechimli loyihalash usullaridan foydalanish, ishlab 
chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish hisobiga, yer tuzishdagi loyiha-qidiruv 
ishlari sifatini yaxshilash, mehnat unumdorligini oshirish, mehnat sarfini 
kamaytirish va loyihalash muddatini qisqartirishga qaratilgan. 
Loyihalashda avtomatlashtirilgan tizimlar tarkibiga quyidagilardan iborat 
bo’ladi (1-rasm). 
 


Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
96
Yer 
tuzish 
bo’yicha 
loyiha 
tashkilotlarida 
loyihalashda 
avtomatlashtirilgan tizimlar dan foydalanish personal EHM larda yoki ularning 
lokal tarmoqlarida amalga oshirilishi maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda 
kompyuterlarga ulanadigan qo’shimcha qurilmalardan (digitayzer, plotter, 
skaner va boshq.) foydalaniladi. Bu tizimning birlamchi elementi - yer tuzuvchi-
loyihachining avtomatlashtirilgan ishchi o’rni hisoblanadi. 
Loyihalashda avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishdan ko‘zlangan asosiy 
maqsad, yerlardan oqilona foydanish va ularni muhofaza qilish masalalarini, 
loyihalash 
jarayonlarini 
avtomatlashtirish 
hisobiga 
qabul 
qilinadigan 
yechimlarni olishning tezkorligini oshirish, ular sifatini yaxshilash va mehnat 
sarfini kamaytirish imkonini beradigan, sifat jihatdan yuqori darajada 
ma’lumotlarni olish, tahlil qilish va optimallashtirish texnologiyalarini qo ’llash 
hisobiga, yechishdan iborat. 
Avtomatlashgan tizimga o‘tkazish obyekti sifatida yer tuzishni loyihalash 
jarayonlari, ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilish, loyihaviy yechimlarni 
asoslash, loyihaviy hujjatlarni shakllantirish masalalari qabul qilingan. 
Loyihalashda avtomatlashtirilgan tizimlar yer tuzish bo’yicha loyiha-
qidiruv tashkilotlarida mehnatni ilmiy asosda tashkil etishni ta’minlashga, 
loyihaviy hisoblashlarni avtomatlashtirishga, xo’jaliklararo va xo’jalikda ichki 
yer tuzish loyihalarini va ishchi loyihalarni tuzish hamda loyihalarning hayotga 
tadbiq etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshirishga, qabul qilingan 
yechimlarning kelib chiqishi mumkin bo’lgan oqibatlarini tahlil qilishga xizmat 
qiladi. 
Loyihalashda avtomatlashtirilgan tizimlarni amaliy yaratishda yer - ishlab 
chiqarish - aholi - ekologiya tizimidagi o’zaro bog’liqlikni tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar va o’zaro aloqalar tizimini to’g’ri belgilash hamda loyihalashda 
avtomatlashtirilgan tizimlar qo’shni yoki funktsional bog’langan yuqori 
darajadagi boshqa avtomatlashgan tizimlar bilan aloqalarini hisobga olish zarur. 


Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
97
Yer tuzish juda murakkab jarayon bo’lib, yer tuzish loyihalari doimiy 
o’zgarib turuvchi: ishlab chiqarishni hududiy tashkil etish, yerlardan oqilona, 
samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog’liq juda ko’p yozma va 
chizma hujjatlardan iborat bo’ladi. Shu sababli, yer tuzishni loyihalash bir 
martalik yoki davriy xarakat bo’lmay, balki, loyihani ishlash, takomillashtirish 
va amalga oshirish bilan bog’liq to’xtovsiz jarayondir. Demak loyihalashda 
avtomatlashtirilgan tizimlar ham yer egaliklari va yerdan foydalanichilarni 
tashkil etish jarayonini tartibga soluvchi umumiy davlat tizimi bilan ajralmas 
bog’langan doimiy xarakatdagi va rivojlanishdagi avtomatlashgan tizim sifatida 
tashkil etilishi kerak. 
Yer tuzishni loyihalash jarayonining yana bir o’ziga xos tomoni shundaki, 
u juda murakkab bo’lib, unda ko’p raqamli muqobil yechimlarni, o’zaro 
aloqalarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olishga to’g’ri keladi. O’zaro sifatiy 
aloqalarni raqamli ta’riflash qiyin bo’lganligi sababli, loyihalashda 
avtomatlashtirilgan tizimlar inson -mashina tizimi shaklida yaratilishi maqsadga 
muvofiq. Bu tizimda sifatiy (raqamlarda ifodalash mumkin bo’lmagan) 
ma’lumotlarni tayyorlash va yechimni qabul qilish jarayoni to’g’ridan-to’g’ri 
yuqori malakali mutaxassis tomonidan, raqamli ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, 
yangilash va berish, hisoblash operatsiyalarining mos texnik vositalaridan 
foydalanilgan holda, kompyuter dasturlari yordamida bajarilishi kerak. 
Asosiy adabiyotlar 
1. 
Ғуломов С.С, Алимов Р.Х, ва бошқалар. “Ахборот тизимлари 
ва технологиялари” “Шарқ”, Т-2000 й.
2. 
Алимов Р, Ходиев Б ва бошқалар. “Ахборот технологияси” 
Ўқув қўлланма. Т: - ТДИУ, 2004 й.
3. 
Алимов Р.Х, Юлчиева Г.Т., Алишов Ш.А. “Ахборот 
технологияси ва тизимлари”. Маъруза матнлари. Т: - ТДИУ, 2005 й.
4. 
Алимов Қ, Абдувоҳидов А ва бошқалар. “Ахборотлар 
технологияси асослари” Ўқув қўлланма. Т: - ТДИУ, 2003 й.
 


Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 

Download 6,64 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



LOYIHALASHDA AVTOMATLASHGAN TIZIMLAR TUSHUNCHASI

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish