• TASNIFLARI. Oxunov Tohirjon Ma’murjon o’g’li
  • Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», татуфф, Фергана, 4 мая 2023 г




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet64/312
    Sana22.05.2024
    Hajmi6,64 Mb.
    #249488
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   312
    Bog'liq
    3 tom

    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    Qosimov S.S “Axborot texnologiyalari” texnik oliy o’quv yurtlari 
    uchun uslubiy qo’lanma. Toshkent.: “Aloqachi”2006 
    2.
    «Axborotlashtirish to'g'risida» 
    O'zbekiston Respublikasining 
    qonuni. Toshkent shahri ,1993 yil , 7 may . 
    3.
     
    Axborot tizimlari va texnologiyalari / S.S.G'ulomov, R.X.Alimov, 
    X.S . Lutfullayev va boshqalar . T .: “ Sharq ”, 2000. -592 b .
     
    4.
     
    wikipedia.org, 
    www.forum.uz
    , google.co.uz, 
    www.tuit.uz saytlari.
     
    АXBOROT XAVFSIZLIGIGA TAHDIDLARNING TOIFALANISH 
    TASNIFLARI. 
    Oxunov Tohirjon Ma’murjon o’g’li
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali assistenti
    Аxborot xavfsizligiga tahdidlar darajasiga koʼra quyidagicha toifalanishi 
    mumkin: a) shaxs uchun: – axborotlarni qidirish, olish, uzatish, ishlab chiqish va 
    tarqatish boʼyicha fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini 
    buzilishi; – fuqarolarni shaxsiy hayot daxlsizligi huquqidan mahrum qilish; – 
    gʼayriixtiyoriy zararli axborotlardan fuqarolarning oʼz sogʼliqlarini himoya 


    Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    128
    qilish huquqlari buzilishi; – intellektul mulk obʼektlariga tahdid. b) jamiyat 
    uchun: – axborotlashtirilgan jamiyatni qurishga toʼsiqlar; – jamiyatning 
    maʼnaviy yangilanish, uning maʼnaviy boyliklarini saqlash, fidoyilik va xolislik, 
    mamlakatning koʼp asrlik maʼnaviy anʼanalarini rivojlantirish, milliy, madaniy 
    merosni targʼib qilish, axloq meʼyorlari huquqlaridan mahrum qilish; – 
    zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalarini taraqqiy etishi, mamlakat 
    ilmiy va ishlab chiqarish potentsialini rivojlantirish va saqlab qolishga qarshilik 
    qiluvchi muhitni yaratish. 
    v) davlat uchun: – shaxs va jamiyat manfaatlari himoyasiga qarshi 
    harakatlar; – huquqiy davlat qurishga qarshilik; – davlat boshqaruv organlari 
    ustidan jamoat nazorati institutlarini shakllantirishga qarshi harakatlar; – shaxs, 
    jamiyat va davlat manfaatlarini taʼminlovchi davlat boshqaruv organlari 
    tomonidan qarorlarni tayyorlash, qabul qilish va tatbiq etish tizimini 
    shakllantirishga qarshilik; – davlat axborot tizimlari va davlat axborot resurslari 
    himoyasiga toʼsiqlar; – mamlakat yagona axborot muhiti himoyasiga qarshi 
    harakatlar. 
    Аxborotni muhofaza qilish tizimlaridan foydalanish amaliyoti shuni 
    koʼrsatmoqdaki, faqatgina kompleks axborotni muhofaza qilish tizimlari 
    samarali boʼlishi mumkin. Unga quyidagi choratadbirlar kiradi: 
    1. Qonunchilik. Аxborot himoyasi sohasida yuridik va jismoniy 
    shaxslarning, shuningdek davlatning huquq va majburiyatlarini qatʼiy 
    belgilovchi qonuniy aktlardan foydalanish.
    2. Maʼnaviy-etik. Obʼektda qatʼiy belgilangan oʼzini tutish qoidalarining 
    buzilishi koʼpchilik xodimlar tomonidan keskin salbiy baholanishi joriy etilgan 
    muhitni hosil qilish va qoʼllab quvvatlash.
    3. Fizik. Himoyalangan axborotga begona shaxslarning kirishini 
    taqiqlovchi fizik toʼsiqlar yaratish.
    4. Maʼmuriy. Tegishli maxfiylik rejimi, kirish va ichki rejimlarni tashkil 
    etish. 


    Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari 
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    129
    5. Texnik. Аxborotni muhofaza qilish uchun elektron va boshqa 
    uskunalardan foydalanish. 
    6. Kriptografik. Ishlov berilayotgan va uzatilayotgan axborotlarga 
    noqonuniy kirishni oldini oluvchi shifrlash va kodlashni tatbiq etish.
    7. Dasturiy. Foydalana olishlilikni chegaralash uchun dastur vositalarini 
    qoʼllash. 
    Аxborotni muhofaza qilishning asosiy obʼektlariga quyidagilar kiradi: – 
    davlat sirlari bilan bogʼliq va konfedentsial maʼlumotlarni oʼzida saqlovchi 
    axborot resurslari; – vositalar va axborot tizimlari (hisoblash texnikasi vositalari, 
    tarmoqlar va tizimlar), dasturiy vositalar (operatsion tizimlar, maʼlumotlar 
    bazalarini boshqarish tizimlari, amaliy dasturiy taʼminot), avtomatlashtirilgan 
    boshqaruv tizimlari, aloqa va maʼlumotlarni uzatish tizimlari, ruxsati 
    chegaralangan axborotni qabul qilish, uzatish va qayta ishlash texnik vositalari 
    (ovoz yozish, ovoz kuchaytirish, ovoz eshitish, soʼzlashuv va televizion 
    qurilmalar, hujjatlarni tayyorlash, koʼpaytirish vositalari hamda boshqa grafik, 
    matn va harfli-raqamli maʼlumotlarni qayta ishlash vositalari), konfedentsial va 
    davlat sirlari toifasiga oid bevosita qayta ishlovchi tizim va vositalar. Bunday 
    tizim va vositalarni koʼpincha axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash 
    texnik vositalari (АQITV) deb atashadi. АQITV tarkibiga kirmaydigan, biroq 
    konfedentsial maʼlumotlar qayta ishlanuvchi hududga joylashgan texnik vosita 
    va tizimlar ham mavjud. Bunday texnik vosita va tizimlar yordamchi texnik 
    vosita va tizimlar (YoTVT) deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi: telefon, aloqa 
    ovoz kuchaytirgich texnik vositalari, yongʼin va qoʼriqlash signalizatsiyasi 
    tizimlari, radioaloqa tizimida maʼlumotlarni uzatish vositalari, nazorat-oʼlchov 
    qurilmalari, xoʼjalik elektr asboblari va boshqalar, shuningdek ular joylashgan 
    bino. АQITVga statsionar jihozlar, periferiya qurilmalari, ulash liniyalari, 
    taqsimlovchi va kommunikatsion qurilmalar, elektr manba tizimlarini oʼziga 
    biriktirgan tizim sifatida qarash mumkin. Konfedentsial maʼlumotlarni qayta 
    ishlashga moʼljallangan texnik vositalar, shuningdek ular joylashgan bino ham 
    АQITV obʼektini ifodalaydi. 19 Аxborot xavfsizligini taʼminlashga 
    yoʼnaltirilgan himoya harakatlari qator kattaliklar bilan tavsiflanishi mumkin: 


    Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
    130
    tahdid xarakteri, harakat usullari, uning tarqalganligi, oʼrab olish masshtabi 
    kabilar. Tahdid xarakteriga koʼra himoya harakatlari maʼlumotlarni oshkor 
    boʼlishi, chiqib ketishi va noqonuniy kirishdan himoya qilishga yoʼnaltiriladi. 
    Harakat usullariga koʼra ularni kamomad yoki boshqa zararlarni: ogohlantirish, 
    aniqlash, oldini olish va tiklash kabilarga taqsimlash mumkin. Oʼrab olish 
    boʼyicha himoya harakatlari hududga, binoga, inshoatga, qurilmalarga yoki 
    ularning alohida elementlariga yoʼnaltirilgan boʼlishi mumkin. Himoya 
    tadbirlarining masshtabi esa obʼekt, guruh yoki individual himoya boʼyicha 
    tavsiflanadi. Аxborot himoyasi turlari ikki asosiy belgiga koʼra tasniflanadi: 
    birinchidan, axborot xususiyligi, aniqrogʼi qoʼriqlanadigan sirlar turiga koʼra; 
    ikkinchidan, axborot himoyasi uchun qoʼllaniluvchi kuchlar, vositalar va usullar 
    guruhlari boʼyicha. Birinchi guruhga quyidagi asosiy yoʼnalishlar kiritilishi 
    mumkin: davlat sirlarini himoya qilish, davlatlararo maxfiy maʼlumotlarni 
    himoya qilish, tadbirkorlik sirlarini himoya qilish, xizmat sirlarini himoya qilish, 
    mutaxassislik sirlarini himoya qilish va xususiy maʼlumotlarni himoya qilish. 
    Ikkinchi guruhga quyidagi asosiy yoʼnalishlar kiradi: axborotlarni huquqiy 
    himoyalash, axborotlarni tashkiliy himoyalash, axborotlarni muhandislik-texnik 
    himoyalash. Huquqiy himoyalash – bu huquqiy asosda axborot himoyasini 
    taʼminlovchi maxsus qonunlar, boshqa meʼyoriy hujjatlar, qoidalar, jarayonlar 
    va tadbirlar. Tashkiliy himoya – bu bajaruvchilarga yetkazilishi mumkin boʼlgan 
    ixtiyoriy zararni bartaraf etuvchi yoki yengillashtiruvchi, bajaruvchilarning 
    meʼyoriy-huquqiy asosdagi oʼzaro muomalasi va ishlab chiqarish faoliyatini 
    qatʼiy belgilash.
    Foydalanilgan adabiyotlar: 
    1.
    G'aniyev_S_K,_Karimov_M_M,_Tashiyev_K_V_Axborot_xavfsizl
    igi_2017 
    2.
    Axborot Xavfsizligi asoslari : Darslik / I.M Karimov , N.A 
    Turg’unov . T- O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi , 2016 
    3.
    F.M.Muxtarov 
    SH.A.Muminov, 
    SH.M.Asqarov 
    “Axborot 
    xavsizligiga taxdidlardan ximoyalovchi dasturiy taminot” //№ DGU 


    Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari 
    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
    цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 

    Download 6,64 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   312




    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и цифровых технологий и их инновационных решений», татуфф, Фергана, 4 мая 2023 г

    Download 6,64 Mb.
    Pdf ko'rish