|
Narxga bog‘liq qarorlarning raqobatli muhitning xarakteriga
|
bet | 179/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininNarxga bog‘liq qarorlarning raqobatli muhitning xarakteriga bog‘liqligi
Tovarning his qilinadigan qiymati
|
Raqobatning intensivligi
|
|
past
|
yuqori
|
quyi
|
differensiallanmagan oligopoliya
|
sof raqobat
|
yuqori
|
monopoliya yoki differensiallangan oligopoliya
|
monopolistik raqobat
|
Ushbu ikki orriil ikki xil darajada ko‘rib chiqiladi, u esa narx belgilash muammosi turlicha hal qilinadigan to‘rt xil vaziyatni ajratib olishga imkon beradi. Real voqelikda bu oson kechmasa ham, o‘z tovari uchun ushbu to‘rt kvadratdan birida joy topish narx belgilash muammosini to‘g‘ri tushunish uchun foydadan xoli bo‘lmaydi:
agar raqobatchilar kam bo‘lsa va tovarning his qilinadigan qiymati katta bo‘lsa, vaziyat monopoliya yoki differensiallangan oligopoliyaga yaqin bo‘ladi;
raqobatchilar ko‘p bo‘lib, tovarlar bir xil bo‘lsa, vaziyat sof yoki mukammal raqobatga yaqin bo‘ladi, bozor narxi talab va taklifning o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi;
raqobatchilar kam va his qilinadigan qiymat past bo‘lsa, differensiallanmagan oligopoliya yuzaga keladi. Bun da peshqadamga yaqinlashib olib, unga ergashish taklif qilinadi;
ko‘plab raqobatchilar tomonidan kuchli differensiallanmagan tovarlar taklif qilinayotgan bo‘lsa, monopolistik yoki nomukammat raqobat vujudga keladi, narx belgilashdagi erkinlik raqobatning keskinligiga bog‘liq bo‘ladi.
Raqobatchilarning xatti-harakatini oldindan bilish uchun ko‘pgina vaziyatlarda raqobatchilar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi va ular uchun asosiy bo‘lgan ,,bozor narxi" mavjud bo‘ladi.
Narx sohasida raqobatni tahlil qilishdan maqsad - raqobatchilarning biror harakat yoki qarshi harakat qilish qobiliyatini tahlil qilishdir. Bunda birinchi navbatda eng xavfli raqobatchi reaksiya-sining elastikligi aniqlanadi.
|
| |