|
Tovarning ,,qabu! qilinadigan qiymati" tushunchasi
|
bet | 178/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» fanininTovarning ,,qabu! qilinadigan qiymati" tushunchasi. Tovarning ,,qabul qilinadigan qiymati" tovarning pirovard iste’molchi to-monidan qanday foydalanilishini to‘liq bilish va tushunishga asoslanadi. Ushbu yondashuvning asosiy g‘oyasi shuki, xaridor to-varni sotib olishdan oldin xaridning ustunliklarini va unga ketadi-gan xarajatlarni solishtirib ko‘radi. Bu g‘oya bir tomondan oddiy ko‘rinsada, uning amalda qo‘llanishi doim ham oson bo‘laver-maydi.
Xaridor tovar uchun qanday narxni to‘lashga tayyor ekan-ligini bilishi uchun tovar ta’minlaydigan qoniqish hissi yoki u ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan xizmatlarning turli shakllarini hamda uni sotib olishga ketadigan xarajatlarni yaxshi bilishi kerak bo‘ladi.
Shu yerda maksimal maqbul narx tushunchasini kiritish maqsadga muvofiqdir. Maksimal maqbul narx bu xarajatlardan te-jash nolga teng bo‘lgan narxdir. Narx ushbu chegaradan ko‘tarilgan sari, tovar xaridor uchun qimmatlashib boradi va ak-sincha, narx ushbu ko‘rsatkichdan kamaysa, xaridorning unga bo‘lgan qiziqishi ortadi. Ushbu yondashuvda quyidagi harakatlar ketma-ketligiga rioya qilish taklif qilinadi:
• tovarning qanday maqsadda va qanday sharoitlarda ishlatilishini aniqlash;
• tovarning xaridor uchun narxga bog‘liq bo‘lmagan ustunliklarini aniqlash;
• xaridorning tovardan foydalanishdagi narxga bog‘liq bo‘lmagan barcha (obyektiv va subyektiv) xarajatlarni aniqlash;
• “ustunlik-xarajatlar” muvozanatining maksimal maqbul narxga to‘g‘ri keladigan darajasini belgilash.
Agar maqsadli bozor segmentlangan bo‘lsa, bunday tahlil barcha xaridorlar guruhlari uchuh olib borilishi kerak.
Raqobatdagi narx. Firmaning narx strategiyasini tanlashdagi erkinligi ikki omilga: sektordagi raqobatchilar soniga bog‘liq bo‘lgan raqobat vaziyati va xaridorlar tomonidan his qilinadigan tovar qiymatining roliga bog‘liqdir.
Raqobat vaziyati: monopoliya sharoitida firmaning narx musta-qilligi juda katta bo‘lib, sof raqobatda esa eng kichik bo‘ladi. Oli-gopoliya va monopolistik raqobat bu ikki vaziyatning oralig‘idan o‘rin oladi.
Tovarning his qilinadigan qiymati: firmaning tashqi raqobatli ustunlikka erishish maqsadida differensiatsiyaga intilishi bilan belgilanadi. Agar xaridor differensiatsiya elementini qiymat deb his qilsa, u yuqoriroq narxni to‘lashga ham tayyor bo‘ladi. De-mak, firma narxga nisbatan ma’lum darajada mustaqillikka eri-shadi.
9.1-jadval
|
| |