|
Intensiv ravishda reklama berish
|
bet | 181/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin8. Intensiv ravishda reklama berish. Ba’zi raqiblar peshqadam firmalarga reklamaga zo‘r berish, katta mablag‘ sarflash vositasida xujum qiladilar. Agar raqib mahsuloti yoki reklamasi raqobatbardoshlik sifatlarini namoyish etmasa, ortiqcha sarf-xarajatlar oqilona strategiya bo‘la olmaydi.
Raqib kamdan-kam dollarda faqat bitta strategiyaga orqa qilib, o‘zining bozordagi ulushini yaxshilashi mumkin. Ularning muvaffaqiyati o‘z mavqelarini yaxshilash yuzasidan amalga oshiriladigan qo‘shimcha tamoyillar uyg‘unligiga bog‘liqdir.
Talab nuqtayi nazaridan narx. Bozor iqtisodiyotida qaysi tovarning sotilishi bu oxirgi qaror qilish huquqiga ega bo‘lgan sotib oluvchiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bozorni boshqaruvchi firma o‘zining bozorga to‘g‘ri keladigan qarorlarida narxdan kelib chiqishi lozim.
Egiluvchan narx strategiyasi. Ko‘p holda firmalar turli bozor sharoitlarida yagona narxni qo‘llamasdan, balki bir qator narx-larni qo‘llashadk Agar mahsulot har xil sotib oluvchilarga turli narxlarda sotilsa, bu narxlar egiluvchan hisoblanadi. Bu hoi sotib oluvchilarning har xilligidan kelib chiqib, ularning narxga bo‘lgan munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Narxlarning egiluvchanli-gi mintaqalarga, sotilayotgan vaqtiga (kuz, qish, bahor, yoz) yoki mahsulotning segment yoki shakllariga bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyot tili bilan aytganda, bu narxlar diskriminatsiyasi deb ata-ladi.
Narxning bozorga qarab egiluvchanligi. Bu g‘oya foydali boiishi uchun firma qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lishi va mahsulotni u uchun yangi bo‘lgan segmentda xarajat-larni ko‘paytirmasdan sotish imkoniyati bo‘lishi kerak. Firma im-koni boricha eng kichik narxni qo‘ysa ham, qilingan to‘g‘ri xara-jatlar qoplanishi kerak. Bunday qarashni ro‘yobga chiqarish, eks-port qilish, sotuvchi markasi ostida qo‘yiladigan tovarlar yoki mahsulotni ba’zi turdagi aholiga, ya’ni - talabalar, bolalar, qariyalarga sotish bilan bog‘liqdir. Eng muhimi, bu holda past narxda sotib oluvchilar mahsulotni yuqori narxda sotib olib, aso-siy bozorga xalaqit berishlarini taqiqlash kerak.
|
| |