• 1. Narxlarni pasaytirish strategiyasi
  • 2. Arzon narxdagi mahsulotlar strategiyasi.
  • 3. Nufuzli mahsulotlar strategiyasi.
  • 6. Innovatsiyalarni taqsimlash strategiyasi.
  • Narxlarni aniqlash uslublarini tanlash




    Download 2,21 Mb.
    bet180/192
    Sana19.01.2024
    Hajmi2,21 Mb.
    #140803
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   192
    Bog'liq
    Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

    Narxlarni aniqlash uslublarini tanlash.

    Bozor raqibi birinchi navbatda strategiya ob’ektini belgilashi kerak. Holislikning harbiy tamoyiliga ko‘ra, har bir operatsiya aniq himoyalangan, qat’iy va erishish mumkin bo‘lgan maqsad sari qaratilgan bo‘ladi. Bozor raqibi bir necha strategik hujumlarni tanlashi mumkin:
    1. Narxlarni pasaytirish strategiyasi: raqib deyarli o‘xshash. mahsulotni pastroq narxda sotadi. Bu strategiya ishlashi uchun 3 ta shart bajarilishi kerak. Birinchisi, raqobatchi xaridorlarni o‘z mahsuloti va xizmatlarining peshqadam firmalarnikiga tengligi, tanazzul sharoitiga moslashgan ekanligi bilan jalb etadi. Ikkinchisi, xaridorlar baholardagi farqni sezishlari kerak. Uchinchisi, bozor peshqadamlari raqobatchilar hujumiga qaramay, baholarni pasaytirishdan voz kechishlari kerak.
    2. Arzon narxdagi mahsulotlar strategiyasi. Bu strategiya o‘rta yoki past sifatli mahsulotlarni arzonroq narxda taklif qiladi. Mazkur strategiya mahsulotning bahosigagina ahamiyat beruvchi xaridorlar segmenti mavjud bo‘lganda ish beradi. Shunga qaramay, bu strategiyaga asoslangan firmalar «arzonroq narxdagi mahsulotlarga» ega bo‘lgan boshqa firmalar bilan raqobat qilishi mumkin. Ular mahsulot sifatini ma’lum bir vaqt ichida oshirish orqali o‘zlarini himoya qilishlari mumkin.
    3. Nufuzli mahsulotlar strategiyasi. Bozor raqiblarining mahsuloti peshqadam firmalarning mahsulotiga nisbatan yuqoriroq narxda. Firma o‘z oliyjanobligini namoyish etish uchun nufuzli mahsulotlarni pastroq narxlaydi.
    4. Mahsulotni yangilash strategiyasi. Firma peshqadam firmalarga xujum qilish uchun mahsulotni innovatsiyalashi mumkin.
    5. Takomillashtirilgan servis strategiyasi. Raqib xaridorlarga yangi xizmat turlarini taklif etishi yoki yaxshiroq xizmat ko‘rsatishi mumkin.
    6. Innovatsiyalarni taqsimlash strategiyasi. Raqib savdo-sotiqning yangi kanalini topishi yoki takomillashtirishi mumkin.
    7. Ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish strategiyasi. Raqib mahsulot narxini ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga va zamonaviy ishlab chiqarish vositalari hisobiga pasaytirishi mumkin. Bu strategiya Yaponiya tomonidan xalqaro bozorlarni egallashda juda jiddiy, keskin ravishda amalga oshirilgan.

    Download 2,21 Mb.
    1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   192




    Download 2,21 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Narxlarni aniqlash uslublarini tanlash

    Download 2,21 Mb.