АXBOROT TIZIMLARIGA QARATILGAN TAHDIDLARNING




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/312
Sana22.05.2024
Hajmi6,64 Mb.
#249488
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   312
Bog'liq
3 tom

131
АXBOROT TIZIMLARIGA QARATILGAN TAHDIDLARNING 
TURLARI VA UMUMIY TAVSIFI. 
Muxtarov Farrux Muhammedovich 
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Farg‘ona filiali direktori
 
Oxunov Tohirjon Ma’murjon o’g’li
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filiali assistenti
Аxborotni muhofaza qilishning maqsadi va kontseptual asoslari. Umuman 
olganda axborotni muhofaza qilishning maqsadini quyidagicha ifodalash 
mumkin: – axborotni tarqab ketishi, oʼgʼirlanishi, buzilishi, qalbakilashtirilishini 
oldini olish; 12 – shaxs, jamiyat, davlatning xavfsizligiga tahdidni oldini olish; – 
axborotni yoʼq qilish, modifikatsiyalash, buzish, nusxa olish, blokirovka qilish 
kabi noqonuniy harakatlarning oldini olish; – axborot resurslari va axborot 
tizimlariga noqonuniy taʼsir qilishning boshqa shakllarini oldini olish, 
hujjatlashtirilgan axborotga shaxsiy mulk obʼekti sifatida huquqiy rejimni 
taʼminlash; – axborot tizimida mavjud boʼlgan shaxsiy maʼlumotlarning 
maxfiyligini va konfedentsialligini saqlash orqali fuqarolarning konstitutsiyaviy 
huquqlarini himoyalash; – davlat sirlarini saqlash, qonunchilikka asosan 
hujjatlashtirilgan axborotlar konfedentsialligini taʼminlash; – axborot 
jarayonlarida hamda axborot tizimlari, texnologiyalari va ularni taʼminlash 
vositalarini loyihalash, ishlab chiqish va qoʼllashda subʼektlarning huquqlarini 
taʼminlash.
Аxborotni muhofaza qilishning samaradorligi uning oʼz vaqtidaligi, 
faolligi, uzluksizligi va kompleksligi bilan belgilanadi. Himoya tadbirlarini 
kompleks tarzda oʼtkazish axborotni tarqab ketishi mumkin boʼlgan xavfli 
kanallarni yoʼq qilishni taʼminlaydi. Maʼlumki, birgina ochiq qolgan axborotni 
tarqab ketish kanali butun himoya tizimining samaradorligini keskin kamaytirib 
yuboradi. Аxborotni muhofaza qilish sohasidagi ishlar holatining tahlili shuni 
koʼrsatadiki, muhofaza qilishning toʼliq shakllangan kontseptsiyasi va tuzilishi 
hosil qilingan, uning asosini quyidagilar tashkil etadi: – sanoat asosida ishlab 
chiqilgan, axborotni muhofaza qilishning oʼta takomillashgan texnik vositalari; 
– axborotni muhofaza qilish masalalarini hal etishga ixtisoslashtirilgan 
tashkilotlarning mavjudligi; – ushbu muammoga oid yetarlicha aniq ifodalangan 


Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
132
qarashlar tizimi; – yetarlicha amaliy tajriba va boshqalar. Biroq, xorijiy matbuot 
xabarlariga koʼra maʼlumotlarga nisbatan jinoiy harakatlar kamayib borayotgani 
yoʼq, aksincha barqaror oʼsish tendentsiyasiga ega boʼlib bormoqda. 
Himoyalangan axborotga tahdidlar tushunchasi va uning tuzilishi.
Umumiy yoʼnalishga koʼra axborot xavfsizligiga tahdidlar quyidagilarga 
boʼlinadi: – Oʼzbekistonning maʼnaviy ravnaqi sohalarida, maʼnaviy hayot va 
axborot faoliyatida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga 
tahdidlar; – mamlakatning axborotlashtirish, telekommunikatsiya va aloqa 
vositalari industriyasini rivojlanishiga, ichki bozor talablarini qondirishga, uning 
mahsulotlarini jahon bozoriga chiqishiga, shuningdek mahalliy axborot 
resurslarini yigʼish, saqlash va samarali foydalanishni taʼminlashga nisbatan 
tahdidlar; – Respublika hududida joriy etilgan hamda yaratilayotgan axborot va 
telekommunikatsiya tizimlarining meʼyorida ishlashiga, axborot resurslari 
xavfsizligiga tahdidlar. Аxborot hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligini 
taʼminlash nuqtai nazaridan oʼzaro bogʼliq boʼlgan uchta tashkil etuvchini koʼrib 
chiqish maqsadga muvofiq:
Axborot; АXBOROT Tahdid obʼektlari Tahdid manbalari Maqsadlar 
Himoya yoʼnalishi Himoya vositalari Himoya usullari Tahdidlar Аxborot 
xavfsizligi tabiiy yoki sunʼiy xarakterdagi tasodifiy yoki qasddan qilingan 
taʼsirlardan 
axborotning 
va 
qoʼllab-quvvatlovchi 
infrastukturaning 
himoyalanganligidir. Kirish usullari Аxborot manbalari - huquqiy - tashkiliy - 
muxandislik-texnik - fizik - apparat - dasturiy - kriptografik - oldini olish - 
bartaraf qilish - toʼsish - qarshi harakat - insonlar - hujjatlar - nashrlar - texnik 
tashuvchilar - texnik vositalar - maxsulotlar - chiqindilar - tanishish - 
modifikatsiyalash - yoʼq qilish - raqobatdoshlar - jinoyatchilar - 
korruptsiyachilar - maʼmuriy organlar - butunligiga - konfedentsialligiga - 
toʼlaligiga - ruxsat etilganligiga - oshkor etish hisobiga - tarqab ketish hisobiga - 
noqonuniy ruxsat hisobiga 14
Texnik va dasturiy vositalar; Xizmat koʼrsatuvchi personal va 
foydalanuvchilar. Har qanday axborot hisoblash tizimlarini tashkil etishdan 


Muqobil energiya manbaalari va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishing yangi bosqichilari 
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 
133
maqsad foydalanuvchilarning talablarini bir vaqtda ishonchli axborot bilan 
taʼminlash hamda ularning konfedentsialligini saqlash hisoblanadi. Bunda 
axborot bilan taʼminlash vazifasi tashqi va ichki ruxsat etilmagan taʼsirlardan 
himoyalash asosida hal etilishi zarur. Аxborot tarqab ketishiga konfedentsial 
maʼlumotning ushbu axborot ishonib topshirilgan tashkilotdan yoki shaxslar 
doirasidan nazoratsiz yoki noqonuniy tarzda tashqariga chiqib ketishi sifatida 
qaraladi. Tahdidning uchta koʼrinishi mavjud. 1. Konfedentsiallikning 
buzilishiga tahdid shuni anglatadiki, bunda axborot unga ruxsati boʼlmaganlarga 
maʼlum boʼladi. Bu holat konfedentsial axborot saqlanuvchi tizimga yoki bir 
tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda noqonuniy foydalana olishlikni qoʼlga 
kiritish orqali yuzaga keladi. 2. Butunlikni buzishga tahdid hisoblash tizimida 
yoki bir tizimdan ikkinchisiga uzatilayotganda axborotni har qanday qasddan 
oʼzgartirishni oʼzida mujassamlaydi. Jinoyatchilar axborotni qasddan 
oʼzgartirganda, bu axborot butunligi buzilganligini bildiradi. Shuningdek, dastur 
va apparat vositalarning tasodifiy xatosi tufayli axborotga noqonuniy 
oʼzgarishlar kiritilganda ham axborot butunligi buzilgan hisoblanadi. Аxborot 
butunligi – axborotning buzilmagan holatda mavjudligidir. 3. Xizmatlarning 
izdan chiqish tahdidi hisoblash tizimi resurslarida boshqa foydalanuvchilar yoki 
jinoyatchilar tomonidan ataylab qilingan harakatlar natijasida foydalana 
olishlilikni blokirovka boʼlib qolishi natijasida yuzaga keladi. Аxborotdan 
foydalana olishlilik – axborot aylanuvchi, subʼektlarga ularni qiziqtiruvchi 
axborotlarga oʼz vaqtida qarshiliklarsiz kirishini taʼminlab beruvchi hamda 
ixtiyoriy vaqtda murojaat etilganda subʼektlarning soʼrovlariga javob beruvchi 
avtomatlashtirilgan xizmatlarga tayyor boʼlgan tizimning xususiyatidir. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
F.M.Muxtarov “Davlatlararo munosabatlarda axborot xavfsizligi” 
2.
F.M.Muxtarov 
SH.A.Muminov, 
SH.M.Asqarov 
“Axborot 
xavsizligiga taxdidlardan ximoyalovchi dasturiy taminot” //№ DGU 
3.
https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/2652711 


Новые этапы развития альтернативных источников энергии и телекоммуникационных технологий
Международная научно-техническая конференция «Практическое применение технических и 
цифровых технологий и их инновационных решений», ТАТУФФ, Фергана, 4 мая 2023 г. 

Download 6,64 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   312




Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



АXBOROT TIZIMLARIGA QARATILGAN TAHDIDLARNING

Download 6,64 Mb.
Pdf ko'rish