|
Tovarga bo‘lgan ehtiyojlar pog‘onalari
|
bet | 166/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininTovarga bo‘lgan ehtiyojlar pog‘onalari.
Yakka tartibdagi ehtiyojlar quyidagilarga ko‘ra aniqlanadi:
- majburiyatlar doirasiga, oiladagi roliga qarab;
- kichik guruhlardagi boshqa odamlar bilan munosabatiga ko‘ra;
- guruhning shaxsga va shaxsning guruhga talabi bilan;
- katta jamoalarning faoliyatiga qo‘shilish bilan;
- jamiyatning ma’lum turkumiga mansublik bilan.
- yurtdoshlarga mansublik bilan.
Tovarlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyoj - bu yakka tartibdagi ehtiyojning ifodasidir.
3. Tovarning xayotiy davri va ularning asosiy bo‘g‘imlari
7.3. Marketing faoliyati va TXTs ( tovar xayot tsikli)
Bozorga taklif qilingan har qanday tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan o‘zining ma’lum hayotiylik davriga ega. Tovarlarning hayotiylik davrining bosqichlari bir-biridan farq qiladi.
Tovarning hayotiylik davri
Birinchi bosqich bozorga tovarni kiritish davridir. Tovarga talab sekin o‘sadi, shuning uchun bu davrda faol reklamadan, ya’ni qiziqtiruvchi marketing taktikasi talab qilinadi.
Tovarning hayotiylik davrining ikkinchi bosqichi - sotish miqdorining tez o‘sib borishi kuzatiladigan yuksalish davridir.
Uchinchi bosqich - tovarning etuklik bosqichi. Bu davrda sotish darajasi ikkinchi bosqichga nisbatan ancha past bo‘ladi.
To‘rtinchi va ba’zi hollarda beshinchi bosqichlarda talab sekin, keyin esa keskin pasayadi. Shunday qilib, tovarning hayotiylik davri bosqichlari o‘zgaruvchan bo‘lib, maqsadli bozorda turli marketing harakatlarini talab qiladi. Tovarning hayotiylik davri egri chiziq shakli davrlar doimiyligi tovarning xususiyatiga, ya’ni uning o‘xshash mahsulotlardan farq qiluvchi yangi xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
Marketing faoliyatini amalga oshirish uchun tovar hayot tsiklining davomiyligi va xususiyati, shuningdek uning pog‘onalari ayniqsa bir pog‘onadan ikkinchisiga o‘tish tashkilot foydasi va tovar sotilish hajmini oshishiga etarlicha ta’sir ko‘rsatadigan omildir. Tovarning o‘ziga xosligi hayot tsikli va ularning pog‘onalari differentsiyalashgan yondashuv va turli marketing instrumentlari mujassamligini oldindan ta’minlaydi.
Har bir tovar o‘zining hayotdagi muomila tsikliga yoki bozor mustahkamligi davrida unda muomalada bo‘lish xususiyatiga ega hamda vaqt o‘tishi bilan boshqa mukammalroq yoki arzonroq tovar tomonidan siqib chiqariladi.
Turli tovarlar turli davomiylikdagi hayot tsikliga hamda tsikllarning uzoqligi ham bir necha kundan bir nechi yilgacha bo‘lishi mumkin. Marketing vazifasi - tovarning bozordagi hayotini ratsional uzaytirishdir, biroq Fan-texnika taraqqiyoti aksincha tovar hayot tsiklining qisqarishiga va «tez» qarishiga olib keladi.
TXTs to‘rt bosqich orqali ko‘rsatilishi mumkin: bozorga kirish bosqichi, o‘sish bosqichi, to‘yinishga olib boruvchi voyaga etish bosqichi, pasayish bosqichi. Ayrim marketologlar voyaga etish bosqichi va pasayish orasida to‘yinish bosqichini ko‘rsatib o‘tadilar.
TXTs bosqichlari foyda hajmi, marketing va reklamaga joylashtiriladigan umumiy kapital va xarajatlar tovar tsikli darajasi, iste’molchilar xatti-harakati va ularning tovarga munosabati va boshqalar bog‘liq bo‘ladi.
|
| |