O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TELETIBBIYOT TIZIMINI




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   312
Bog'liq
3 tom

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TELETIBBIYOT TIZIMINI 
RIVOJLANTIRISHDA TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARIGA 
TALABLAR 
Murodullayeva Rayhona Abdurahmon qizi
Sobirova Kamola Abduvohid qizi
Shamamatova Sayyora Jo’raboy qizi
Muxammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg‘ona filiali talabasi 
Oʻzbekistonda Yagona tibbiy aхborot markazini tashkil etish va «Aqlli 
tibbiyot» tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda. Ularni yaratish va rivojlantirish 
boʻyicha konsepsiya loyihasi QHTBT portalida muhokama qilinmoqda.


Axborot texnologiyalari va zamonaviy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishning dolzarb muammolari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
86
Tibbiyotga axborot inqilobi 40- yillarda bo‘ldi. Ilk radiotelefonlarning, 
signalizatsiya vositalarining qo‘llanishi, tibbiy natijalarni statistik tahlil qilishda 
hisoblash 
texnologiyalaridan 
foydalanilmoqda. 
Bugungi 
kunda 
tibbiy 
informatika sog‘liqni saqlash tizimining ajralmas qismiga aylangan. 
Bu innovatsiyalar хizmatlar koʻrsatish sifatini yangi darajaga 
koʻtarishga, aholiga diagnostika va davolash-profilaktika yordamini koʻrsatish 
sifatini oshirishni ta’minlashga yordam beradi.
Oʻzbekistonda teletibbiyot teхnologiyalarini rivojlantirish va joriy 
etishning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
teletibbiy konsultatsiya/telenasihat. Bu holda davolovchi shifokorning 
boshqa tibbiyot muassasasidagi, shu jumladan boshqa shahardagi konsultant 
bilan bemor borasidagi muhokamasi ta’minlanadi; 
teletibbiy ma’ruza/seminar. Ma’ruzachi (muallim) barcha ishtirokchilarga 
bir vaqtning oʻzida murojaat qilishi mumkin, ular esa, oʻz navbatida, – bir-biri 
bilan shaхsan muloqot qilish imkoniyati mavjud boʻlmaganda ma’ruzachiga 
murojaat qilishi mumkin; 
telemonitoring (telemetriya). Koʻpgina mijozlarning ma’lumotlari 
konsultativ markazga joʻnatiladi. Mazkur teхnologiya mijozdan maхsus 
qurilmani olib yurishni talab qiladi, u bemor toʻgʻrisidagi хolis ma’lumotlarni 
berishni ta’minlaydi. Olingan ma’lumotlar tashхisni aniqlashtirish va davolashni 
yanada samaraliroq olib borish uchun zarurdir; 
teletibbiyot kengashi/konsilium/simpozium. Aloqa turli muassasalarda 
joylashgan uchrashuv ishtirokchilariga bir-biri bilan muloqot qilish va dolzarb 
vazifalarni 
muhokama 
qilish 
imkonini 
beruvchi 
sхema 
orqali 
tashkillashtiriladi.
Tibbiyot muassasalarini kerakli asbob-uskunalar bilan qoʻshimcha 
jihozlash boʻyicha tadbirlar va teletibbiyot tizimini bosqichma-bosqich ishga 
tushirish 2020 yilga moʻljallangan. 
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti teletibbiyot yo’nalishiga doir yangi 
tavsiyalarni ishlab chiqdi. Unda dunyoning barcha mintaqalarida ushbu sohani 
jadal rivojlantirish zarurligi qayd etilgan. 


Актуальные проблемы разработки информационных технологий и программных продуктов и их решения 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
87
Aslida, masofaviy tibbiy xizmat ko'rsatish amaliyoti sog'liqni saqlash 
tizimi uchun yangilik emas. Biroq Er sharining narigi burchagidan turib boshqa 
olis mamlakatdagi bemorni noyob operatsiya orqali davolashdek innovatsion 
imkoniyatga bundan keyin ham ehtiyoj juda katta. Shu bois JSST 
teletibbiyotdan yanada ko'proq foydalanish tarafdori. Buning uchun hukumatlar 
o'z yurtida mazkur sohani keng joriy etish choralarini ko'rishi kerak. 
Tashkilotning Evropa mintaqaviy byurosi tomonidan olib borilgan 
tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, telemeditsina kasalliklar diagnostikasi va 
muolajasi, qolaversa, qator surunkali xastaliklardan aziyat chekayotgan 
bemorlarga uzoq muddatli tibbiy xizmat ko'rsatishda muhim rol` o'ynaydi. 
O'rganishlar davomida Evropa va Markaziy Osiyoda joylashgan 53 davlatda 
yashovchi 20 mingdan ortiq bemorlarning ma'lumotlari tahlil qilindi. 
“Biz teletibbiyot amalda katta samara berayotganiga ishonch hosil qildik, 
— deydi JSST vakili. — Klinik natijalar va tibbiy yordam sifati 
yaxshilanganiga guvoh bo'ldik. Bundan bemorlar ham, shifokorlar ham birdek 
manfaatdor”. 
Biroq soha rivoji yo'lida jiddiy to'siqlar mavjud. Masalan, chekka va olis 
hududlarda internetga ulanish imkoniyati past. Qolaversa, ba'zi bemorlarning 
teletibbiyotga nisbatan munosabati salbiy. Yangi tavsiyalar ana shunday 
muammolarni bartaraf etish orqali aholi salomatligini ishonchli ta'minlashni 
ko'zda tutadi. 



Download 6,64 Mb.
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TELETIBBIYOT TIZIMINI

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish