Melioratsiya




Download 10.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/189
Sana15.05.2023
Hajmi10.96 Mb.
#59853
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189
Bog'liq
Melioratsiya mashinalari
Endogen va ekzogen jarayonlar, 13-мавзу, Dialogues English, [03.09.2023 10 41] МАРГИЛАН ДЖИЗАК, 7-sinflar-biologiya, 7-sinf Biologiya test @e baza ishreja
4


I BO‘LIM
M E L IO R A T SIY A M A SH IN A LA R I T U Z IL ISH I VA 
1SH LA SH I
I bob. MELIORATSIYA MASHINALARINING TURLARI VA 
ULARGA QO'YILADIGAN TALABLAR
1.1. Melioratsiya mashinalari va ularning qo‘llanilishi
Melioratsiya ishlarini mexanizisiyalashtirishda asosan umumiy 
qurilish va qurilish mashinalaridan foydalaniladi. Ammo, bu mashinalar 
qishloq va suv xo‘jalik qurilishida bajariladigan barcha ishlarda ishlatish 
imkoniyatini bermaydi, ayniqsa maxsus agromeliorativ talablarga javob 
beruvchi sharoitlarda bu mashinalarni ishlatish yaxshi natija bermasligi 
yoki tugallanmagan ishlar hajmining ko‘pligidir.
Melioratsiya ishlari jarayoniga quyidagilar kiradi: 
kanallar 
qurilishi, ularni cho‘kindi va o ‘t-o‘lanlardan tozalash, kanal sirtlarini 
tekislash, silliqlash va shibbalash, kanallarga beton yotqizish va ularni 
qirqish, drenaj qurish va ularni tozalash, hamda himoya qilish, yer 
tekislash, yerlarni sug‘orishga tayyorlash va boshqalar.
Bu 
ishlarni 
amalga oshirish 
uchun 
maxsus 
melioratsiya 
mashinalarini qo‘llashni taqozo etadi.
Melioratsiya mashinalari 
deb, 
ish jihozlari 
agromeliorativ 
talablariga javob beruvchi, bir yoki bir nechta texnologik jarayonlarni 
bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan mashinalarga aytiladi.
Melioratsiya 
mashinalarini 
aniqlovchi 
asosiy 
belgilar 
quyidagilardan iborat: bir yoki bir nechta ishlarni bajaruvchi maxsus ish 
jihozlariga ega bo‘lish, ish jihozini shakli va joylashishi uning 
bajaradigan ishi bilan mustahkam bog‘langanligi, ish jihozini shaklini 
o ‘zgartirish imkoniyatining borligi, bir o'tishda loyiha qurilishining 
yakunlanishi, uzluksiz ishlashi.
Melioratsiya ishlarida qo‘llaniladigan umumiy qurilish mashina­
larining asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ish jihozlarining har xil 
ishlarini bajarishga mo‘ljallanganligi, barcha turdagi meliorativ va qurilish 
ishlarini bajarishda qo‘llash imkoniyatining mavjudligi, ish jihozi shakli 
bilan bajariladigan ishning shakli orasidagi farqning yo‘qligi, mashina-
5


laming davriy va uzluksiz ishlash imkoniyatining mavjudligi, bir o ‘tishda 
ko‘rsatiigan shakldagi qurilish ishlarini bajarish imkoniyatining borligi.
Qurilish va melioratsiya mashinalari asosan ularning ish 
jihozlarining konstruksiyasi, turi va ishlatilishi bilan farq qilib, qolgan 
ko‘rsatkieh!ar boshqa tur mashinalardan farq qilmaydi,

Download 10.96 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   189




Download 10.96 Mb.
Pdf ko'rish