Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
120
to'g'ridan-to'g'ri demaskirovka belgilari – himoya ob'ektining faoliyati va uning
fizik maydonlari (elektromagnit, akustik, radiatsion va boshqalar) bilan bog'liq
bo'lgan, himoya qilinadigan axborotga bog'liq bo'lmagan atrof-muhitning fizik
maydoni fonidan
farq qiladigan belgilar; – bilvosita demaskirovka belgilari –
ob'ektning faoliyat ko'rsatishi natijasida atrof-muhitdagi o'zgarishlar natijasida
yuzaga keladigan belgilar (faoliyatning optik-vizual belgilari, geometrik
o'lchamlar, yoritilganlikning keskin farq qilinishi, ishlab chiqarish faoliyatidan
qolgan izlar va hokazo). Axborotni muhofaza
qilishning samaradorlik
ko'rsatkichi himoya ob'ektining texnik demaskirovka belgilari kattaligi bo'lib,
unga nisbatan axborotni muhofaza qilish samaradorligining me'yorlari
belgilanadi. Xavfli signal, ob'ekt belgisining ko'rsatkichi bo'lib, undan
konfedentsial ma'lumotlarni olish uchun texnik razvedkada (TR) foydalaniladi.
Ob'ektni aniqlash – TR vositalarining faoliyati bo'lib, natijada ob'ekt
demaskirovka belgilarining kattaliklari aniqlanadi va uning tavsifi haqida xulosa
qilinadi (klassifikatsiyalash amalga oshiriladi). Aniqlangan ob'ektga ma'lum bir
toifa beriladi. Ixtiyoriy ob'ektda bir qancha belgilar bo'lishi mumkin, biroq
ob'ektni aniqlashda bu belgilarning ma'lum to'plamidan foydalaniladi. Himoya
ob'ektlarining demaskirovka belgilari. Ob'ektlarning demaskirovka belgilariga
quyidagilar kiradi: - ob'ekt tomonidan hosil bo'ladigan
fizik maydonni
tavsiflovchi belgilar (eletromagnit, radiatsion, akustik, gravitatsion va hokazo);
– ob'ektning shakli, rangi, o'lchami va elementlarini tavsiflovchi belgilar; –
ob'ektning fazoviy koordinatalarini (harakatlanadigan ob'ektlarning tezligini)
tavsiflovchi belgilar; – ob'ektlar va ularning elementlari o'rtasidagi ma'lum bir
aloqalar mavjudligini tavsiflovchi belgilar; – ob'ekt faoliyati natijasini (tutun
chiqarish, changitish, ob'ektning
tuproqdagi izi, suv va havoni ifloslantirish va
shu kabi) tavsiflovchi belgilar. Ob'ektni aniqlash uning demaskirovka belgilari
bo'yicha amalga oshiriladi. Bu belgilar ko'rinishi, faoliyat belgisi va joylashuvi
bo'yicha uchta guruhga bo'linadi. Ko'rinishi bo'yicha demaskirovka belgilarga
ob'ektning fizik (optik va radiolakatsion diapazonli nurlanish to'lqinlarini
Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г.
121
qaytarish qobiliyati, issiqlik diapazonida energiyaga ega bo'lgan
nurlanish
chiqarishi) va geometrik (ob'ekt shakli va uning alohida tashkil etuvchilarining
o'lchamlari) xususiyatlari kiradi. Faoliyatning demaskirovka belgilari ob'ekt
ta'siri (harakatlanish, atrofmuhitning o'zgarishi va shu kabilar) natijasida
namoyon bo'ladi. Joylashuv belgilari ob'ektning atrofdagi predmetlarga nisbatan
joylashuv holati bilan aniqlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Аverchenkov V.I. Sistemы zaщitы informatsii v veduщix
zarubejnыx stranax: Uchebnoe posobie. – Bryansk, 2007.
2.
Аlferov А.P., Zubov А.Yu., Kuzьmin А.S, Cheremushkin А.V.
Osnovы kriptografii: Uchebnoe posobie. – M., 2002.
3.
Аripov M. , Pudovchenko Yu. Ye., Аripov M. Osnovы Internet. –
T., 2003.